Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.1996 19.06.1992 yildagi 5/2-ПЛ-92-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.1996
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Militsiya xodimlari va boshqa shaxslarning jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat tartibini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qoʻriqlash bilan bogʻliq vazifalarini bajarishda ularning hayoti, sogʻligʻi, qadr-qimmati va boshqa huquqiy manfaatlariga qilingan tajovuzlar uchun javobgarlik haqidagi qonunni sudlar tomonidan qoʻllanishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 44-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining bir nechta qarorlari oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Oliy Sudi Plenumi ushbu qonunni sudlar tomonidan qoʻllanish amaliyotini muhokama qilib qayd etadiki, sudlar shu turkumdagi ishlarni asosan toʻgʻri hal qilmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim sudlar koʻrsatib oʻtilgan turkum jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligini yetarlicha baholamaydilar. Oʻzbekiston Respublikasining “Militsiya xodimlarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish toʻgʻrisidagi” 1990-yil 31-oktabr qonuni asosida resbuplikamizning amaldagi maʼmuriy va jinoyat qonunlariga kiritilgan oʻzgarish va qoʻshimchalarni hisobga olmaydilar. Militsiya xodimlari va boshqa shaxslarning harakatlari mazmuni masalasi bir xil hal qilinmaydi. Ular harakatlariga jinoyatga qarshi kurash, jamoat tartibini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qoʻriqlash boʻyicha jinoyatchilikka qarshi kurash, xizmat vazifasini oʻtash paytida sodir etilgan, deb qarash zarur. Militsiya xodimiga koʻrsatilgan qarshilik har doim ham xizmat vazifasi bilan bogʻliq boʻlmasligi, jinoyatchilik va jamoat tartibini qoʻriqlashpaytida boʻlmasligi mumkin. Shuning uchun barcha ishlar yuzasidan ham aybdorlar harakatining sabablari aniqlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat Kodeksining 1921, 1931, 1941, 1946-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlik shu moddalarda koʻrsatilgan shaxslarning qonunga qarshi faoliyatlari uchun vujudga kelishini sudlar har doim ham hisobga olmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy hatti-harakatlar /qarshilik koʻrsatish, haqoratlash/ surishtiruv, dastlabki tergov va sud organlari tomonidan nojoʻya harakat deb baholanib, uning aybdorlari jinoiy javobgarlikka emas, balki maʼmuriy javobgarlikka tortilish hollari ham koʻplab uchrab turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim sudlar jabrlanuvchi va guvoh sifatida soʻroq qilinadigan militsiya xodimlari va boshqa shaxslarning koʻrsatmalarining dalillik ahamiyatiga avvaldan yetarlicha baho bermay xatoga yoʻl qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday ishlar boʻyicha jinoiy jazo chorasini qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻyadilar. Qator hollarda aybdorlarning javobgarligi toʻliq fosh etilmaslik hisobga olmaslik hollari jazo belgilashda qiyinchilik tugʻdirmoqda. Jinoyatlarning anchagina qismi alkogol yoki giyohvandlik taʼsiri bilan mast holda sodir etilgan boʻlsada sudlar bu holni aybini ogʻirlashtiradigan holat, deb hisoblamaydilar. Bu holni jazo tayinlashda ham hisobga olmaydilar. Qasddan jinoyat qilgan shaxslarga yengil jazo berish hollari birgina emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamma sudlar ham jinoyatni qilishga yoʻl ochgan barcha shart-sharoitlar va sabablarni fosh etish va uni tugatish choralarini koʻrmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu turkumdagi ishlarni kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish tajribasini qoʻllashga yetarlicha eʼtibor berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqiy tartib buzarlik ishlarini koʻrish tajribasida ham kamchiliklar mavjud. Sudda koʻrish uchun tayyorlangan materiallarni rasmiylashtirishga tegishli talab qilinmaydi, jinoyatni sodir etish holatlari yetarli darajada oʻrganilmaydi, javobgarlikka tortilgan shaxslarning tushuntirishlari yaxshilab tekshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtiborlarini shu narsaga qaratish zarurki, ular oʻz faoliyatlarida militsiya xodimlari va boshqa shaxslar jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat tartibini qoʻriqlash paytida ularning hayotlari, qadr-qimmatlari va boshqa huquqiy manfaatlariga qarshi qaratilgan tajovuz toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda shu xodimlarni huquqiy himoyasini har jihatdan kuchaytirish, grajdanlarda davlat qonunlariga soʻzsiz rioya qilish, masʼuliyat hissini tarbiyalash jamoat tartibini qoʻriqlashga chaqirish, jinoiy hodisalarning yuz berishi jamoat tartibini buzilishiga murosasiz boʻlish va nihoyat tartibni buzuvchilarga murosasiz boʻlish ruhini tarbiyalashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlar har bir ishni sinchiklab, har tomonlama va xolisona koʻrishni taʼminlashga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga eʼtibor berish zarurki, Oʻ. R. JKning 1921, 1931, 1941, 1942, 1943, 1944, va 1946-moddalari boʻyicha belgilangan jinoyatlar jinoyatchilikka qarshi kurashda, shu moddalardagi jinoiy harakatlarga qarshi kurashishda haqiqatda ham sodir boʻlganmi, yani jamoat tartibini qoʻriqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qoʻriqlashga qaratilgan jinoyatchilikka qarshi kurashda militsiya xodimlari yoki boshqa shaxslar har bir aniq holda qonunda belgilangan tartibda, oʻz vakolatlari doirasida rioya qilgan holda harakat qilganliklari aniqlanishi kerak. 1931, 1941, 1942, 1943, 1944-moddalari boʻyicha javobgarlik, agar shu moddalarda sanab koʻrsatilgan harakatlar tegishli shaxslarning harakatlaridan taʼsirlanib, ular jinoyatchilikka qarshi harakatlardan keyin sodir etilgan holda ham militsiya xodimlari himoya qilinishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar javobgarlikka tortilganning xulqi jinoyatchilikka qarshi yoki jamoat tartibini fuqarolarning huquq va erkinliklarini qoʻriqlash vazifasini amalga oshiruvchi shaxsning qonunga xilof harakatlaridan norozi boʻlib qilinsa, buning uchun yetarli asoslar boʻlsa, shaxsga qarshi qaratilgan jinoyat sifatida baholanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar aybdor aynan militsiya xodimi yoki jinoyatchilikka qarshi kurash yoki jamoat tartibini qoʻriqlash kabi xizmat vazifasini bajarib turgan grajdanlarning huquq va erkinliklarini qoʻriqlashga oid oʻz burchini ado etib turgan boshqa shaxsning hayoti, sogʻligʻi va qadr-qimmatiga tajovuz qilganligini boʻyniga olsagina Oʻ.R.JKning 1921, 1931, 1941, 1942-moddalarida nazarda tutilgan javobgarlik vujudga keladi. Bordiyu aybdor oʻzining harakatida faqat militsiya xodimiga nisbatan tajovuz qilganligini tan olsa, unda Oʻ.R.JKning 1943, 1944 va 1946-moddalarida belgilangan javobgarlik vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining yuqorida sanab oʻtilgan moddalaridagi javobgarlik militsiya xodimi qayerda xizmat qilayotganidan, yaʼni navbatchi edimi, oʻz tashabbusi yoki fuqarolarning iltimosiga koʻra jamoat tartibini qoʻriqlash uchun band edimi yoki jinoyatchilikni oldini olish uchun choralar koʻrayotganmidi, jinoyatni bostirayotganmidi qatʼiy nazar, vujudga kelaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻ. R. JKning 1921, 1931, 1942-moddalarida nazarda tutilgan javobgarlik esa harbiy xizmatchilarni himoya qilishga oid boʻlib, harbiy xizmatchilarni maxsus ravishda jamoat