Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.1996 13.11.1992 yildagi 5-6-ПЛ-92-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.1996
Hujjat 13.11.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlarini sudlar tomonidan kassatsiya tartibida koʻrib chiqish amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 43-sonli “Jinoyat ishlarini sudlar tomonidan kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida yurgizish-yuqori sudlar tomonidan sudlov faoliyatining ustidan nazorat qilishning muhim usuli boʻlib, u sudlar yoʻl qoʻygan xatolarni ayniqsa tezroq tuzatishga imkon beradi, jinoyat-sudlov ishlarini yurgizish vazifalarini bajarishga va respublikada qonunchilikni mustahkamlanishiga yordam beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar ishlarni kassatsiya tartibida koʻrib chiqish sifatini yaxshiladilar, lekin shu bilan birgalikda kassatsiya instansiyasi sudlarining ishida sud faoliyatini va odil sudlovni amalga oshirishda salbiy taʼsir koʻrsatuvchi jiddiy kamchiliklar bor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudlari tomonidan jinoyat va jinoyat protsessual qonunlarini toʻgʻri qoʻllanishiga ayrim hollarda eʼtibor berilmaydi. Natijada ayrim qonunsiz va asoslantirilmagan sud hukmlari va ajrimlari oʻzgartirilmasdan va bekor qilinmasdan qoldiriladi, shu bilan bir vaqtda, qonuniy va asoslantirilgan hukm va ajrimlarni bekor qilish faktlari uchrab turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyalari dastlabki tergov va sud majlisida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlariga qarshi xususiy ajrim chiqarishga kam eʼtibor bermoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish uchun tayyorlashda va ish materiallarini toʻla tekshirishda xatolarga yoʻl qoʻyilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyalarida ishlarni koʻrish tartibi va shartlarini belgilovchi qonunlarni buzish hollariga barham berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda, hukm va ajrimlar bekor qilinib, ishlarni qayta sudga joʻnatish paytlarida, aybni tasdiqlanganligi masalasi oldindan hal qilib qoʻyiladi, yoki birinchi instansiya sudlariga qaysi dalillarni qabul qilish yoki qabul qilmaslik, yoki qaysi qonunni qoʻllashga koʻrsatmalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda birinchi instansiya sudlari, ishlarni kassatsiya tartibida koʻrish uchun joʻnatilishida, ularni qonun talabi boʻyicha rasmiylashtirmaydilar, buning natijasida, kamchiliklarni toʻldirmoq uchun ishlar sudlarga qaytarilib, sansalorlikka yoʻl qoʻyilmoqda. Ayrim ishlar qonun tomonidan belgilangan muddatda koʻrib chiqilmaydi. Ishlarni koʻrishni boshqa kunga qoldirish haqida asoslantiruvchi ajrimlar chiqarilmaydi, ishlarni koʻrilish kuni toʻgʻrisida kassatsiya instansiyasida qatnashuvchi shaxslarga oʻz vaqtida xabar qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim kassatsiya instansiya sudlarining ajrimlarida kassatsiya shikoyati bergan mahkumlarning sudlanganligi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar berilmaydi, shikoyat va protestlarning mazmuni, prokurorning fikri va xulosasi, sud muhokamasi qatnashchilarining iltimosnomalari, izohlari va fikrlari bayon etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya huquqni buzilishiga yoʻl qoʻyilmoqda, sud praktikasida uchrab turadigan ayrim masalalarni hal qilishda bir xillik yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyalarining ayrim ajrimlari qonun belgilab qoʻygan muddatda ijro etish uchun yuborilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada, ana shunday ishlar boʻyicha chiqqan hukm va ajrimlar nazorat instansiyasi sudlari tomonidan qayta koʻrib chiqiladi, ishlarni hal qilishda sansalorlikka yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya tartibida ishlarni koʻrishdagi kamchiliklarni bartaraf qilish va bu masalalarni bir xilda hal etilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi quyidagi rahbarlik tushuntirishlarini berishga qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida sinchiklab, toʻgʻri va hartomonlama tekshirib koʻrib hal qilish katta ahamiyatga ega, vaholanki