31.05.2002 yildagi 188-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.05.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2002-yil 30-maydagi PF-3079-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3079-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar mazkur Farmon qabul qilingan sanada yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtaganligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda berilgan tasdiqnomaga ega boʻlgan shaxslarga, ular pensiya yoshiga yetganda tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagani toʻgʻrisidagi tasdiqnomaga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanatoriy-kurortga har yilgi bepul yoʻllanmalar bilan taʼminlash, tibbiy maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda ishlayotganlar uchun ish joyi boʻyicha Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sugʻurta budjeti mablagʻlari hisobiga, ishlamayotganlar uchun esa ijtimoiy taʼminot organlari orqali davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bepul protez-ortopediya buyumlari (tishni protezlashdan tashqari) va eshitish apparatlari bilan taʼminlash belgilangan tartibda berilgan tibbiy xulosalarga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi nogiron shaxslarga sogʻlomlashtirish uchun har yili bir yoʻla beriladigan moddiy yordam:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlamayotgan nogironlarga — yashash joyidagi ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlayotgan nogironlarga — asosiy ish joyidan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi radiatsiyadan zarar koʻrgan sobiq harbiy xizmatchilardagi rivojlangan kasalliklar sabablarini va ularning professional xarakterini aniqlash metodini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Shu asosda yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarning pensiya yoshi surishtirib aniqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarning imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomasi shaklini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda ushbu guvohnomalarning tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari orqali berilishini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-maydagi 188-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Davolash-profilaktika muassasalarini mablagʻ bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 2-dekabrdagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan Ambulatoriyada davolashda dori-darmonlar bepul beriladigan kasalliklar va shaxslar roʻyxatiga (4-ilova) quyidagi mazmundagi 13-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar”.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalar toʻlash chegarasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 28-fevraldagi 71-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 12-modda) 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “xavfli oʻsmalar bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan xodimlarga” soʻzlaridan keyin “yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi nogiron xodimlarga” soʻzlari qoʻshilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 10-son, 83-modda; 2009-y., 25-son, 284-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2012-y., 22-son, 253-modda; 2013-y., 30-son, 387-modda; 2014-y., 5-son, 59-modda; 2015-y., 32-son, 430-modda; 2016-y., 21-son, 241-modda; 2017-y., 12-son, 191-modda, 15-son, 249-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 10/21/3306/0502-son; 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 08.04.2022-y., 10/22/3362/0321-son, 28.12.2022-y., 10/22/3408/1128-son; 17.04.2024-y., 10/24/3511/0280-son; 30.10.2024-y., 09/24/714/0865-son; 09.04.2025-y., 10/25/3616/0319-son)