Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.1996 13.11.1992 yildagi 5/6ПЛ-92-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.1996
Hujjat 13.11.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy ishlarni nazorat tarzida koʻrishni tartibga soluvchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 43-sonli “Jinoyat ishlarini sudlar tomonidan kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Jumhuriyati sudlari odil sudlovlikni amalga oshirish borasida bir muncha ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning xatosini oʻz vaqtida aniqlash va ularni bartaraf qilish, toʻgʻri va yagona sud amaliyotini amalga oshirish masalasi nazorat bosqich sudlarining muhim vazifasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat bosqich sudlari tomonidan amalga oshirilgan muhim ishlarga qaramay, jinoiy ishlar boʻyicha hukmlarni, ajrimlarni, qarorlarni nazorat tarzida koʻrishni tartibga soluvchi qonunlarni qoʻllashda hamon jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar faoliyatidagi koʻpchilik xatolar jinoiy ishlarni birinchi bosqichda koʻrishda sodir etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi bosqich sudlari esa ishlarni yuzaki va bir tomonlama koʻrib, qonunsiz va asoslantirilmagan sud qarorlarini tasdiqlamoqdalar yoki boʻlmasa toʻgʻri chiqarilgan sud qarorlarini asossiz ravishda bekor qilmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning xatosi kassatsiya tartibiga qaraganda, nazorat tartibida koʻproq toʻgʻrilanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat bosqich sudlarining faoliyatida ham kamchiliklar bartaraf etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Jumhuriyati Oliy Sudining Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Jumhuriyati Oliy Sudining jinoiy ishlar boʻyicha sudlov kollegiyasi, Qoraqalpogʻiston Jumhuriyati Oliy Sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, harbiy sudlar jinoiy ishlarni va shikoyatlarni nazorat tartibida koʻrish ishlarini takomillashtirish, qonunsiz va asoslantirilmagan hukmlarni, ajrimlarni, qarorlarni kuchida qoldirmaslik, qonun buzulishlarini bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim. Shu bilan birga qonuniy va asoslantirilgan sud qarorlarini asossiz ravishda bekor qilmasliklari yoki oʻzgartirmasliklari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shikoyatlarda koʻrsatilgan vajlar sudning hukmini, ajrimini, qarorini qonuniyligiga va asoslantirilganligiga shubha tugʻdirsa yoki bunday shubhalarga boshqa holatlar sabab boʻlsa, Oʻz. R. JPKning 349-moddasi tartibida har bir holatda jinoyat ishni chaqirib nazorat tartibida tekshirib koʻrish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shikoyat boʻyicha protest keltirishga asos yoʻqligi toʻgʻrisida javob berganda, shikoyatdagi sud qarorlarini toʻgʻriligini inkor etgan barcha vajlarni rad etuvchi asoslarni koʻrsatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻz. R. JPKning 352-moddasini 3-qismi talabiga koʻra, nazorat tartibida ish koʻrilayotganda zarur hollarda sud majlisiga izohlar berish uchun mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari, voyaga yetmagan shaxslarning qonuniy vakillari, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqarolik daʼvogari, fuqarolik javobgari va ularning vakillari taklif etilishlari mumkin. Sud majlisiga taklif qilinuvchilarga protest yoki berilgan fikr bilan tanishib chiqish imkoniyati taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishlar boʻyicha maʼruzachi tayinlashda, Oʻz. R. JPKning 31, 32-moddalarida koʻzda tutilgan holatlarni yaʼni rayosat aʼzoligiga kirmagan sudʼyani ishni koʻrishda takror qatnashishi mumkin emasligini nazarga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nazorat