qonunsiz va asoslantirilmagan hukm, ajrim va qarorlarni kuchga kirishining oldi olinadi, hamda odil sudlovning oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarini amalga oshirish taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori sudlar quyi sudlarga nisbatan, ular chiqaradigan hukm, ajrim va sudya qarorlarining qonunga toʻla muvofiq boʻlishiga erishish uchun talabchanlikni oshirishlari kerak. Birinchi instansiya sudlari ishlarni kassatsiya tartibida rasmiylashtirishda, kassatsiya shikoyatlari va protestlari berilgani toʻgʻrisida maʼlum qilishni va sud majlisi protokoli bilan tanishtirishni tartibga soluvchi jinoyat-protsessual qonunlariga qattiq amal qilishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga shuni eslatib oʻtish kerakki, dastlabki kassatsiya shikoyati qonunda koʻrsatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiya sudlari ishni oʻziga qabul qilib olishdan oldin mahkum, oqlangan, jabrlanuvchi va boshqa sud muhokamasi qatnashchilarining manfaatlariga taalluqli protest yoki shikoyat tushganligi toʻgʻrisida ushbu shaxslarga maʼlum qilinganligini aniqlashlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudlari shuni nazarga tutmoqlari kerakki, qonunga binoan /Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 304, 305, 332-moddalari/, sud muhokamasi qatnashchilari tushgan shikoyat va protestlar bilan tanishishga va bu protest va shikoyatlarga oʻz eʼtirozlarini bildirishga haqlidirlar. Lekin, ularga bu majburiyatlarni yuklash qonunga ziddir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kassatsiya shikoyatlari va protestlariga chuqur mulohaza, diqqat-eʼtibor bilan yondoshish kerak. Ularda koʻrsatilgan vajlar javobsiz qolmasligi uchun, bu vajlarni sinchiklab oʻrganib va analiz qilib, ishdagi mavjud va qoʻshimcha berilgan materiallar bilan solishtirib koʻrish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat va jinoyat-protsessual qonun normalariga amal qilinishiga jinoiy harakat kvalifikatsiyasi toʻgʻriligiga, tayinlangan jazoni asoslantirilganligiga qonuniy va adolatli boʻlishiga alohida eʼtibor berish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini toʻla tekshiradi. Hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi va asoslantirilganligini tekshirayotib, kassatsiya instansiyasi sudi, birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan moddiy va protsessual qonun buzilishlarini, bu haqda shikoyat yoki protestda koʻrsatilishidan qatʼiy nazar, bartaraf qilishga majbur. Kassatsiya instansiyasi chiqarilgan xususiy ajrim qonuniyligini, uning hukm va ish materiallariga mosligini tekshirishi shart. Agar, asoslar boʻlsa, xususiy ajrimni bekor qilish yoki oʻzgartirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir necha kishiga nisbatan jinoyat ishi koʻrilayotganda, sud Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 308-moddasiga binoan, kassatsiya shikoyati bermagan, yoki jabrlanuvchi kassatsiya shikoyat va prokuror protesti keltirilmagan shaxslarga nisbatan ham ish toʻla hajmda tekshiriladi. Agar asoslar boʻlsa, yuqorida koʻrsatilgan mahkumlarning ahvolini ogʻirlashtirmaslik sharti bilan, sud hukmiga kerakli oʻzgartishlar kiritish, yoki uni bekor qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hukmga oʻzgartirish kiritish yoki uni bekor qilish uchun asoslar boʻlmasa, ushbu mahkumlarga nisbatan ish tekshirilganligi va hukm oʻzgartirilmasdan qoldirilganligini koʻrsatish kerak emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi 308, 333-moddalarining mazmuniga koʻra, ayrim mahkumlarga nisbatan kassatsiya shikoyatlari yoki prokuror protesti berilib ish boʻyicha hukm yuqori sud tomonidan bekor qilinmasa, bu hukm ish hamma mahkumlarga nisbatan kassatsiya tartibida koʻrib chiqilganidan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlarning jiddiy buzilishlari aniqlanib, bu hukmni bekor boʻlishiga olib keladigan boʻlsa va yoʻl qoʻyilgan buzilishlar hamma mahkumlarga taalluqli boʻlsa, ulardan qaysi biri kassatsiya shikoyat berganidan yoki qaysi biriga prokuror protest keltirilganidan qatʼiy nazar, kassatsiya instansiyasi hukmni butunlay, hammaga nisbatan bekor qilishga majbur. