Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2019 10.12.2014 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015 — 2019-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida
2014-yil 10-dekabr, Toshkent
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar, strategik sheriklar hisoblanib, shu jumladan iqtisodiy sohada,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida strategik sherikchilik toʻgʻrisida 2004-yil 16-iyunda imzolangan Shartnoma, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida 2005-yil 14-noyabrda imzolangan Shartnoma hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida strategik sherikchilikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida 2012-yil 4-iyunda imzolangan Deklaratsiyaga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon iqtisodiyotidagi zamonaviy talab va tendensiyalarni hisobga olib, ikkala davlat oʻrtasida keng qamrovli oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy va transport-kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash muhimligini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni uzoq muddatli asosda rivojlantirish hamda chuqurlashtirish, ularni sifat jihatidan yangi pogʻonaga olib chiqish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro savdo hajmlarining barqaror oʻsishini taʼminlashga, iqtisodiy hamkorlik yoʻnalishlarini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Bitimning asosiy maqsad va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim quyidagi maqsadlarda ishlab chiqildi va qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy hamkorlikning barqaror rivojlanishini, iqtisodiy sohada uzoq muddatli ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish boʻyicha kelishilgan choralar majmuini Tomonlar davlatlari tarafidan amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo-iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va ilgari surish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy iqtisodiyotning yuqori suratlarda barqaror oʻsishiga va ularning raqobatbardoshligini oshirishga erishish maqsadida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar aylanmasi hajmini oshirish va tuzilmasini takomillashtirish, Tomonlar davlatlarining korxona va kompaniyalari oʻrtasida oʻzaro manfaatli sheriklik aloqalarini kengaytirishga koʻmaklashish va ularni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya sohasida hamkorlikni faollashtirish, ikkala davlatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy iqtisodiyot tuzilmasini diversifikatsiya qilishga qaratilgan, eng avvalo, sanoatning qayta ishlash tarmoqlarida, innovatsiya va yuqori texnologiya sohalarida xamda xizmat koʻrsatish sohasining zamonaviy tarmoqlaridagi qoʻshma loyihalarni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro manfaatli asosda transport va yuklarni tranzit tashish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-bank sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim maqsadlariga erishish uchun Tomonlar quyidagi vazifalarni hal etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy sohada oliy darajada erishilgan kelishuvlarni keng miqyosda amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni oʻzaro manfaatli va teng huquqlilik asosida kengaytirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasida iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlik qilish masalalari boʻyicha Tomonlar davlatlari oʻrtasida amalda boʻlgan xalqaro shartnomalarga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy hamkorlikning normativ-huquqiy bazasini kengaytirish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar aylanmasi oʻsishi va tuzilmasini takomillashtirish, investitsiyaviy hamkorlik hajmini kengaytirish va yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish uchun qulay sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor tajriba va texnologiyalarni joriy qilish asosida zamonaviy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni ilgari surish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrosanoat majmuida, shu jumladan, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetkazib berish sohasida uzoq muddatli hamkorlik va tajriba almashishni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining korxona va kompaniyalari oʻrtasida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini oʻrnatishga, shuningdek qoʻshma korxonalar tashkil etish va ularning faoliyatiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport-kommunikatsiya sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, yuklar tashish hajmini oshirish, mintaqaviy transport yoʻlaklari va infratuzilmalaridan samarali foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya va bank sohalarida hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Savdo sohasida hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki tomonlama savdo munosabatlarini yanada rivojlantirishda, tovar aylanmasi nomenklaturasini diversifikatsiya qilishda, uning barqaror oʻsishini taʼminlash va muvozanat holatiga erishishda koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar savdo aloqalarini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha hamkorlikni davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala davlatning iqtisodiy salohiyatini hisobga olgan holda, Tomonlar tovar aylanmasi hajmini oshirish va uning tuzilmasini takomillashtirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlarni aniqlash, shu jumladan oʻzaro qiziqish uygʻotadigan tayyor mahsulot va yuqori darajada qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan tovarlarni bir-biriga yetkazib berishni kengaytirish hamda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetkazib berish hisobiga amalga oshirish boʻyicha choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar muntazam ravishda savdo-sanoat palatalariga va oʻzbek-rus tadbirkorlarining boshqa birlashmalariga mustahkam sheriklik munosabatlarini oʻrnatishda hamda ikkala davlat korxona va kompaniyalari oʻrtasida uzoq muddatli tashqi savdo bitimlarini tuzishda, ishbilarmon doiralarning oʻzaro tashriflarini tashkil etishda, qoʻshma koʻrgazmalar, biznes forumlar, “davra suhbatlari”, prezentatsiyalar, muzokara va uchrashuvlar hamda boshqa tadbirlar oʻtkazishda yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki davlat korxona va kompaniyalarini, shu