tartibini oʻrnatishga jalb qilinganda yoxud fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish uchun jinoyatchilikka qarshi kurashga safarbar etilganda vujudga kelishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu harbiy kishilar xizmat vazifalarini bajarib turganlarida ularning sogʻligʻi va hayotiga tajovuz qilishlar jinoyat kodeksining shaxsga qarshi yoxud harbiy jinoyatlar toʻgʻrisidagi moddalari bilan tartibga solinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Militsiya xodimlari yoki boshqa shaxslarning harakati ularning hayoti, sogʻligʻi va qadr-qimmatiga qarshi qilingan tajovuzlar yoki davlat, jamoat shaxs manfaati va grajdanlarning huquqlarini poymol qilishga qarshi qaratilganligini ifodalasa, agar ular Ustav va normativ aktlarning talabi darajasida kuch sarflab, maxsus vositalar yoki qurolni qoʻllagan boʻlsalar, ularning harakatlari huquqqa mos hisoblanib javobgarlik keltirib chiqarmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlarga shularni tushuntirish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) militsiya xodimlari jumlasiga Ichki Ishlar Vazirligining intizomiy Ustavi qoʻllaniladigan va vazifasiga jinoyatchilikka qarshi kurash jamoat tartibi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qoʻriqlashlar kiradigan oddiy, kichik, oʻrta va Oliy boshliqlardan iborat militsiya tarkibi kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻ. R. JKning 1921, 1931, 1941 va 1942-moddalarida koʻrsatilgan boshqa shaxslarga esa davlat hokimiyati organlarida vaqtincha yoki doimiy xizmatda boʻlib, jinoyatchilikka qarshi kurash vazifasini amalga oshiruvchi, jamoat tartibini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qoʻriqlovchi hokimiyat vakillari kiradi. Shuningdek, maxsus vazifani bajarishga jalb qilingan shaxslar yoki ijtimoiy burchiga koʻra jamoat tartibini himoya qiluvchi, jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qoʻriqlovchi, xuddi shuningdek xalq drujinalarining, ishchi va tezkor otryadlarning aʼzolari boshlangʻich tayyorlov kursantlari va tinglovchilari, IIV tarkibidagi oʻrta va oliy oʻquv yurtlarining tinglovchilari, ichki ishlar organlari boshqa boʻlinmalarining xodimlari qurolli kuchlar va milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari, prokuratura va milliy xavfsizlik xizmati boʻlinmalarining xodimlari, surishtiruv olib boruvchi shaxslar va boshqalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) militsiya xodimlari va boshqa shaxslar tomonidan jamoat tartibini qoʻriqlash boʻyicha vazifasini ijro etish deganda ular koʻcha va jamoat joylarida, sport musobaqalarida, tomoshalar va boshqa ommaviy tadbirlarda soqchilik yoki patrullik xizmatini oʻtash, turli xil halokatlar va tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatishda, huquqqa qarshi tajovuzlarni oldini olish yoki tugatishda ishtirok etishlarni tushunmoq zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jinoyatchilikka qarshi kurash vazifasini bajarish deganda jinoyatlarni oldini olish va uni sodir qilgan shaxslarni ushlashga qaratilgan harakatlarni amalga oshirish, tezkor-qidiruvga xos va tergov harakatlari kabi dastlabki tergov davomidagi harakatlari /qamash, tintuv, tanib olish/ va boshqalar ham kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) fuqarolarning huquq va erkinliklarini qoʻriqlash boʻyicha boshqa burchlarni bajarish deganda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan kafolatlangan fuqarolarning shaxsiy daxlsizligi, boshqa huquqlari va erkinliklariga qarshi qaratilgan tajovuzlarni oldini olishdan iborat har qanday harakatlarni tushunmoq zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlarga yana shularni tushuntirmoq kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 