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 321-moddasi 2 qismida koʻrsatilgan qonun buzilishlaridan tashqari, boshqa jinoyat va jinoyat-protsessual qonunlarining buzilishlari, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki boshqa sud muhokamasi ishtirokchilarining qonuniy garantiyalangan huquqlari kamsitilganligi yoki bu huquqlardan mahrum qilinganligi, sudning ish holatlarini toʻla va xolisona aniqlanishiga, qonuniy va asoslantirilgan hukm chiqarishga taʼsir qilgan, yoki taʼsir qilishi mumkin boʻlsa /ishda sudga berish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimning yoʻqligi, ayblash fikrining tasdiqlanmaganligi, ayblash fikrining topshirilmaganligi, qonunda koʻrsatilgan hollarda himoyalash bilan taʼminlanmaganlik, qonun boʻyicha oʻtkazilishi majburan boʻlgan ekspertizaning oʻtkazilmaganligi, sudlanuvchiga oxirgi soʻz berilmaganligi va boshqalar/, ushbu talabga rioya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar biror sabab bilan ayrim mahkumlarga nisbatan oʻz muddatida berilgan kassatsiya shikoyati yoki protest, ishni boshqa mahkumlarga nisbatan koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushsa, yoki Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 306-moddasiga binoan, shikoyat yoki protest keltirish muddati tiklangan boʻlsa, shuningdek mahkum va uning himoyachisining kassatsiya shikoyati, boshqa sud protsessi ishtirokchisining kassatsiya shikoyati, yoki prokuror kassatsiya protesti bilan ushbu mahkumga nisbatan ish koʻrilib chiqilganidan soʻng kelib tushsa, kassatsiya instansiya sudi, chiqarilgan ajrimni bekor qilinishi va hamma shikoyat va protestlarni bir vaqtda koʻrib chiqilishi uchun, ishni nazorat tartibida protest keltirish huquqiga ega boʻlgan sud raisiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibida kassatsiya sudi ajrimi bekor qilinib, ishni qaytadan koʻrish uchun yuboriladigan boʻlsa, shu ishni ikkinchi marta koʻradigan kassatsiya instansiya sudi, qonun tomonidan oʻrnatilgan protsess ishtirokchilariga maʼlum qilish talabiga amal qilib, shikoyat yoki protest bergan shaxslarga ishni kassatsiya instansiyasida koʻrilishi toʻgʻrisida xabar berishi shart /Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 304, 332-moddalari/. Bu talabni bajarmaslik qonunni jiddiy buzish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlanuvchining himoyachisi oʻz tashabbusi bilan kassatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Agar ushbu himoyachi, mahkumning roziligi bilan boshqa himoyachi bilan almashtirilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 305-moddasi 4-qismiga binoan u qoʻshimcha shikoyat /qoʻshimcha vajlar/ keltirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mahkum ikkinchi sud instansiyasida himoyadan voz kechsa, boshqa kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻlmagan taqdirda ish koʻrilmasdan qoldiriladi. Lekin, sudlar shuni nazarda tutmoqlari lozimki, mahkumning himoyadan voz kechishi sud uchun majburiy boʻlmagan hollar Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 45-moddasida koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi himoyadan voz kechishni qabul qilmasdan, ishni mazmunan koʻrishi mumkin. Himoyadan voz kechishni qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisida kollegial ravishda qaror qabul qilinadi va bu qaror ajrim matniga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahkumning yoki jabrlanuvchining yaqin qarindoshi, agar u amaldagi qonun asosida jabrlanuvchi yoki mahkumning qonuniy vakili sifatida ishda qatnashish huquqiga ega boʻlsa, uning keltirgan shikoyati kassatsiya shikoyati deb hisoblanadi va ishni kassatsiya tartibida koʻrish uchun asos boʻladi (Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 224, 230-1-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiya sudi ishlarni koʻrish paytida surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar tomonidan jinoyat-sudlov ishlarini yurgizishda jabrlanuvchining qatnashuvini tartibga soluvchi qonun talablarini toʻgʻri qoʻllanilganligini sinchiklab tekshirishi kerak va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishini eʼtiborsiz qoldirmaslik lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchining huquqlaridan mahrum qilish yoki ularning bu huquqlarini qisish, agar ishni har tomonlama koʻrishga xalaqit bergan boʻlsa, qonuniy va asoslantirilgan hukm chiqarishga taʼsir qilgan boʻlsa, bu hukmni bekor boʻlishiga olib keladigan jinoyat protsessual qonunini jiddiy buzilishi deb tanilishi kerak /Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 321-moddasi/.