bosqich sudi Oʻz. R. JPKning 355-moddasi talabiga koʻra, sud qarorlarining qonuniyligini va asoslantirilganligini barcha sudlanganlarga nisbatan (protest keltirilmagan sudlanganlarga tegishli qismini ham) toʻliq hajmda tekshirib koʻrishi lozim. Oʻz. R. JPKning 318, 323 va 354-moddalarida koʻzda tutilgan sud qarorlarini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga asos boʻluvchi holatlarga dastlabki tergov va sud tergovi davrida ahamiyat berilganligini yoki berilmaganligini tekshirib koʻrishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazorat bosqich sudi ish boʻyicha hukmni bekor qilishga asos boʻladigan jinoyat protsessual qonun talablarini jiddiy buzilganini aniqlasa, qaysi sudlanganga nisbatan protest keltirilganidan qatʼiy nazar, barcha sudlanganlarga nisbatan hukmni bekor qilishi lozim. Bu talabga Oʻz. R. JPKning 321-moddasini 2 qismida koʻrsatilgan qonun buzilishlaridan tashqari, shu moddani I qismida koʻrsatilgan jinoyat protsessual qonun talablarini buzilishlariga yaʼni sudlanuvchini va ishning boshqa ishtirokchilarining qonun bilan belgilangan huquqlaridan mahrum qilish yoki qisish yoʻli bilan ishning holatlarini toʻla, har tomonlama, xolisona tekshirib koʻrishga halaqit beradigan, ish boʻyicha qonuniy va asoslantirilgan hukm chiqarishga sabab boʻladigan asoslarga (ayb eʼlon qilmaslik, ayblanuvchiga ayblash fikrini topshirmaslik, qonun talabi boʻyicha ekspertiza oʻtkazish lozim boʻlgan hollarda ekspertiza oʻtkazmaslik, sudga berish haqida ajrim yoki qaror boʻlmaslik, sudlanuvchiga oxirgi soʻz bermaslik va x. k.) rioya qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻz. R. JPKning 348-moddasi talabiga koʻra, mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi asoslar boʻyicha sudning ayblov hukmini, ajrimini, qarorini, shuningdek oqlash hukmini yoxud sudning ishni yotqizish toʻgʻrisidagi ajrimini va qarorini, ular qonuniy kuchga kirgandan keyin bir yil vaqt oʻtgach nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlangan shaxsga nisbatan Amnistiya Farmonini qoʻllash masalasi boʻyicha (Oʻz. R. JPKning 5 m. 4-bandi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmni ijrosini kechiktirish masalasi yoki kechiktirishni bekor qilish haqidagi taqdimnomani rad qilish masalasi boʻyicha (Oʻz. R. JKning 441-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlangan shaxsni alohida xavfli shaxs deb topmaslik yoki bunday shaxs deb topishni yuqori sud tomonidan hukmdan chiqarish masalasi boʻyicha (Oʻz. R. JKning 231-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni oʻtash muddatini hisoblash masalasi boʻyicha (Oʻz. R. JKning 41-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlangan shaxsni kasalligi yoki nogironligi sababli jazoni oʻtashdan ozod etish masalasi boʻyicha (Oʻz. R. JPKning 3401-m.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan shartli ravishda ozod qilib, mahkumni mehnatga majburan jalb etish, jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish masalasi boʻyicha (Oʻz. R. JKning 50, 502-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlangan shaxsni jazoni oʻtash uchun ahloq tuzatish-mehnat joyiga yuborish yoki yengilroq tartib oʻrnatilgan joyga oʻtkazish masalasi boʻyicha (AT kodeksining 65-m.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli ravishda sudlangan shaxsni sinov muddatini qisqartirish masalasi boʻyicha (Oʻz. JKning 43-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ahloq tuzatish ishini oʻtash vaqtini mehnat stajiga qoʻshish masalasi boʻyicha (Oʻz. R. JPKning 3461-moddasi, AT kodeksining 104-m.