Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2018 04.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2679
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2018
Hujjat 08.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2679]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 1-iyundagi 308-mh-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3020, 01.06.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) hamda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (J. Achilov) mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasi (X. Meliyev) tegishli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida bir oylik muddatda Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tushuntirish boʻyicha seminar oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir M. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 4-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 4-iyundagi 177-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlari tadbirlarini kelishish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-son “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, nodavlat notijorat tashkilotlari (bundan buyon matnda NNT deb yuritiladi), shu jumladan ularning alohida boʻlinmalari (vakolatxonalari va filiallari), shuningdek xalqaro va xorijiy NNTning vakolatxonalari va filiallari, diniy tashkilotlar tomonidan tadbirlar oʻtkazilishini, xalqaro va xorijiy NNTlarning vakolatxonalari va filiallari tomonidan bosma, audiovizual hamda boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishini adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi yoki xorijiy davlat hududida bevosita NNT tomonidan tashkillashtirilgan, oʻz ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga erishish uchun konferensiya, seminar, trening, yigʻilish, aksiya, davra suhbati, uchrashuv, simpozium va boshqa shakllarda shaxslarni toʻplash tadbir deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom diniy tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan ibodat, diniy rasm-rusmlar va marosim tarzidagi tadbirlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi tadbirlarni adliya organlari bilan kelishish talab etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning ustaviga (nizomiga) muvofiq uning rahbar organlari yigʻilishlari, basharti ularda uchinchi shaxslarning (Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan ommaviy axborot vositalari vakillaridan tashqari) ishtirok etishi nazarda tutilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning normativ-huquqiy hujjatlarda, davlat dasturlari va milliy rejalarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining devoni, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarida oʻtkazilishi nazarda tutilgan tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan yoki ular bilan kelishilgan rejalarga muvofiq oʻtkaziladigan ommaviy jismoniy-tarbiya va sport tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNTning Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga muvofiq oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlari (vakolatli organ tomonidan berilgan ruxsatnoma nusxasi taqdim etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda NNT vakilining ishtirok etishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishish talab etilmaydigan tadbirlar haqida adliya organiga tadbir oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin yozma ravishda xabar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro, respublika, viloyatlararo NNT, xalqaro va xorijiy NNTlarning vakolatxona va filiallari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududlarida faoliyat olib boradigan NNT tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar — NNT roʻyxatdan oʻtgan hududiy adliya organlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, xalqaro va xorijiy NNTlarning vakolatxonalari va filiallari tomonidan bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kelishish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. NNT oʻz ixtiyoriga koʻra har bir alohida tadbirni yoki tadbirlar rejasini (roʻyxatini) kelishish uchun adliya organiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirlar rejasi (roʻyxati) yillik, choraklik yoki oylik boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tadbir yoki tadbirlar rejasini (roʻyxatini) kelishish uchun NNT tadbir oʻtkazilishi moʻljallangan sanadan kamida yigirma kun oldin, xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasiga, shu jumladan NNTga tashrifini tashkil etishda esa tashrifdan kamida bir oy oldin tegishli adliya organiga yozma ravishda murojaat etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tadbir yoki tadbirlar rejasini (roʻyxatini) kelishish haqidagi murojaatda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi yoki unga ilova qilinishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirning nomi, mazmuni (kun tartibi), maqsadi va shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan shaxslar haqida maʼlumot;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbir oʻtkaziladigan joy va aniq sana, shu jumladan tadbirning boshlanish va tamom boʻlish vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirni moliyalashtirish manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarqatma, bosma, audiovizual va boshqa materiallarning (mavjud boʻlsa) nusxalari (namunalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qilingan sana, vakolatli shaxsning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tadbirlarning yillik, choraklik yoki oylik rejasini (roʻyxatini) taqdim etish muddati unda nazarda tutilgan birinchi tadbir oʻtkaziladigan sanaga qarab aniqlanadi. Bunda tadbirlar rejasida (roʻyxatida) nazarda tutilgan har bir alohida tadbir boʻyicha mazkur Nizomning 8-bandi uchinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar tegishli tadbir oʻtkazilishidan kamida yigirma kun oldin taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tadbirda