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar advokat bilan tuzilgan shartnoma boʻlmasdan, mahkum sud majlisi protokoli bilan advokat ishtirokida tanishtirish toʻgʻrisida talab qoʻysa, unga qonunda koʻrsatilgan, protokol bilan tanishish tartibini tushuntirish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi protokolining hajmini hisobga olgan holda, sud protokol bilan tanishish muddatini belgilashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi protokolining imzolangan kuni toʻgʻrisida raislik etuvchi protokolda koʻrsatib oʻtishga majburdir. Uzrli sabablar boʻlgan taqdirda ishni koʻrishni boshqa kunga qoldirishga yoʻl qoʻyiladi. Agar ishda qatnashuvchi shaxslarga ishni koʻrilishi toʻgʻrisida tegishli ravishda maʼlum qilingan boʻlsa, ammo u shaxslar sudga kelmasalar, kassatsiya instansiyasi, kelmaslik sabablarini tekshirib koʻrib, ishni ularsiz koʻrish masalasini hal qilishi kerak, bu haqda sud ajrimida koʻrsatib oʻtish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishni kassatsiya tartibida koʻrish paytida, keltirilgan yoki sudning tashabbusi bilan talab qilib olingan qoʻshimcha materiallar sudda tekshirilgan holatlarga taalluqli boʻlsa va yangi ochilgan holatlar borligi toʻgʻrisida dalolat bermasa, bu materiallardan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha materiallarga ishdagi barcha mavjud dalillar bilan birga baho beriladi va shular bilan bir qatorda hukm, ajrim va qarorni bekor qilib, ishni yangi tergovga yangi sudga yuborish qaroriga asos boʻlib kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasining qaysi bosqichidan ishni yangidan koʻrmoqlik uchun yuborish masalasini hal qilayotib, sud ish holatlarini toʻla va hartomonlama tekshirish, ayblanuvchining himoya huquqini taʼminlash zaruriyatiga asoslanishi, qoʻshimcha materiallar dastlabki tekshirish predmeti boʻlmaganligi va qonun boʻyicha ayblanuvchiga eʼlon qilinmaganligini nazarda tutishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha taqdim qilingan materiallar bilan aniqlangan fakt, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshiruv oʻtkazish va baho berishni talab qilmaydigan holdan tashqari /kassatsiya shikoyati berilganidan soʻng mahkumning oʻlib qolishi, mahkumning jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetmaganligi, ilgari sudlanmaganligi va boshqalar/ boshqa hollarda, ushbu materiallar asosida hukmni oʻzgartirishga uni bekor qilib, ishni harakatdan yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi. Sudlarning eʼtibori shu narsaga qaratilsinki, qoʻshimcha materiallar tergov yoʻli bilan qoʻlga kiritilishi mumkin emas, chunki qonun mazmuniga koʻra, ish boʻyicha har qanday qoʻshimcha tergov harakatlari /ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarni soʻroq qilish, tintuv oʻtkazish, olib ketish /vyemka/, zkspertiza oʻtkazish, voqea joyida koʻrgazmalarni tekshirish va boshqalar/ faqat hukm bekor qilinib, ishni qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun yuborilganda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishlarni kassatsiya tartibida koʻrilishi, sudlanuvchi aybdor deb topilgan yoki oqlangan ayb doirasida boʻlishi mumkin. Agar, mahkumning ahvoli ogʻirlashtirilmasa yoki uning himoya huquqi buzilmasa, aybni oʻzgartirish mumkin, jumladan, bu oʻzgartirish mahkumning hukmda mujassamlashtirilgan aybidan jiddiy ravishda farq qilmasa, yoki ogʻirroq jazo tayinlanishiga olib kelmasa, sud sodir etilgan jinoyatni boshqa yengilroq qonun moddasiga yoki moddalariga qayta kvalifikatsiya qilishga, aybning bir qismini /epizodini/ yoki mahkum