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlikni olib tashlash masalasi boʻyicha (OʻZ. R. JKning 53-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yillik muxlatni hukm, ajrim, qaror chiqqan kundan boshlab to nazorat bosqich sudining qarori (ajrimi) chiqqan kungacha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudlarning qarorlari nazorat tartibida faqat protestga asosan koʻriladi. Nazorat bosqich sudi protestda koʻrsatilgan asoslar boʻyicha sudlanganni, oqlanganni yoki ishi yotqizilgan shaxsning ahvolini ogʻirlashtirish toʻgʻrisida ajrim (qaror) qabul qilishga haqlidir. Protest keltirilmagan sudlanganlarning ahvolini ogʻirlishtirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishni nazorat tartibida koʻrish vaqtida, sudlangan shaxsni jinoyatda qatnashganligi isbotlanmaganligi sababli bekor qilinib, ish yotqizilsa, jinoyatni sodir qilgan shaxs esa nomaʼlum boʻlib qolsa, jinoyat sodir etgan shaxsni qidirib topib, uni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun sud ishni Oʻz. R. JPKning 287-moddasi tartibida prokurorga yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nazorat bosqich sudi, sudlanganning jazosini yengillashtirishni lozim topsa, Oʻz. R. JPKning 355-moddasini 2 qismi tartibida nafaqat jazoni kamaytirishi mumkin, balki boshqa yengilroq jazoga ham oʻtishi mumkin. Bu holatda yengilroq jazoning muddati, boʻyicha tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini muddatidan oshiqroq ham boʻlishi mumkin. (Oʻz. R. JKning 41-moddasida koʻzda tutilgan qoidani nazarga olib).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganga nisbatan asosiy jazoni kamaytirganda, shuningdek yengilroq jazoga oʻtganda, hukmning qoʻshimcha jazo tayinlash qismini oʻzgarishsiz qoldirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Aybdorning sodir etgan ikki va undan ortiq jinoyatlarini jinoyat qonunini bir moddasi bilan baholash lozim boʻlganda, birinchi bosqich sudi aybdorning harakatlarini ikkita modda bilan baholab, biriga toʻgʻri huquqiy baho berib, ikkinchisiga esa ogʻirroq jinoyatni koʻzda tutgan moddani notoʻgʻri qoʻllaganda, nazorat bosqich sudi, ogʻir moddani aybida qoldirilgan yengil moddaga almashtirib, shu modda doirasida, birinchi bosqich sudi tomonidan hukm boʻyicha shu modda bilan tayinlangan jazo miqdoridan ogʻirroq jazo qoʻllashga haqli. Lekin bu jazoning miqdori boʻyicha tayinlangan qatʼiy jazo miqdoridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy harakatlarni bir moddadan uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni koʻzda tutuvchi bir necha moddalarga qayta baholashda, agar bular sudlanganning ahvolini ogʻirlashtirmasa va uning himoya huquqini buzmasa, sud Oʻz. R. JKning 40-modda tartibida jazo tayinlaydi. Bu jazo birinchi bosqich sudi tomonidan tayinlangan jazodan ogʻirroq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nazorat bosqich sudi, hukmni va keyingi sud qarorlarini oʻzgartirib, bir necha jinoyatlar uchun tayinlangan jazoni yengillatadigan boʻlsa, hukm boʻyicha qoplash yoʻli bilan tayinlangan jazoni oʻrniga qoʻshish yoʻli bilan qatʼiy jazo belgilashga haqli. Biroq bu jazo Oʻz. R. JKning 40-moddasi tartibida hukm va keyingi sud qarorlari bilan tayinlangan jazo miqdoridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar birinchi bosqich sudi bir necha hukm boʻyicha jazo tayinlaganda, qonundan tashkari bir jazoni boshqa jazo bilan qoplagan boʻlsa yoki oʻtamagan jazo muddatini qoʻshishni imkoniyati boʻlmasa, nazorat sudi oxirgi hukm boʻyicha jazoni yengillatadigan boʻlsa, oldingi hukm boʻyicha oʻtalmay qolgan jazo muddatini toʻliq yoki qisman qoʻshishga haqlidir. Oxirgi jazo muddati hukm va keyingi sud qarorlari bilan tayinlangan jazo muddatidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jinoiy ishni nazorat tartibida koʻrishda, protest bilan