xorijiy davlat fuqarosi (fuqarolari) ishtirok etishi rejalashtirilayotgan boʻlsa, mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha tarzda xorijiy davlat fuqarosining familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, tugʻilgan joyi va sanasi hamda ish joyi koʻrsatilgan maʼlumotnoma, pasportining nusxasi hamda uning kelib-ketish dasturi taqdim etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xalqaro va xorijiy NNTning vakolatxonalari va filiallari tomonidan bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanayotganda ularning loyihalari, oʻtkaziladigan tadbirda foydalanish yoki tarqatish uchun xorijiy davlatda tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa materiallar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelish rejalashtirilganda ularning nusxalari (namunalari) tadbir oʻtkazilishidan kamida bir oy oldin adliya organiga kelishish uchun taqdim etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bosma, audiovizual va boshqa materiallarni kelishish uchun taqdim etilgan yozma murojaatda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlanayotgan bosma, audiovizual va boshqa materiallarning loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatda tayyorlangan bosma, audiovizual va boshqa materiallarning nusxalari (namunalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarning nomi, mazmuni, maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni tayyorlagan shaxslar haqida maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, tugʻilgan joyi va sanasi, ish joyi koʻrsatilgan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarning qayerda, qachon, kimlarga tarqatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni moliyalashtirish manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qilingan sana, vakolatli shaxsning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tadbir yoki tadbirlar rejasini (roʻyxatini), bosma, audiovizual va boshqa materiallarni kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlar adliya organi tomonidan oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida tadbirni oʻtkazish bilan bogʻliq oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda, NNT bu haqda adliya organiga bir ish kuni ichida oʻzgarishlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni ilova qilgan holda yozma ravishda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tadbir yoki tadbirlar rejasi (roʻyxati) hamda bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishi yuzasidan qoʻshimcha savollar vujudga kelganda adliya organi tomonidan NNTdan asoslantirilgan tarzda qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Adliya organi tadbir oʻtkazish, bosma, audiovizual va boshqa materiallarni tayyorlash va tarqatishni kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini, ularning qonun hujjatlariga va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, adliya organi NNT tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun tegishli tashkilotlarga yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni olgan tashkilot oʻn kun ichida oʻz xulosasini taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xulosada tadbir oʻtkazilishiga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida fikr mavjud boʻlsa, u holda tashkilot ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan holatlar doirasida oʻz xulosasini asoslashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Adliya organi hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan tadbirni oʻtkazishga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish yoki sabablarini koʻrsatgan holda rozilik berishni rad etish toʻgʻrisida NNTni yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagi hollarda tadbirni oʻtkazishga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbir, bosma, audiovizual va boshqa materiallar Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qilish, fuqarolarning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qilishga qaratilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda nazarda tutilgan hujjatlar (maʼlumotlar) toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar (maʼlumotlar) ushbu Nizomning 7 va 9-bandlarida belgilangan muddatlarda taqdim qilinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda (maʼlumotlarda) notoʻgʻri axborot keltirilganligi aniqlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tadbir oʻtkazilishiga, bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishiga rozilik berish rad etilganda, NNT rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etish va adliya organiga takroran murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tadbir NNT tomonidan adliya organiga taqdim etilgan hujjatlarga (maʼlumotlarga) muvofiq oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tadbirning qonun hujjatlariga va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga muvofiq oʻtkazilishi uchun NNT rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. NNT adliya organi vakiliga monitoring qilish uchun oʻzi oʻtkazayotgan tadbirga erkin kirish imkonini berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. NNT rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs tadbirni monitoring qilish uchun tashrif buyurgan adliya organi vakiliga tadbirni kuzatish, uning qonun hujjatlariga va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga muvofiq oʻtkazilishini baholash uchun barcha materiallar va maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratishi hamda boshqa zarur shart-sharoitlarni taʼminlab berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qonun hujjatlari va NNT ustavida (nizomida) belgilangan maqsadlarga muvofiq oʻtkazilayotgan tadbirga adliya organi vakili tomonidan aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. NNT adliya organi vakilining tadbir davomida qilgan noqonuniy xatti-harakati yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 22-son, 297-modda; 2016-y., 30-son, 369-modda)