18.11.1995 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo, iqtisod, investitsiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoshlar ishlari sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati (bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataladilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala mamlakat oʻrtasidagi mavjud doʻstona aloqalarni mustahkamlashni xohlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xalqlari oʻrtasidagi tarixiy, madaniy va islomiy aloqalarni mustahkamlashga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrtalaridagi hamkorlikni ikkala mamlakatda amal qilayotgan qonun va qarorlarga muvofiq mustahkamlash ikkala davlatga ham foyda keltirishini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni hamjihatlik ruhida mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlashga harakat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisod, savdo, investitsiyalar va texnika sohasida hamkorlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat va ularning fuqarolari oʻrtasida, shu jumladan ikkala mamlakatdagi yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida, iqtisod, savdo, investitsiyalar va texnika sohalarida hamkorlik qilishni ragʻbatlantiradilar. Bunday hamkorlik, xususan, quyidagi sohalarni qamrab oladi, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Barcha iqtisodiy sohalarda, shu jumladan sanoat, neft, metallurgiya, neft-kimyo, qishloq xoʻjaligi, chorvadorlik sohalarida va sogʻliqni saqlash sohasida hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fan va texnika tadqiqotlariga doir maʼlumotlar bilan almashishni ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼlum qoʻshma loyihalar uchun zarur boʻlgan texnik ekspertlar bilan almashinish va tayyorlashni ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro savdoni faollashtirish va xilma-xil qilish uchun butun kuchlarini sarflaydilar; shu maqsadlarda va xalqaro qoidalarga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlar savdoda bir-biriga eng qulay rejim yaratib beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bu Ahdlashuvchi Tomonlarning har biri tomonidan uchinchi mamlakatlarning fuqarolari yoki kompaniyalariga ularning erkin savdo maqomida, boj ittifoqi, umumiy bozor yoki har qanday mintaqaviy iqtisodiy tashkilotda ishtirok egishlari natijasida berilgan imtiyozlarga tatbiq qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Tomonlar fuqarolarning barcha sohalarda investitsiya qilishlariga toʻla erkinlik berishni ragʻbatlantiradilar va osonlashtiradilar, qabul qiluvchi mamlakat fuqarolarining faoliyati taqiqlangan yoki faqat ular uchun cheklangan sohalar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar ikkala mamlakatda amal qilayotgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi qonun va qoidalar doirasida qoʻshma investitsion loyihalar yaratishni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar vakillar, iqtisod, savdo va texnik delegatsiyalari va guruhlari tashriflari bilan almashishni, shu jumladan xususiy sektor delegatsiyalarining tashriflari bilan almashishni ragʻbatlantiradilar, koʻrgazmalarda qatnashishni ragʻbatlantiradilar va shuningdek ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularga zarur imtiyozlar beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim, madaniyat, sport sohalarida va yoshlar ishlarida hamkorlik qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar fan-madaniyat, sport sohalarida va yoshlar ishlarida hamkorlik qilishni ragʻbatlantiradilar. Bunday hamkorlik, xususan, quyidagi sohalarni qamrab oladi, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fan va texnikada bir-birini qiziqtiradigan sohalar boʻyicha maʼlumot almashish yoʻli bilan hamkorlik qilish; rasmiy shaxslar, ilmiy xodimlar, ekspert va texniklar tashriflari bilan almashish; tadqiqotchilar va texnik xodimlarni oʻqitish; bir-birida qiziqish uygʻotadigan seminar va ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish va shuningdek ilmiy rejalarni ishlab chiqish, laboratoriyalar va ilmiy- tadqiqot markazlarini barpo qilishdagi hamkorlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Madaniyat sohasida madaniy muassasalar, jamiyatlar, davlat va ijtimoiy tashkilotlar oʻrtasida programmalar almashish yoʻli bilan hamkorlik qilish, ikkala mamlakatda oʻtkaziladigan konferensiya va festivallarda ishtirok etish, oʻz mamlakatlari, xalqlari meroslari va madaniyatlari haqida hujjatli va informatsion filmlar bilan almashish va shuningdek tashriflar va mutaxassislar almashish, madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash, arab tilini tarqatish va oʻqitish ishlarini uygʻunlashtirish yoʻli bilan universitetlar, oʻquv yurtlari va boshqa muassasalar oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoshlar ishlari va sport boʻyicha islom va xalqaro tantanalarida nuqtai nazarlarini uygʻunlashtirib olish, yoshlar va sport muassasalari, tashkilotlar va ittifoqlari oʻrtasida programmalar bilan almashish, hujjatlar, audiovizual materiallar, adabiyot, tegishli tajriba almashish va shuningdek rasmiy shaxslar oʻrtasida sport sohasi va yoshlar ishlari boʻyicha tajriba almashish, sport sohasi va yoshlar ishlari boʻyicha kadrlar tayyorlashda hamkorlik, kadrlar bilan almashish programmalarini rivojlantirish va shu kadrlarni ikkala mamlakatda tashkil etiladigan milliy mintaqaviy va xalqaro konferensiya va seminarlarda ishtirok etish uchun taklifnomalar bilan taʼminlash orqali hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu Bitimning bajarilishini nazorat qilish boʻyicha Qoʻshma komissiya tuzish masalasida kelishib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim ikkala mamlakatda amal qilayotgan qoidalarga muvofiq ratifikatsiya yorliqlari bilan almashilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Bitimning amal qilish muddati — kuchga kirgan kundan boshlab 5 yil va Tomonlardan biri ushbu Bitim amalini toʻxtatish xohishi borligi toʻgʻrisida muddati tamom boʻlishidan olti oy ilgari yozma ravishda xabar bermasa, har safar izchillik bilan bir yilga oʻz-oʻzidan choʻzilaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Bitimning amal qilish muddati tamom boʻlgandan keyin uning qoidalari ushbu Bitimga muvofiq tuzilgan barcha programma, loyiha va bitimlarga, ushbu Bitimga muvofiq tuzilgan, lekin uning amal qilib turgan davrida tamom boʻlmagan barcha kontrakt, majburiyatlarga va shuningdek ushbu Bitimga muvofiq olingan, lekin uning amal qilib turgan davrida tartibga solinmagan huquqlarga, hukumat, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli markaz va joriy moliya operatsiyalari bilan Bitim amal muddatining tamom boʻlishiga qadar bogʻliq boʻlgan masalalarni tartibga solishga tatbiq qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkala nusxada, har biri oʻzbek va arab tillarida, imzolandi, ikkala matn bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
al-Riyoz shahrida 1995-yilning noyabr oyi 18 kuniga mos keluvchi hijriy 1416 yilning jumod al-soni oyi 25 kuni imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)