Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKCHARMPOYABZALI” UYUSHMASINI TASHKIL ETISH VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 23-fevraldagi PF-2552-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tarkibiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatiga 1-ilovaga muvofiq, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tashkiliy tuzilmasiga va boshqaruv apparati tuzilmasiga, shuningdek uning hududiy savdo-tayyorlash korxonalari ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasiga 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki:
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi “Oʻzbek charmi” aksiyadorlik kompaniyasining shartnomalar va majburiyatlar boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tarkibiga teri va moʻyna-teri xom ashyosini tayyorlash, qayta ishlash, poyabzal, charm mahsulotlari va boshqa isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, shuningdek uyushma Ustaviga zid boʻlmagan faoliyatning boshqa turlari bilan shugʻullanadigan mulkchilikning turli shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar ixtiyoriylik asosida kirishi mumkin;
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasining hududiy boʻlinmalari va korxonalarining xoʻjalik faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash, shu jumladan ularning boshqaruv apparati taʼminoti oʻz xoʻjalik faoliyati, xizmatlar koʻrsatish, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi;
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruv apparatining taʼminoti uning tarkibiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan shartnoma asosida oʻtkaziladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi;
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi rahbarlari muassislarning umumiy yigʻilishida saylanadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tasdiqlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Maqomi, maishiy taʼminoti, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlari boʻyicha uyushma boshqaruvi raisi — vazirga, rais oʻrinbosarlari esa Oʻzbekiston Respublikasi vazirining oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi ishtirokida 5-ilovaga muvofiq “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlari boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarni belgilangan tartibda belgilasin;
aksiyalarning davlat paketlarini boshqarish yuzasidan ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq ishonchli boshqaruvchilar faoliyati ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Belgilansinki, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining erkin sotish, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish uchun moʻljallangan aksiyalar paketi ustav jamgʻarmasining 50 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklariga:
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining erkin sotish uchun moʻljallangan aksiyalar paketlarining bir qismini sotib olish;
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi korxonalarini texnika bilan qayta jihozlashni mablagʻ bilan taʼminlash uchun uzoq muddatli kreditlar berish masalalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 2000-yildan boshlab har yili asosiy xalq isteʼmol tovarlari balanslarini ishlab chiqishda teri xom ashyosi topshiruvchilarning manfaatdorligini oshirish maqsadida “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi buyurtmanomasiga muvofiq un, guruch, paxta yogʻi, shrot va sheluxa ajratilishini nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi apparati Toshkent shahar, Bobur koʻchasi, 6-uyga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Teri xom ashyosi xarid qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 4-dekabrdagi 510-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 4-mart,
76-son
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tarkibiga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar
ROʻYXATI
| T/r | Korxonalar va tashkilotlar nomi | Korxonalar va tashkilotlarning ixtisoslashuvi | Joylashgan oʻrni |
|
I. Savdo-tayyorlash korxonalari | |||
| 1. | Qoraqalpogʻiston savdo-xarid korxonasi | Charm, moʻyna xom ashyosi tayyorlash va savdo-xarid faoliyati | Nukus shahri |
| 2. | Andijon viloyati savdo-xarid korxonasi | Charm, moʻyna xom ashyosi tayyorlash va savdo-xarid faoliyati | Andijon shahri |
| 3. | Buxoro viloyati savdo-xarid korxonasi | Charm, moʻyna xom ashyosi tayyorlash va savdo-xarid faoliyati | Buxoro shahri |
| 4. | Jizzax viloyati savdo-xarid korxonasi | Charm, moʻyna xom ashyosi tayyorlash va savdo-xarid faoliyati | Jizzax shahri |
