Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 21.05.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2675
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.02.00 Yoshga doir pensiya;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va toʻlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 21-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2675]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 12-dekabrdagi 94-son, Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 7-dekabrdagi 61-son, Mudofaa vazirligining 2023-yil 30-noyabrdagi 24-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023-yil 1-dekabrdagi 14-son va Davlat xavfsizlik xizmatining 2023-yil 2-dekabrdagi 20-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2675-4, 21.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/5-20-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 15-maydagi 43, 12, 6, 4, 54, 01-02/5-20-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga 2015-yilning 1-mayidan boshlab har oyda eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov (bundan buyon matnda qoʻshimcha toʻlov deb yuritiladi) belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoʻshimcha toʻlov Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga toʻlanayotgan pensiyaga qoʻshib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoʻshimcha toʻlov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilning 1-mayiga qadar 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga 2015-yilning may oyidan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilning 1-mayidan keyin 100 yoshga toʻladigan fuqarolarning pensiyasiga shaxs 100 yoshga toʻlgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab har oyda ariza taqdim etmasdan qoʻshib toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilangan eng kam ish haqi miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha toʻlov eng kam ish haqi miqdoriga mutanosib ravishda oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qoʻshimcha toʻlovni toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻshimcha toʻlovni toʻlash pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoʻshimcha toʻlovni toʻlash fuqaroga toʻlanayotgan pensiyani toʻlash toʻxtatilganda yoki toʻxtatib turilganda belgilangan tartibda toʻxtatiladi yoki toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqaro tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan qoʻshimcha toʻlovning hisoblangan summasi oʻtgan vaqt uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq eng kam ish haqi miqdorlari oshirilishi hisobga olingan holda bir yoʻla toʻlanadi, biroq uni olish maqsadida murojaat qilishdan oldingi 12 oydan ortiq vaqt uchun emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha belgilangan qoʻshimcha toʻlov (Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga ketish toʻgʻrisida ariza berilgan kundagi eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga joʻnab ketishdan 6 oy avval Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha toʻlov toʻlanadigan 6 oylik davr doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishdan avvalgi 6 oy uchun qoʻshimcha toʻlovni toʻlash arizada koʻrsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan qoʻshimcha toʻlov turar joyidan roʻyxatdan chiqqan oyning oxirigacha toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fuqaro doimiy roʻyxatdan oʻtmagan va u faqat vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olingan boʻlsa) qoʻshimcha toʻlov vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishning (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turgan joyi boʻyicha hisobga olishning) amal qiladigan muddati mobaynida toʻlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga qoʻshimcha toʻlov yashash guvohnomasi amal qiladigan muddat davomida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qoʻshimcha toʻlovni toʻlash toʻxtatib qoʻyilgan vaqtdan boshlab lekin hisobga qoʻyilgandan oldingi 12 oydan oshmagan davr uchun tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqaroning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan qoʻshimcha toʻlovni toʻlash “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 63-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarida roʻyxatda turuvchi 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarida roʻyxatda turuvchi 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga belgilangan qoʻshimcha toʻlov ularning pensiya miqdoriga qoʻshilgan holda toʻlov qaydnomalariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarida hisoblangan qoʻshimcha toʻlov uchun mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojni pensiya va nafaqa toʻlovlari uchun oylik umumiy talabnomada hisobga olgan holda har oyning 15-sanasiga qadar Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasida roʻyxatda turuvchi 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasida hisobda turuvchi 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga belgilangan qoʻshimcha toʻlov alohida toʻlov qaydnomalariga kiritilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimlariga kiruvchi hududiy tarkibiy boʻlinmalar har oyning 5-sanasiga qadar joriy toʻlov oyi uchun qoʻshimcha toʻlovlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi hamda ular roʻyxatdan oʻtgan hudud boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimlariga mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan shaklda talabnoma hamda 2-ilovasida belgilangan shakldagi reyestrni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari talabnomaning toʻgʻri tuzilganligini reyestr bilan taqqoslaydi, zarur boʻlganda qoʻshimcha toʻlovni amalga oshirish uchun asos boʻlib hisoblangan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimlariga kiruvchi hududiy tarkibiy boʻlinmalardan talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimlariga kiruvchi hududiy tarkibiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan talabnomalarga asosan har oyning 7-sanasiga qadar talabnomalarni Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari esa talabnomalarni har oyning 10-sanasiga qadar Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati taqdim etilgan talabnomalarga asosan mablagʻlarni joriy toʻlov oyining 15-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boʻlinmalari tomonidan Pensiya jamgʻarmasining tegishli hududiy boshqarmalari uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari mablagʻlarni 2 ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boʻlinmalari tomonidan Pensiya jamgʻarmasining tegishli tuman (shahar) boʻlimlari uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari mablagʻlarni taqdim etilgan talabnomalarga muvofiq 2 ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi tizimlariga kiruvchi tegishli hududiy tarkibiy boʻlinmalarga moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qoʻshimcha toʻlovni toʻlashga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma taqdim etayotgan tashkilotning shtampi ________________________________ ga (Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining nomi)
___________________________
(Tashkilotning toʻliq nomi)
Olindi
�
______________________________ (Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi xodimining imzosi)
STIR raqami __________________________________ Hisob raqami __________________________________ Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi _______________________________ Bank kodi _____________ Bank nomi __________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarga eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlovi uchun mablagʻga boʻlgan TALABNOMA
T/r
Koʻrsatkichlar
Qoʻshimcha toʻlov oluvchilar soni
Haqiqiy xarajatlar amalga oshirilgan davr
Haqiqiy xarajatlar summasi(soʻmda)
1
2
3
4
5
1.
100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarning pensiyasiga har oyda eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga qoʻshimcha toʻlovni belgilash, toʻlash va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolarga eng kam ish haqining 100 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov uchun mablagʻga boʻlgan talabnoma REESTRI 20___ yil ____________ uchun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 20-son, 264-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2019-y., 10/19/2675-1/3961-son; 29.12.2020-y., 10/20/2675-2/1679-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 14.01.2022-y., 10/22/2675-3/0026-son)