kelgan yoki sudning tashabbusi bilan chaqirib olingan hujjatlardan, agar ular ish holatlariga taalluqli boʻlib, bu holatlar sudda tekshirilgan boʻlsa va yangi ochilgan holatdan darak bermasa, foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hujjatlar, ishda mavjud boʻlgan dalillar yigʻindisi boʻyicha baholanib, shu bilan birga hukmni, ajrimni va qarorni bekor qilish hamda jinoiy ishni yangidan tergovga yoki sudga yuborishda asos qilib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishning holatlarini toʻliq va har tomonlama tekshirish uchun va ayblanuvchining himoya huquqini taʼminlash uchun hamda qoʻshimcha hujjatlar dastlabki tergov davrida tekshirilmaganini va ayblanuvchiga takdim qilinmaganini eʼtiborga olgan holda ishni yangidan koʻrish uchun yuborish masalasini hal qilshi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat sudi hukmni bekor qilib, ishni yotqizganda yoki hukmni oʻzgartirganda, ajrimda (qarorda) birinchi bosqich sudi tomonidan aniqlangan sudlanganni javobgarlikdan ozod qiluvchi yoki javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarga asoslanishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha hujjatlarga asoslanib hukmni va keyingi sud qarorlarini oʻzgartirish yoki bekor qilib ishni yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bundan mustasno holat shuki, qachonki birinchi bosqich sudi tomonidan shu hujjatlarning toʻgʻriligini tekshirish lozim boʻlmaganda (sudlanganni jinoiy javobgarlikka tortish uchun yoshi yetmaganini, muqaddam sudlanmaganliligini tasdiqlovchi hujjatlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nazorat sudi hukmni, ajrimni, qarorni bekor qilib, ishni yangidan tergovga yoki sudga yuborayotganda Oʻz. R. JPKning 355-moddasini 5 qismi talabiga koʻra, hukmda aniqlanmagan yoki rad etilgan holatlarni aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga haqli emas, shuningdek aybni isbotlangan yoki isbotlanmagan deb topish masalasini, u yoki bu dalilning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligi masalasini va bir xil dalillarni ikkinchi xil dalillardan afzalroq deb topish masalasini, birinchi bosqich sudni u yoki boshqa jinoyat qonunini qoʻllashi masalasini va jazo chorasi masalasini oldindan hal qilib qoʻyishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, nazorat tartibida ishni koʻrayotganda, sud kassatsiya ajrimni bekor qila turib, ishni ikkinchi marta koʻrganda kassatsiya bosqich sudi chiqaradigan hulosalarni oldindan hal qilib qoʻyishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sud qarorlarini faqatgina ishdan kelib chiqqan asoslarga koʻra nazorat tartibida koʻrishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud qarorining qonuniyligini va asoslantirilganini shubhaga soluvchi holatlar sudga maʼlum boʻlmagan boʻlsa hamda hukm, ajrim, qaror qonuniy kuchga kirgandan keyin aniqlangan holat boʻlsa, bunday sud qarorini nazorat tartibida koʻrish masalasi faqat yangi ochilgan holat boʻyicha hal etiladi. Agar shu holatlar koʻrsatilib, protest keltirilgan boʻlsa, nazorat sudi protestni qanoatlantirmasdan qoldirib, ishni barcha hujjatlar bilan birga yangi ochilgan holatlar boʻyicha jinoyat ishini qaytadan harakatga keltirish uchun prokurorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari zarurki, hukm chiqarish vaqtida ish boʻyicha sudlanganga xaddan tashqari ogʻir jazo tayinlanganligidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, jazoni yengillashtirish uchun yoki sudlanganni kelajakda jazodan ozod qilish uchun asos boʻladi. Hukm chiqqandan keyin, shuningdek mahkumni jazo oʻtash davridagi hulqi toʻgʻrisidagi holatlar boshqa asoslar boʻlgan taqdirdagina ishni nazorat tartibida koʻrish uchun asos