187 moddasida nazarda tutilganidek militsiya xodimi yoki xalq drujinachisining qonuniy farmoyishi yoki talabiga takror aytganda ham qasddan boʻysunmaslik, jamoat tartibini qoʻriqlovchi organlarga yaqqol hurmatsizlik koʻrsatilganini tasdiqlovchi holatni tushunmoq lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) haqoratlash deganda Oʻ. R. Maʼmuriy huquqbuzarlik kodeksini 1871 va JK 1931 moddalarida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etishlari tushunilib, jabrlanuvchini ogʻzaki yoki yozma ravishda uning shaxsini kamsitadigan, maʼnaviy qadri-qimmatiga putr etadigan harakatlar qilish hamda u ishlab turgan davlat hokimiyati organining obroʻyini hammaning koʻz oʻngida tushirishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday harakatlar uchun javobgarlik ommaviy va ommaviy boʻlmagan holda haqoratlash natijasida vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻ. R. J.K 1931-moddasida sanab oʻtilgan shaxsning shon-sharafi va qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan harakatlarga harakat bilan haqoratlash, ommaviy ravishda tuhmatli fikr bildirishlar ham va h. z.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) militsiya xodimlariga ommaviy ravishda boʻysunmaslik maqsadida igʻvo tarqatish, xizmat vazifasi yuzasidan yolgʻon maʼlumotlar tarqatish yoʻli bilan militsiya xodimlarining har qanday turdagi qonuniy farmoyishlari yoki talablarini ommaviy ravishda bajarmaslikka chaqirishlarni Oʻ. R. Maʼmuriy huquqbuzarlik Kodeksining 187 m. II qismida nazarda tutilgan harakatni militsiya xodimining xizmat vazifasini bajarishiga qarshi harakat, deb tushunmoq zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻ. R. JKning 1921-moddasida nazarda tutilgan militsiya xodimiga qarshilik koʻrsatish boʻysunmaslikdan farq qilib, unda militsiya xodimlari va jinoyatchilikka qarshi kurash, jamoat tartibini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini qoʻriqlash vazifasi yuklatilgan boshqa shaxslarga faol qarshilik koʻrsatishlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻ. R. JKning 1921-moddasida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlik bevosita militsiya xodimi yoki boshqa shaxslar tomonidan qilingan qonuniy talabiga faol qarshilik koʻrsatgandagina emas, balki tartibbuzarlarni ushlash va qoʻriqlab boruvchilarga qarshilik koʻrsatib huquqqa xilof harakat qilganlarida ham vujudga keladi. Bunda koʻrsatilgan shaxslar yordamchisi emas jinoyatning ishtirokchisi sifatida javobgar qilinishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JKning yuqorida eslatib oʻtilgan moddasining 2-qismida koʻrsatilishicha, militsiya xodimlari va boshqa shaxslar jamoat tartibini qoʻriqlayotgan va jinoyatchilikka qarshi kurashayotgan paytlarida kuch ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan qarshilik koʻrsatishlar qasddan kaltaklash, urushlar, tan jarohati yetkazish va boshqa harakatlarni sodir etishni oʻzida ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan harakatlar qoʻshilib ketmagan qarshiliklar, yani shu shaxslar tomonidan qonuniy kuch ishlatishga toʻsqinlik koʻrsatishda ifodalansa/ masalan, ushlashda qoʻldan chiqib ketishga harakat qilsa/ uning harakatini Oʻ. R. JKning 1921-m. I qismi bilan baholab jazo bermoq zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Militsiya xodimiga va boshqa shaxslarga nisbatan kuch ishlatish bilan qoʻrqitishda aybdorning harakati yoki fikrining bayoni uning maqsadini real ifodasi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻrqitishning mohiyati jabrlanuvchini jismoniy kuch ishlatish bilan choʻchitishdan iborat boʻlishi mumkin. Aybdor kuch ishlatishga niyat qilmagan taqdirda ham obyektiv asoslarga koʻra, jabrlanuvchini