javobgarligini ogʻirlashtiruvchi belgilarni chiqarib tashlashga, alohida kvalifikatsiya qilingan hukmning bir qismini bekor qilishga va bu qismi boʻyicha ishni yotqizishga, hukmni bekor qilmasdan va bu qismi boʻyicha ishni yotqizmasdan, qilingan jinoyatga xato baho berish natijasida ikki jinoyatning ideal yigʻindisi sifatida eʼlon qilingan qonun moddasini chiqarib tashlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmga kiritilgan oʻzgartirishlar ajrimning rezolyutiv-xulosa qismida koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar ishni koʻrish natijasida kassatsiya instansiyasi mahkum harakatlarini amnistiya akti boʻyicha, yoki javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi uchun, jinoyat ishi qoʻzgʻatilmaydigan jinoyatga kvalifikatsiya qilish zarur degan xulosaga kelsa, u Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 5 moddasi 1, 2, 3, 4-bandlariga rioya qilgan holda, birinchi instansiya sudi qabul qilishi majburiy boʻlgan, lekin qabul qilmagan qaror chiqarishi lozim, yaʼni, qilingan jinoyat qonunining tegishli moddasiga qayta kvalifikatsiya qilib, ushbu modda bilan jazo tayinlab, mahkumni jazodan ozod qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aybdorni jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi amnistiya aktiga zid ravishda jinoiy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, yo jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketgan boʻlsa, mahkum, garchan jazo oʻtashdan ozod qilingan boʻlsada, ayblash hukmi bekor qilinib, ish harakatdan yotqiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mahkum yoki uning himoyachisi shikoyati bilan ishni koʻrayotib, bir tomonlama, yoki toʻla boʻlmagan surishtiruv, dastlabki tergov va sud tergovi natijasida hukmni bekor qilayotib, kassatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudi aniqlamagan yoki rad etgan, mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi holatlarni oʻz ajrimiga kiritishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ishning boshqa epizodlari bilan birga umumiy kvalifikatsiya olgan bir yoki bir nechta epizodli holatlari qismini toʻliq tekshirilmaganini aniqlab /masalan, shaxsni bir necha marta pora olganlikda aybdor deb topish/, kassatsiya instansiyasi eʼlon qilingan ayb boʻyicha toʻla miqdorda hukmni bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishi kerak yoki, asoslar boʻlganda, hukmni oʻzgartirib, koʻrsatib oʻtilgan epizodlarni chiqarib tashlab, hukmni bu qismini harakatdan yotqizishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mahkum bir qancha jinoyatlarni qilganlikda aybdor deb topilgan boʻlsa va jinoyatlarning har biri qonundagi tegishli modda bilan kvalifikatsiya qilingan boʻlib, alohida koʻrilishi mumkin boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi, hukmni bir jinoyat yoki bir necha jinoyat qismi boʻyicha bekor qilib, mahkumga nisbatan hukmning boshqa qismini oʻzgartirmasdan qoldirib, ishni yangidan koʻrish yoki qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kassatsiya ajrimlarining muhim ahamiyatga ega ekanligini eʼtiborga olib, ularning mazmuni toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 327-moddasi talabini soʻzsiz bajarilishi zaruriyatiga sudlarning diqqat-eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim xulosalari tegishli moddiy yoki protsessual qonun manbalariga tayanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 327-moddasida koʻrsatilgan barcha masalalar shunday hal qilinishi va bayon etilishi kerakki, hukmni ijro qilishda, yoki hukm va ajrimni nazorat tartibida oʻrganishda qiyinchiliklar tugʻilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun sudga yuborayotib, kassatsiya instansiya sudi oʻz ajrimida hukmni bekor qilishga qanday buzilishlar sabab boʻlganini va ularni qanday tuzatish yoʻlini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lekin, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksini 328-moddasiga binoan, kassatsiya instansiyasi surishtiruv, dastlabki tergov va sud xulosalarini oldindan hal qiluvchi koʻrsatmalar berishga haqli emas, chunki ishni yangidan koʻrish