Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini taʼminlovchi qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining bajarilishi haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 17-sonli “Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan taʼminlashga oid qonunlarni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisining “Himoya huquqini taʼminlovchi qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi Plenum qarorining bajarilishi haqidagi maʼruzasini muhokama qilib, Plenum, ushbu Qarorning qabul qilinishi jinoyat sudlov ishlarining yurituvini demokratlashtirishga, fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishga xizmat qilganini qayd etadi.
Shuning bilan birga tergov organlari va sudlar koʻp hollarda har bir shaxsning himoya huquqiga egaligi haqidagi jinoyat-protsessual qonunchilik talablarining oʻta muhimligiga, ish holatlarini har tomonlama, tekshirishni taʼminlovchi sudda ishlarni yuritishda taraflarning oʻzaro tortishuv tamoyiliga, ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan holatlarni aniqlashga, oxir-oqibatda esa har bir ishning haqiqiy holatini xolisona aniqlashga yetarlicha baho bermayaptilar.
Koʻp ishlar boʻyicha fuqaro ushlangan paytdan boshlab advokatlar qatnashmagan, uning huquqlari hamma vaqt ham yetarli darajada aniq tushintirilmagan, agar ayblanuvchi yoki sudlanuvchi hibsda saqlanayotgan taqdirda advokat u bilan miqdori va muddati cheklanmagan holda holi uchrashuv oʻtkazishga haqliligi haqidagi qonun talabi koʻp hollarda inkor qilib kelingan.
Keyingi tahrirga qarang.
Yoʻl qoʻyilayotgan qonun buzilishlar qator hollarda ruxsat etilmagan tergov usullarini qoʻllash, ruhiy va jismoniy tarzda koʻrsatmalar berishga majbur qilish, asoslantirilmagan holda ushlab turish, hibsga olish va hatto sudlashda ifodalangan fuqarolar huquqlarining Konstitutsiyaviy kafolatlarining qoʻpol buzilishiga olib keldi.
Oliy sud qonunga xilof ravishda yigʻilgan dalillar yuridik kuchga ega emasligi va oqibatda ular sud tomonidan rad qilinishini koʻrsatib oʻtgan boʻlsada, sudlar qayd etilgan noqonuniy harakatlarga baho berishda zaruriy qatʼiyatlik koʻrsatmayapti, gumonlanuvchi tomonidan advokatning ishtirokisiz aybini boʻyniga olganligi holatiga har doim ham tanqidiy baho bermayapti.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud ishlarini yuritishda taraflarning teng huquqliligi, dalillar taqdim qilish, ularni tekshirishda ishtirok etish, iltimosnoma berishda teng imkoniyatlarga egaligi va boshqa tamoyillarining buzilishiga yoʻl qoʻyilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan, advokat taraf sifatida, sud ishlarini yuritishniig hamma bosqichida protsessning barcha ishtirokchilari bilan teng huquqlarga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunlarni ijro qilishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish, jinoyat, sudlov ishlarida himoyaga boʻlgan huquqqa qatʼiy rioya qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
1. Dastlabki tergov organlari va sudlarning eʼtibori himoyaga boʻlgan huquqni kafolatlovchi jinoyat-protsessual qonunchilikning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi “Himoya huquqini taʼminlovchi qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining jiddiy buzilayotganligiga qaratilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, Respublika Harbiy sudi raislari fuqarolarning himoyaga boʻlgan huquqlariniig buzilishini bartaraf qilish, jinoyat sudlov ishlarining yurituvida advokatning haqiqiy ishtirokini va sud protsessida taraflarning tengligini taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ushbu qonunchilikka rioya qilinishi muntazam tahlil qilib borilsin, kassatsiya va nazorat bosqichlarining roli kuchaytirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi U. MINGBOYEV
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi A. A. Muhammadiyev
Toshkent sh.,
1999-yil 24-sentabr,
17-son