xavf ostida qolishi uchun yetarli asoslar boʻlishi kerak. Ishning konkret ahvoliga qarab realligi toʻgʻrisida mulohaza yuritish mumkin. Qoʻrqitish oʻz mazmuniga koʻra kaltaklash, urish yengil tan jarohati yetkazish, shuningdek oʻldirishga qaratilgan boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻldirish bilan qoʻrqitish orqali qilingan qarshilikni Oʻ. R. JKning 1941-moddasida nazarda tutilgan javobgarlik belgilangan oʻldirishga qasd qilishdan farqlash zarur. Bu ikki jinoyat tarkibining farqi shundaki, qarshilik koʻrsatilganda aybdorning qasdi qoʻrqitishni amalga oshirish bilan choʻchitadi, oʻldirishga qasd qilinganda esa aybdorning toʻgʻri qasdi shu shaxslarni hayotdan mahrum qilishga toʻgʻridan toʻgʻriqaratilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuch ishlatish orqali qarshilik koʻrsatish bilan qoʻrqitib, uni amalga oshirmasdanoq, yaʼni eʼlon qilingan ondayoq tugallangan hisoblanadi. Chunki qoʻrqitishni amalga oshirish endi bu jismoniy kuch ishlatish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburlash deganda kuch ishlatish bilan militsiya xodimi va boshqa shaxslarni aybdorni manfaati yoʻlida ochiqdan-ochiq gʻayri qonuniy harakat yoki harakatsizlikni jismoniy kuch ishlatib qilishga majburlashni tushunmoq zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Militsiya xodimlari va boshqa shaxslarni shaxsiyatiga jismoniy yoki ruhiy taʼsir oʻtkazib, ularni gʻayri qonuniy harakatlarni bajarishga majburlash maqsadida vujudga kelgan sharoitda oʻz vazifalariga kiradigan ishlarni qildirmasliklari shu ondanoq tugallangan jinoyat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Militsiya xodimlari va boshqa shaxslarga yengil tan jarohati yetkazish Oʻ.R.JK. 1921 m. II qismini ham oʻz ichiga oladi-yu, lekin qoʻshimcha bahoni talab etmaydi. Oʻshaning oʻzi ogʻir boʻlmagan yoki ogʻir tan jarohati yetkazsa, jinoyatlar yigʻindisi boʻyicha baholanib Oʻ.R.JKning 1921 m. II q. va 1942 m. II q. bilan jazo berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻ. R. JK 1941-moddasida nazarda tutilgan militsiya xodimiga, surishtiruv olib borayotgan shaxsga, tergovchi va shularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga oʻz xizmat vazifalarini yoki ijtimoiy burchlarini bajarayotgan va jinoyatchilikka qarshi kurashayotganlarning hayotiga qilingan tajovuz ularni oʻldirish maqsadida qilingan suiqasd deb tushunmoq zarur. Bunday hollarda oʻldirish uchun qilingan suiqasd Oʻ.R.JKning 1944-moddasi bilan baholanib, tugallangan jinoyatga tenglashtirilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻlim bilan qoʻrqitish, ehtiyotsizlik bilan oʻlim zararini yetkazish, shunga tan jarohatini yetkazish, u shaxsda jabrlanuvchini hayotdan mahrum qilishdan iborat toʻgʻri qasdi boʻlmasa, militsiya xodimi hayotiga tajovuz sifatida baholanmasdan, ish ahvolini hisobga olib, 1942, 1943-moddalari bilan yoki shu jinoyatlarning yigʻindisi boʻyicha shaxsga qarshi qaratilgan jinoyat sifatida jazo belgilash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Militsiya xodimiga nisbatan toʻgʻri yoki egri qasd yoʻli bilan tugallangan odam oʻldirish jinoyati agar u xizmat vazifasini yoki ijtimoiy burchini bajarib turganda sodir etilgan boʻlsa, Oʻ.R.JKning 1944-moddasi bilan jazolanadi. Xizmat vazifasini bajarish yoki jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha ijtimoiy burchini ado etib turgan boshqa shaxslarni qasddan oʻldirish harakati esa Oʻ.R.JK. 80 m. 3 bandi bilan baholanib jazo berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Militsiya xodimi yoki boshqa shaxslarning hayotiga qilingan tajovuz, shuningdek, militsiya xodimini qasddan oʻldirish vaqt jihatdan jabrlanuvchi xizmat vazifasini bajarib turgan paytga toʻgʻri