paytida birinchi instansiya sudi sudlanuvchining aybdor yoki aybdor emaslik masalasini jinoyat qonunini qoʻllab, jazo tayinlashda dalillarga oʻz ichki ishonchi bilan baho berib, ish boʻyicha hamma holatlarni har tomonlama, toʻla va obyektiv koʻrish asosida, huquqiy ong va qonunlarga tayanib uni hal qilishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Birinchi instansiya sudi tomonidan mahkumga amnistiya qoʻllanishi mumkin boʻlmasada, lekin qoʻllanilgan boʻlsa, jazo yengilligi toʻgʻrisida prokurorning protesti yoki jabrlanuvchining shikoyati boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksi 316-moddasi 2-qismiga asoslanib, kassatsiya instansiyasi, amnistiyani qoʻllamasdan jazo tayinlash uchun hukmni bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya instansiyasi tayinlangan jazo miqdorini toʻgʻri deb topsa /amnistiya qoʻllanilgani bilan/, amnistiya qoʻllamasdan mahkum uchun jazo yetarli deb hisoblasa, ishni yangidan koʻrishga yubormasdan, hukmni oʻzgartirishi, yaʼni amnistiya qoʻllanishini chiqarib, hukmning birinchi tayinlangan, yakunlov jazo miqdoriga almashtirishi mumkin,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya instansiyasi biror sabab bilan /amnistiya qoʻllanishi toʻgʻrisidagi tushuntirishning yoʻqligi va boshqalar/ amnistiya qoʻllamagan boʻlsa, zarur hujjatlar mavjud boʻlsa amnistiyani qoʻllash toʻgʻrisida qoʻshimcha ajrim chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Birinchi instansiya sudi tomonidan qoʻshib jazo tayinlash prinsipi oʻrniga /Jinoyat kodeksining 41-moddasi/, yengilroq jazoni ogʻirroq jazo bilan qoplash prinsipini notoʻgʻri qoʻllanganini aniqlab, tayinlanayotgan jazo miqdori, agar hukm bilan belgilangan jazo miqdoridan oshib ketmasa, kassatsiya instansiyasi, qoʻshib jazo tayinlash prinsipiga oʻtishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatlardan birini yengilroq ogʻir jinoyat boʻyicha qonun moddasiga qayta kvalifikatsiya qilib, oʻsha modda bilan yangi, yengilroq jazo tayinlayotib, yuqori sud, birinchi instansiya sudi tomonidan qoʻllanilgan, tayinlangan jazolarni qoplash prinsipidan, qoʻshib jazo tayinlash prinsipiga oʻtishi mumkin, shuningdek, tayinlanadigan jazo hukm bilan belgilangan jazo miqdoridan oshib ketmaslik sharti bilan, jami jinoyatlar uchun shu prinsiplardan istalgani bilan belgilanishi mumkin boʻlgan holda ham /Jinoyat protsessual kodeksining 40 moddasi/, qoʻshib jazo tayinlash prinsipiga oʻtishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi qonunining bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadigan aybdorning ikki yoki undan ortiq jinoyatlaridan biriga toʻgʻri yuridik baho berib, boshqa jinoyatlarga xato ravishda, yanada ogʻirroq jinoyat qonuni moddasini qoʻllab, ularni ikki modda bilan notoʻgʻri kvalifikatsiya qilgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi mazkur jinoiy harakatlarni notoʻgʻri kvalifikatsiya qilingan moddadan yengilroq moddaga qayta kvalifikatsiya qilib, shu modda sanksiya chegarasida ogʻirroq jazo tayinlashga haqli, lekin bu jazo hukm boʻyicha tayinlangan jazo miqdoridan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hukm boʻyicha koloniya rejimi turi tayinlanmagan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi bu kamchilikni tuzata olmaydi, bu holda qonunni buzgan sud adresiga xususiy ajrim chiqariladi. Birinchi sud instansiyasi esa, Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual kodeksining 344, 345-moddalariga binoan koloniya turini tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, koloniyaning rejim turi uning yengilroq turi bilan notoʻgʻri tayinlangan boʻlsa, prokurorning protesti yoki jabrlanuvchining shikoyati bilan ish koʻrilayotganda, kassatsiya instansiyasi ishda boshqa jiddiy kamchiliklar topmasa, Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 344, 345-moddalari qoidalariga muvofiq, hukmning rejim tayinlash qismini bekor qilib, ishni oʻsha qismini yangidan koʻrish uchun yuboradi. Agar birinchi sud instansiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 23-1-moddasida koʻrsatilgan asoslarga qaramasdan, shaxsni alohida xavfli