| 5. | Qashqadaryo viloyati savdo-xarid korxonasi | Charm, moʻyna xom ashyosi tayyorlash va savdo-xarid faoliyati | Qarshi shahri |
| 6. | Navoiy viloyati savdo-xarid korxonasi | Charm, moʻyna xom ashyosi tayyorlash va savdo-xarid faoliyati | Navoiy shahri |
| 7. | Namangan viloyati savdo-xarid korxonasi | Charm, moʻyna xom ashyosi tayyorlash va savdo-xarid faoliyati | Namangan shahri |
| 8. | Samarqand viloyati savdo-xarid korxonasi | Charm, moʻyna xom ashyosi tayyorlash va savdo-xarid faoliyati | Samarqand shahri |
| 9. | Surxondaryo viloyati savdo-xarid korxonasi | Charm, moʻyna xom ashyosi tayyorlash va savdo-xarid faoliyati | Termiz shahri |
| 10. | Sirdaryo viloyati savdo-xarid korxonasi | Charm, moʻyna xom ashyosi tayyorlash va savdo-xarid faoliyati | Guliston shahri |
| 11. | Toshkent viloyati savdo-xarid korxonasi | Charm, moʻyna xom ashyosi tayyorlash va savdo-xarid faoliyati | Toshkent shahri |
| 12. | Fargʻona viloyati savdo-xarid korxonasi | Charm, moʻyna xom ashyosi tayyorlash va savdo-xarid faoliyati | Fargʻona shahri |
| 13. | Xorazm viloyati savdo-xarid korxonasi | Charm, moʻyna xom ashyosi tayyorlash va savdo-xarid faoliyati | Urganch shahri |
|
II. Charm xom ashyosini qayta ishlash korxonalari | |||
| 14. | “Qunduz” ochiq aksiyadorlik jamiyati | Moʻynabop qoʻyteri, qorakoʻl va moʻynaning boshqa turlariga ishlov berish. Moʻyna buyumlari (ayollar, erkaklar, bolalar paltosi, bosh kiyimlar va boshqalar) ishlab chiqarish | Toshkent shahri |
| 15. | “Oʻzbekiston” ochiq aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal uchun qattiq, yumshoq charm tovarlari: poyabzal kirzasi, poliuretan tagcharm, spilkadan tayyorlangan charm tovarlar, pitiryogʻ yelimi ishlab chiqarish | Toshkent shahri |
| 16. | “Samarqand charm ishlab chiqarish” ochiq aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal, charm-galantereya buyumlari, kiyim-boshlar uchun xrom charm tovarlari, spilkadan tayyorlangan charm tovarlar, zavodda tayyorlangan jun, pitiryogʻ yelimi ishlab chiqarish | Samarqand shahri |
| 17. | “Koʻnchi” ochiq aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal, charm-galantereya buyumlari, kiyim-boshlar uchun xrom charm tovarlari, spilkadan tayyorlangan charm tovarlar, zavodda tayyorlangan jun, pitiryogʻ yelimi ishlab chiqarish | Qoʻqon shahri |
| 18. | “Sheroz” xususiy firmasi | Charm tovarlari ishlab chiqarish | Samarqand shahri |
| 19. | “Mahmudxoji” xususiy firmasi | Charm tovarlari ishlab chiqarish | Toshkent shahri |
| 20. | “Gulmir-Deri” qoʻshma korxonasi | Kiyimbop qoʻy teri, tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish | Doʻstobod shahri |
| III. Poyabzal va charm-galantereya korxonalari | |||
| 21. | “Toshkent poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Toshkent shahri |
| 22. | “Poyabzalchi” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Toshkent shahri |
| 23. | “Baxt” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Chirchiq shahri |
| 24. | “Nafis” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Toshkent shahri |
| 25. | “Qoʻqon poyabzali” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Qoʻqon shahri |
| 26. | “Maxsi” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Samarqand shahri |
| 27. | “Kamolot” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Namangan shahri |
| 28. | “Poyabzal” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Andijon shahri |
| 29. | “Toʻrtkoʻl poyabzal ishlab chiqarish” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Toʻrtkoʻl shahri |
| 30. | “Kushon” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Kosonsoy shahri |
| 31. | “Kichkintoy” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Yangiyoʻl shahri |
| 32. | “Xorazm poybzali” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Urganch shahri |
| 33. | “Bulungʻur poyabzal fabrikasi” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Samarqand viloyati Bulungʻur shaharchasi |
| 34. | “Fargʻona poyabzali” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Fargʻona shahri |
| 35. | “Naqshbandiy” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Buxoro shahri |
| 36. | “Solih” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Bagʻdod sha³ri |
| 37. | “Nihol” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Toshkent viloyati Chorvoq shaharchasi |
| 38. | “Kattaqoʻrgʻon poyabzali” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahri |
| 39. | “Toshbuloq” aksiyadorlik jamiyati | Poyabzal ishlab chiqarish | Toshbuloq shahri |