kelmasligi mumkin, shuning uchun sudlar har bir holda xatti-harakatning sababini, jabrlanuvchi xizmat vazifasini bajarib turishi bilan unga nisbatan qilingan jinoyat oʻrtasida bogʻliqlik bormi shuni sinchiklab tekshirib koʻrishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Militsiya xodimi xizmat vazifasini yoki ijtimoiy burchini ado etib turganda uning adresiga aytilgan turli xil gaplar, oʻlim bilan qoʻrqitish, tan jarohati yetkazish, mulkini yoʻq qilib tashlash yoxud boshqa huquqqa xilof harakatlarni Oʻ.R.JKning 1943-moddasi bilan baholab jazo belgilash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tajribada militsiya xodimlari faoliyatiga asossiz aralashuv hollari ham uchrab turadi. Militsiya xodimlarining faoliyatlariga qonunsiz aralashuv Oʻ.R.JK. 1945-moddasiga koʻra surishtiruv, dastlabki tergov olib borayotgan shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin. Bunda koʻrsatib oʻtilgan shaxslarning har qanday shaklda oʻz vazifalarini oʻz vaqtida, toʻla va obyektiv bajarishlariga toʻsqinlik qilishlari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻ. R. JKning 1946 m. bilan mulkni qasddan buzish yoki yoʻq qilib tashlash deb baholaganda shu mulk militsiya xodimiga tegishli boʻlsa va aybdor jinoyatchilikka qarshi kurash va jamoat tartibini qoʻriqlash vazifasini toʻla amalga oshira olmasligi uchun toʻsqinchilik koʻrsatishga intilgan boʻlishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoat tartibini qoʻriqlash va jinoyatchilikka qarshi kurash vazifasini bajaruvchi boshqa shaxslarga tegishli mulklarni qasddan buzish yoki yoʻq qilib tashlash harakatini Oʻ. R. JKning 133 m. bilan baholash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamoat tartibini qoʻriqlovchi shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlarni baholashda sudlar quyidagilarni eʼtiborga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) militsiya xodimi va boshqa shaxslarga nisbatan oʻzaro shaxsiy munosabatlar yoki nizolar zaminida sodir etilgan jinoyatlarni, shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar sifatida koʻrib, jinoyat kodeksining tegishli moddalari boʻyicha baholamoq zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar aybdor tomonidan qator uzluksiz va oʻzaro bogʻliq harakatlar sodir etilib, ularning har biri m: haqorat va qarshilik koʻrsatish, hayotiga qarshi qarshilik koʻrsatish bilan tajovuz qilish mustaqil jinoyat tarkibini tashkil etsa, barcha qilmish harakatlarni qonunda nihoyatda ogʻir jinoyatlar uchun belgilangan javobgarlik moddasi bilan baholamoq lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday harakatlar garchi har xil vaqtda sodir etilgan, bittagina militsiya xodimi yoki boshqa shaxsga nisbatan boʻlsa ham jinoyatlar yigʻindisi boʻyicha baholanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻ. R. JK. 10 m. 14-16 yoshdagi voyaga etmaganlar uchun jinoiy jazoni maʼlum turdagi jinoyatlarga cheklanganligi munosabati bilan /Oʻ. R. JK 1921, 1932, 1941, 1942, 1944, 1946-moddalarida koʻrsatilgan jinoyatlar bundan mustasno/ voyaga etmaganlarning harakatlarida sanab oʻtilgan moddalardagi belgilar mavjud boʻlsa JKning 10 m. II qismida koʻrsatib oʻtilgan belgilarga tenglashtirilib shaxsga qarshi qaratilgan jinoyat /Oʻ. R. JK 80 m. 3 B, 88 m. 2 q. 91 m. P q. va 133 m. bilan/ sifatida baholanishi zarur. JKning ushbu moddalari qamrab olmaydigan harakatlar 14 dan 16 yoshdagi shaxslar tomonidan sodir etilsa jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar militsiya xodimiga koʻrsatilgan, qarshilik va huquqiy muhofaza qilish vazifasini bajaruvchi shaxslarga qarshi bezorilik harakatlari va shu jumladan zoʻrlik yoki qoʻrqitishlar qoʻllash bilan qoʻshilib ketgan boʻlsa, bunday harakatlar