29.05.2015 yildagi 141-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Maʼnaviy hayot” jurnali tahririyatini tashkil qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gʻoyamizning asosiy tushuncha va tamoyillarini, Oʻzbekistonda barpo etilayotgan zamonaviy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining maʼnaviy asoslarini chuqur oʻrganish va keng targʻib etish maqsadida Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazining jurnali sifatida tashkil etilgan “Maʼnaviy hayot” jurnalini nashr qilish ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” kengashi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi va Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi muassisligida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan “Maʼnaviy hayot” jurnali tahririyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Maʼnaviy hayot” jurnali tahririyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan mavzular rejasiga asosan jurnal uchun materiallar toʻplash, ular asosida ilmiy maqola va taxliliy materiallar tayyorlash, jurnalni har chorakda bir marta nashr etish va tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimizning boy tarixi va madaniy merosini, milliy gʻoyamizning asosiy tushuncha va tamoyillarini, Oʻzbekistonda barpo etilayotgan zamonaviy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining maʼnaviy asoslarini chuqur oʻrganish va keng targʻib etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usul-uslublarga bagʻishlangan ilmiy maqolalarni chop etish, milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlarning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini har tomonlama yoritib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonunchilik va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn besh kun muddatda “Maʼnaviy hayot” jurnali tahririyatini tashkil qilish va uning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, jurnalning muntazam nashr qilinishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼnaviy hayot” jurnali tahririyatining nizomining ishlab chiqilishi va oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda jurnal tahririyati xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar va shtatlar jadvali tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda jurnalda chop etiladigan maqolalar uchun mualliflik haqi toʻlashni tartibga soluvchi tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnal tahririyati faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Maʼnaviy hayot” jurnali tahririyati bosh muharriri Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari tomonidan tayinlanishi va vazifasidan ozod etilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Maʼnaviy hayot” jurnali tahririyati Toshkent shahar, Mirobod tumani, Buyuk Turon koʻchasi, 42-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi binosiga ijara toʻlovi undirilmasdan joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Maʼnaviy hayot” jurnali tahririyatining pul mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantirilishi inobatga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalni sotishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlari (subsidiya);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, budjet mablagʻlari (subsidiya) “Maʼnaviy hayot” jurnali tahririyatining oʻz daromadlari bilan qoplanmagan saqlash xarajatlarining tegishli qismini moliyalashtirish uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi jurnalni muntazam ravishda imtiyozli narxlarda chop etish boʻyicha choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼnaviy hayot” jurnali tahririyatini xizmat telefonlari, jumladan, shahar telefoni, internet va boshqa aloqa vositalari bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalni muntazam ravishda obunachilarga imtiyozli narxlarda yetkazilishi boʻyicha choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jurnalning veb-saytini yaratishda koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼnaviy hayot” jurnali tahririyatining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha uning oʻz daromadlari bilan qoplanmagan xarajatlar qismini moliyalashtirish uchun mablagʻlarni (subsidiya) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Madaniyat” sohasi uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼnaviy hayot” jurnali tahririyatiga bitta xizmat yengil avtomobilini saqlash uchun limit ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Ikramov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 272-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)