Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKADA YETISHTIRILGAN PILLADAN FOYDALANISH MEXANIZMINI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipak mahsuloti eksportini tartibga solish toʻgʻrisida” 2000-yil 28-fevraldagi PF-2553-son Farmoniga muvofiq hamda respublika ipakchilik sanoatini rivojlantirish uchun barqaror xom ashyo bazasini yaratish, ipak xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh, eksportga moʻljallangan ipak mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishidan qatʼiy nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan ipak ip va kalavani, ipak chiqindilaridan tayyorlangan kalavalarni va boshqa ipak mahsulotlarini (TIF TN boʻyicha kodi 5004-5005) respublika tashqarisiga, shu jumladan, tovar-xom ashyo birjalari orqali, olib chiqish faqat erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Buxoro (Xusenov), Samarqand (Roʻziyev), Namangan (Jabborov) va Toshkent (Mirzaqulov) viloyatlari hokimlariga 1999-yil pilla hosilini chet tashkilotlarga sotish yuzasidan oʻzboshimchalik bilan qarorlar qabul qilishga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi koʻrsatib oʻtilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Viloyatlar hokimlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati” uyushmasi korxonalarining xoʻjalik faoliyatiga aralashganlik hamda pillani belgilangan tartibni buzgan holda sotishga yoʻl qoʻyganlik uchun shaxsan javob berishlari toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Pilla” aksiyadorlik birlashmalari rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri boshqaruvi qarori bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzbek ipagi” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari, boshqa manfaatdor idoralar, korxonalar va tashkilotlar:
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
— yetishtiriladigan pilla hosilining saqlanishini hamda ipak mahsulotlarini respublika tashqarisiga chiqarishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar;
— ipak mahsulotlarini respublika tashqarisiga chiqarishning belgilangan tartibini buzishning har bir holati boʻyicha aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq qattiq javobgarlikka tortsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qoʻyilsinki, bojxona organlari tomonidan musodara qilingan pilla va boshqa ipak mahsulotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ipakchilik sanoati korxonalariga qayta ishlash uchun beriladi.
(5-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi “Oʻzbek ipagi” uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda musodara qilingan pillani, ipak xom ashyosini va ipak chiqindilarini keyinchalik ipakchilik sohasi korxonalarida; qayta ishlash uchun berish mexanizmini oʻn kun muddatda aniqlasin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qaroriga 1-ilovadagi 20-satrga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
2-ustun “Ipak ip va kalava, ipak chiqindilaridan tayyorlangan kalava” tahririda;
3-ustun “5004 00-5005 00” tahrirda bayon qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-maydagi 246-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi;
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-apreldagi 144-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 4-mart,
77-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2017-y., 21-son, 399-modda)