| 40. | “Darital” qoʻshma korxonasi | Poyabzal ishlab chiqarish | Urganch shahri |
| 41. | “Oʻzsalaman” qoʻshma korxonasi | Poyabzal ishlab chiqarish | Fargʻona shahri |
| 42. | “MK-Stil” qoʻshma korxonasi | Poyabzal ishlab chiqarish | Toshkent shahri |
| 43. | “Alta” qoʻshma korxonasi | Poyabzal ishlab chiqarish | Toshkent shahri |
| 44. | “Yangi-Vega” qoʻshma korxonasi | Poyabzal ishlab chiqarish | Yangiyoʻl shahri |
| 45. | “Kibo bolalar poyabzali” qoʻshma korxonasi | Poyabzal ishlab chiqarish | Chirchiq shahri |
| 46. | “Bayk” xususiy firmasi | Poyabzal ishlab chiqarish | Toshkent shahri |
| 47. | “Sunʼiy charm” aksiyadorlik jamiyati | Sunʼiy charm ishlab chiqarish | Fargʻona shahri |
| 48. | “Orzu” aksiyadorlik jamiyati | Galantereya buyumlari ishlab chiqarish | Toshkent shahri |
| 49. | “Tarandubitel” aksiyadorlik jamiyati | Oshlovchi moddalar va galantereya buyumlari ishlab chiqarish | Xonobod shahri |
| 50. | “Xoʻjaobod” aksiyadorlik jamiyati | Galantereya buyumlari va sport tovarlari ishlab chiqarish | Baliqchi shahri |
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasining tashkiliy
tuzilmasi
Izoh: hammasi: savdo-tayyorlash korxonalari — 13;
tuman savdo-tayyorlash shirkatlari — 111;
charm xom-ashyosini qayta ishlash korxonalari — 7;
shu jumladan: charmni qayta ishlash korxonalari — 5, moʻynaga ishlov berish va moʻyna buyumlari tikish korxonalari — 1, charmga ishlov berish va va undan kiyimlar tikish korxonalari — 1 (QK);
poyabzal va charm-galantereya korxonalari — 30;
shu jumladan, poyabzal tayyorlash korxonalari — 26, charm-galantereya buyumlari ishlab chiqarish korxonalari — 3, sunʼiy charm zavodi — 1.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasining boshqaruv apparati
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy soni: 27 kishi
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi hududiy savdo-tayyorlash korxonalari ijro etuvchi apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Izoh: Hududiy savdo-tayyorlash korxonalarida boshqaruv apparati xodimlari soni quyidagicha belgilanadi:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida — 10 kishidan;
b) Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, Sirdaryo viloyatlarida — 8 kishidan.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar paketlarining taqsimlanishi
|
T/r |
Aksiyadorlik jamiyatlari nomi |
Ustav jamgʻarmasi (ming soʻm) |
Aksiyalar paketlarining taqsimlanishi (yakunga nisbatan foizlarda) | |||||
|
davlat ulushi |
mehnat jamoasi |
xorijiy investor |
erkin sotish | |||||
|
hammasi |
shu jumladan sotilgan |
hammasi |
shu jumladan sotilgan | |||||
| 1. | “Toshkent poyabzal ishlab chiqarish birlashmasi” AJ | 23532 | 25 | 26 | 25,01 | 25,01 | 23,99 | 23,99 |
| 2. | “Baxt” AJ | 10157,2 | 25 | 26 | 25 | 5 | 24 | 24 |
| 3. | “Kichkintoy” AJ | 44225,4 | 25 | 5,3 | 25 | 25 | 44,7 | 12,36 |
| 4. | “Poyabzal” AJ | 73901,3 | 25 | 26,0 | 25 | — | 24 | 8,64 |
| 5. | “Naqshbandiy” AJ | 40942 | 25 | 18 | 26 | — | 31 | 1,35 |
| 6. | “Maxsi” AJ | 29421 | 25 | 26 | 25 | — | 24 | 23 |
| 7. | “Toʻrtkoʻl poyabzal ICH” AJ | 13263 | 25 | 0,21 | 25 | — | 49,79 | 15,86 |
| 8. | “Toshbuloq” AJ | 8431,5 | 25 | 5,34 | — | — | 69,66 | 45,57 |
| 9. | “Kushon” AJ | 11863 | 25 | 25,99 | 25 | — | 24,01 | 23,01 |
| 10. | “Fargʻona poyabzali” AJ | 29106 | 15 | 20 | 25 | — | 40 | 10,79 |
| 11. | “Tarandubitel” AJ | 6313,1 | 25 | 26 | — | — | 49 | 23,45 |
| 12. | “Fargʻona sunʼiy charmi” AJ | 90908,9 | 25 | 14,29 | 25 | 25 | 35,71 | 35,71 |
| 13. | “Solih” AJ | 21019 | 25 | 21 | 25 | — | 29 | 2 |
| 14. | “Qoʻqon poyabzali” AJ | 53178 | 25 | 26 | 25 | — | 24 | 10 |
| 15. | “Xorazm poyabzali” AJ | 87108 | 25 | 23,28 | 25 | — | 26,72 | — |
| 16. | “Kamolot” AJ | 16182 | 25 | 25,95 | 25 | 1 | 24,05 | 24,05 |
| 17. | “Xoʻjaobod” AJ | 4671,2 | 25 | 15,8 | — | — | 59,2 | 59,2 |
| 18. | “Poyabzalchi” AJ | 20991,43 | 15,2 | 13,1 | 25 | 20 | 46,7 | 46,7 |
| 19. | “Nihol” AJ | 13740,75 | 25 | 5 | — | — | 70 | 60 |
| 20. | “Bulungʻur poyabzal fabrikasi” AJ | 20939,6 | 25 | 26 | 25 | — | 24 | — |
| 21. | “Kattaqoʻrgʻon poyabzali” AJ | 11625 | 25 | 26 | 25 | — | 24 | — |
| 22. | “Qunduz” ochiq aksiyadorlik jamiyati | 5367,4 | 25 | 23,5 | 25 | 25 | 26,5 | 26,5 |
| 23. | “Oʻzbekiston” ochiq aksiyadorlik jamiyati | 43108,52 | 25 | 19,9 | 25 | 19,2 | 29,1 | 18,4 |
| 24. | “Samarqand charm ishlab chiqarish” ochiq aksiyadorlik jamiyati | 18893,0 | 25 | 20 | 25 | 25 | 30 | 30 |
| 25. | “Koʻnchi” ochiq aksiyadorlik jamiyati | 76179,99 | 25 | 16,0 | — | — | 59,0 | 43,6 |
| | JAMI: | 775068,29 | | | | | | |
Keyingi tahrirga qarang.