Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasidagi davlatlararo munosabatlar va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1993-yil 24-mayda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasidagi davlatlararo munosabatlar va hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1993-yil 3-sentabr,
941-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 341-modda)