boʻladi. Lekin bu holatlar oʻz-oʻzidan hukmni oʻzgartirish uchun asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nazorat bosqich sudi hukmning fuqarolik daʼvosi qismini notoʻgʻri deb topsa, hukmga tegishli oʻzgartirish kiritishi mumkin. Jumladan, birinchi bosqich sudi ish holatlarini toʻliq va toʻgʻri aniqlab, lekin moddiy huquqni qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻygan boʻlsa, ish boʻyicha qoʻshimcha dalillar toʻplash yoki tekshirish talab qilinmasa, undirish miqdorini koʻpaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqarolik daʼvosi boʻyicha undirish miqdorini oshirish masalasi jinoyat kvalifikatsiyasini oʻzgartiradigan boʻlsa yoki sudlanganning ayblov ahvolini ogʻirlashtiradigan boʻlsa, shu mazmunda keltirilgan protestga asosan sudning hukmini bekor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hukmni bekor qilib, jinoyat ishini yangidan koʻrish uchun sudga yuborganda va yangitdan hukm chiqarilganda, nazorat boskich sudi Oʻz. R. JPKning 353-moddasi talabiga koʻra birinchi yoki ikkinchi bosqich sudlarining faqatgina keyingi qarorlarini bekor qilishi yoki oʻzgartirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nazorat bosqich sudining ajrimi (qarori) hukukiy asoslantirilgan, tushunarli, ishonarli boʻlishi lozim, sud qarori boʻyicha aybni hajmi va tasdiqlangani, jinoyatning hukukiy baholanishi, tayinlangan jazoni qonuniy toʻgʻriligi haqidagi xulosa koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz. R. JPKning 327 va 353-moddalari talabiga koʻra, ajrimda (qarorda) hukmning rezolyutiv qismidan tashqari, protestning mazmuni, ishda qatnashuvchi prokurorning xulosasi va boshqa ishtirokchilarning izohlarini qisqa mazmuni, nazorat bosqich sudining protestni asoslantirilganligi haqidagi xulosasini tegishli moddiy va protsessual qonunlarga asoslanganligi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni bekor qilib, ishni yangidan tergovga yoki sudga yuborganda, qanday holatlarni aniqlanishini ajrimda (qarorda) aniq qilib koʻrsatish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nazorat bosqich sudi ish boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonunsizlik va xatolar yuzasidan xususiy ajrim (qaror) chiqarish yoʻli bilan chora koʻrishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi va harbiy sudlar shikoyatlarni va jinoiy ishlarni nazorat tartibida hal qilish amaliyotini chuqur tahlil qilishlari takroran tushgan shikoyatlarni bir necha martalab chaqirish sabablarini oʻrganishlari prezidium ishlarini yaxshilash choralarini koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining jinoiy ishlar boʻyicha sudlov kollegiyasi va Harbiy kollegiyasi hukmlarni, ajrimlarni va qarorlarni nazorat tartibida koʻrishni tartibga soluvchi qonunlarni toʻgʻri qoʻllanishini nazorat qilishni kuchaytirishlari ishlarni oʻrganish va umumlashtirish amaliyotini takomillashtirishlari, bu ishlarda quyi sudlarga amaliy yordam koʻrsatishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu qarorni qabul qilinishi munosabati SSSR Oliy sudining “Jinoiy ishlar boʻyicha hukmlar, ajrimlarni, qarorlarni nazorat tarzida koʻrishni tartibga soluvchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllash toʻgʻrisida” chiqargan 5-aprel 1985-yildagi 2-sonli qarori Oʻzbekiston Respublikasi hududida shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 25-aprel 1986-yildagi “Jinoiy ishlar boʻyicha hukmlarni, ajrimlarni, qarorlarni nazorat tarzida koʻrish tartibga soluvchi qonunlarni sudlar tomonidan qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi U. MINGBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining azosi A. IShMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5/6PL-92-son