jumladan, kichik biznes korxonalarini Tomonlar davlatlari hududlarida oʻtkaziladigan xalqaro koʻrgazma-yarmarka tadbirlariga jalb qilishga va faol ishtirok etishlariga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida, shuningdek savdo, bojxona boshqaruvi va soliqqa tortish sohalarida axborot almashish amaliyotini davom ettirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Investitsiya sohasida hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar investitsiya, eng avvalo, xom ashyo boʻlmagan sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiradilar, oʻzaro investitsiyalarni diversifikatsiya qilish va ularning hajmini oshirish boʻyicha choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisida 2013-yil 15-aprelda imzolangan Bitim qoidalariga muvofiq, Tomonlardan biri davlatining investorlari boshqa Tomon davlati hududida investitsiyaviy faoliyatini amalga oshirishlari uchun qulay sharoitlarni yaratishga boʻlgan intilishlarini tasdiqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar sanoatning turli tarmoqlarida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashadilar, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft va gaz majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinasozlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrotexnika sohasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil va oziq-ovqat sanoati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallarini ishlab chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro manfaatli boshqa yoʻnalishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar innovatsiya va yuqori texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga, energiya samaradorligini oshirish hamda energiyani tejash texnologiyalarini joriy etish, biotexnologiyalar va muqobil energetikani rivojlantirish sohalarida hamjihatlik qilishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar uzoq muddat davomida ishlovda boʻlgan neft va gaz qazilmalaridan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan ilgʻor ishlov berishni joriy etishning qoʻshma dasturlarini ishlab chiqishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 2013 — 2017-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik Dasturi va uning Rejasi qoidalarini amalga oshirishda koʻmaklashadilar. Mazkur hujjatlarning amal qilish muddati tugagandan soʻng, yangi dastur va reja hujjatlari ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar investitsiyaviy muhit, amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, ushbu sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar hamda istiqbolli investitsiya loyihalari boʻyicha takliflar almashinuviga va hamkorlik oʻrnatishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikkala davlat korxona va kompaniyalarining investitsiya forumlari va prezentatsiyalarida ishtirok etishiga, qoʻshma hamkorlik loyihalarini ilgari surish boʻyicha oʻzaro tashriflar, muzokara va uchrashuvlar tashkil etishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Transport va kommunikatsiya sohasida hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar transport va kommunikatsiya sohasidagi oʻzaro hamkorlik ustuvor xarakterga ega ekanligini taʼkidlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar avtomobil, temir yoʻl va havo qatnovi sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiradilar, milliy tashuvchilar faoliyati, mavjud tranzit salohiyatidan hamda amaldagi infratuzilmadan samarali foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar amaldagi va istiqboldagi xalqaro hamda mintaqaviy transport yoʻlaklarining raqobatbardoshligini rivojlantirish va oshirish sohasida, shu jumladan yuklarni tashish uchun qulay tarif shartlarini shakllantirish orqali oʻzaro manfaatli hamkorlikni davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tashqi savdo yuklarini, eng avvalo, tez buziladigan yuklarni transportda tashish va tranzit tashuvlarda ularni saqlash va tashish xavfsizligini taʼminlash sohasida oʻzaro hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikkala davlat transport idoralari, transport-ekspeditorlik assotsiatsiyalari va korxonalari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatilishiga, ularning Tomonlar davlatlari hududlarida oʻtkaziladigan xalqaro transport konferensiyalarida, forumlarida va boshqa tadbirlarida ishtirok etishlariga koʻmaklashadilar hamda transport va yuklar tranziti sohasida axborot va normativ-huquqiy hujjatlar bilan almashinuvini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar transport sohasidagi xalqaro va mintaqaviy ixtisoslashgan tashkilotlar doirasida faol hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar kommunikatsiya va aloqa sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiradilar, ushbu yoʻnalishdagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishda yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim ijrosi Tomonlar davlati organlari tarafidan ushbu Bitimning maqsad va vazifalariga muvofiq belgilangan muayyan xatti-harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiya oʻz yigʻilishlarida mazkur Bitimning ijro etilishini muntazam tarzda koʻrib chiqishiga hamda ushbu Bitim doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni oʻz vaqtida bajarilishining nazoratini va muvofiqlashtiruvini olib borishiga kelishdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Bitimning kuchga kirishi va amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklarini tasdiqlovchi yozma ravishdagi ikki xabarnomadan oxirgisini diplomatik kanallar orqali olgan sanadan kuchga kiradi va 2019-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning har biri mazkur Bitim amal qilishini uning muddati tugashidan oldin yozma tarzda boshqa Tomonga xabarnoma yuborish orqali tugatishi mumkin. Bunday holatda ushbu Bitimning amal qilishi shunday xabarnoma olingan sanadan boshlab olti oy oʻtganidan soʻng tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim amal qilishining tugatilishi uning amalda boʻlgan davrida ushbu Bitim doirasida tuzilgan kontrakt va kelishuvlardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga nisbatan daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2014-yil 10-dekabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda ikkala matn ham bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2015-y., 1-son)