Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Energetika Xartiyasiga doir Shartnomani hamda energetika samaradorligi va turdosh ekologik jihatlar masalalari boʻyicha Energetika Xartiyasiga doir Protokolni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Energetika Xartiyasiga doir 1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Shartnoma ratifikatsiya qilinsin;
Energetika samaradorligi va turdosh ekologik jihatlar masalalari boʻyicha Energetika Xartiyasiga doir 1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Protokol ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-dekabr,
192-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 282-modda)