O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
1965-yil 21-dekabrdagi irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga qo‘shilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini qarab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1965-yil 21-dekabrdagi Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiyaga qo‘shilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 31-avgust,
129-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 204-modda)