retsidivist deb tanish masalasini hal qilmagan boʻlsa yo alohida xavfli retsidivist deb tanimagan boʻlsa, kassatsiya instansiya sudi, prokuror protesti yoki jabrlanuvchi shikoyati bilan, ish holatlarini nazarga olib, hukmni bekor qilishi va ishni yangidan koʻrish uchun sudga yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni bekor qilish, ish qoʻshimcha tergov oʻtkazish uchun yuborilayotganda, yoki ishni qoʻshimcha tergovga yuborish toʻgʻrisidagi ajrim bekor qilinayotganda, kassatsiya instansiyasi ajrimda sudlanuvchilarning ehtiyot chorasini koʻrsatib oʻtishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiya sudi zarurat tugʻilganda, hukm mohiyatiga dahl qilmaydigan va mahkum ahvolini ogʻirlashtirmaydigan, hukm kamchiliklari natijasida paydo boʻlgan shubha va noaniqliklarni, Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsossual kodeksining 344, 345-moddalarida koʻrsatilgan tartibda hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiya sudlari hukmni tuzishda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni oʻz munosabatini bildirib, bu kamchiliklarni bartaraf qilishga erishishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mahkum yoki boshqa protsess qatnashchilari tomonidan kassatsiya shikoyati yoki protesti berilgandan soʻng, ish hali kassatsiya tartibida koʻrilmasdan mahkum oʻlib qolsa, agar ishni tekshirish natijasida marhumni oqlash /reabilitatsiya qilish/ asosi boʻlsa, ushbu mahkumga nisbatan ishni koʻrish davom etishi mumkin. Aks holda, Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat protsessual kodeksining 5-moddasi 8-bandi bilan ish harakatdan yotqiziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lekin, shu bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksining 62-moddasi va grajdanlik protsessual kodeksining 5-moddasi, 2-bandiga binoan prokuror daʼvosi boʻyicha, yoki jabrlanuvchi shikoyati bilan mulkni davlat foydasiga hal qilish masalasini grajdanlik ishlarini sudda koʻrish tartibida hal qilinishini, sudlar nazarda tutmogʻi kerak. Marhumning harakatlaridan yetkazilgan zararni qoplash masalasi esa, jabrlanuvchining yoki prokurorning daʼvosi bilan uning merosxoʻrlariga yoki mulkini idora etishni oʻz javobgarligiga olgan shaxslarga nisbatan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha daliliy ashyolarning taqdiri kassatsiya instansiyasi qarori bilan aniqlanib, ishni harakatdan yotqizish toʻgʻrisidagi ajrimga kiritilishi kerak, agar mulk kimga tegishliligi toʻgʻrisida kelishmovchilik mavjud boʻlsa, grajdanlik ishlarini koʻrish tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ishni kassatsiya tartibida koʻrish paytida sud qonunsiz va asoslantirilmasdan hukmni bekor qilayotib, xato hukm chiqarish surishtiruv, dastlabki tergovni oʻtkazgan shaxslar va sudyalarning oʻz vazifalarini ijro etishdagi beparvolik natijasi ekanligini aniqlab, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi 331-moddasiga binoan, bu nuqsonlarga eʼtiborni qaratishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiya sudi shuningdek, oʻz ajrimi bilan surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazgan mansabdor shaxslarni, yoki birinchi instansiya boʻyicha ishni koʻrgan sudning eʼtiborini, hukmni bekor qilishga yoki oʻzgartirishga olib kelgan buzilishlar boʻyicha ham qaratishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lekin sud, hukm tomonidan rad qilingan faktlarni aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga, yoki oʻzgartirilmasdan qoldirilgan hukmni qonuniyligini va asoslantirilganligini mazmunan rad etuvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi jinoyat ishlarini sud nazorati tartibida koʻrayotib, ushbu ishlarni kassatsiya tartibida koʻrilganida qonunning hamma talablariga rioya qilinganligiga jiddiy eʼtibor berishi va shu bilan birinchi va kassatsiya instansiyasi sudlari faoliyatida qonunchilikka qattiq rioya qilinishini taʼminlashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi U. MINGBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining aʼzosi A. IShMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-6-PL-92-son