Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimlari va unga aloqador xodimlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi 1994-yilgi Konvensiyaga qoʻshilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimlari va unga aloqador xodimlarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi 1994-yilgi Konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-aprel,
235-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 73-modda)