Oʻ. R. JK. 204 m. II qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi va boshqa moddalar bilan qoʻshimcha baho berish talab etilmaydi. Agar bezorilik bilan qoʻshilib ketgan harakatlar oqibatida tan jarohati yetkazilsa yoki boshqa ogʻirroq ahvol sodir boʻlsa, bunday hollarda aybdorning harakati sodir etilgan jinoyatlar yigʻindisi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybdor bezorilik harakatlari toʻxtatilgandan keyin ham qarshilik koʻrsatsa, masalan, ushlash jarayonida yoki ichki ishlar organiga olib kelishgandan keyin ham davom ettirsa, bunday holda uning harakati bezorilik bilan birga jinoyatlar yigʻindisi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mayda bezorilik sodir etilganda koʻrsatilgan qarshilik Oʻ. R. JK. 204 m. II q. bilan baholanmaydi, chunki bunda gap jinoiy jazo qoʻllanadigan qarshilik ustida bormoqda, mayda bezorilik uchun esa maʼmuriy jazo beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Militsiya xodimini haqoratlashda yoki ommaviy tartibsizliklar vaqtida qarshilik koʻrsatishlar Oʻ. R. J.K. 69 m. da nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Bu harakatlar uchun 1931, 1921-moddalar bilan qoʻshimcha kvalifikatsiyalash talab etilmaydi. Ommaviy tartibsizliklar davrida militsiya xodimining qasddan oʻldirish uchun hayotiga qilingan tajovuz, sodir etilgan jinoyatlar yigʻindisi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudlar militsiya xodimlari va boshqa shaxslar jamoat tartibini qoʻriqlash va jinoyatchilikka qarshi kurash vazifalarini bajarib turganlarida ularning hayoti, sogʻligʻi va qadr-qimmatiga qarshi qilingan tajovuzlar uchun jazo tayinlashda qonun talabiga koʻra har bir hol uchun alohida yondashishlari zarur. Unda jinoyatning tashkilotchilariga, guruh ishtirokchilarining faollariga, retsidivistlarga, shuningdek qurol ishlatib jinoyat sodir etganlarga, milliy adovati yoki ixtilofchilarga ijtimoiy falokatlar sharoitida jazoni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tayinlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudlarning diqqatini shunga qaratish kerakki, ular jamoat tartibini qoʻriqlash vazifasini bajarayotgan militsiya xodimlari va boshqa shaxslarning qonuniy farmoyishlari yoki talablariga qasddan boʻysunmaslik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi materiallarni koʻrishda sifatini oshirishga alohida eʼtibor bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq sudyasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi materialni koʻrish uchun qabul qilib olgach quyidagi holatlarni aniqlashga majbur: sodir boʻlgan voqeaning haqiqiy holati, sudga taqdim etilgan materiallarda maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxslarning tushuntirish xatlari bormi, jabrlanuvchi, guvohlarning koʻrsatmasi yetarlimi? kerak boʻlsa qoʻshimcha materiallar yetarlimi?
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybdor qaysi farmoyish yoki talabni bajarmagan, ushbu farmoyish yoki talab boʻyicha oʻz xulosalarini berish bilan birga qarorni tegishli dalillar bilan asoslab berishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shu narsani eʼtiborga olish zarurki, jamoat tartibini qoʻriqlash bilan bogʻliq boʻlmagan /masalan, ichki ishlar organlariga chaqiruv boʻyicha kelishdan bosh tortish va boshqalar/, farmoyish yoki talabga boʻysunmaslik Oʻ. R. Maʼmuriy huquqbuzarlik kodeksining 187-moddasidagi javobgarlikni keltirib chiqarmaydi albatta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mayda bezorilik bilan militsiya xodimi va boshqa shaxslarning qonuniy farmoyish yoki talablariga boʻysunmaslik harakatini bir vaqtning oʻzida sodir etgan boʻlsalar-u, bu harakatlar jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmasa, aybdorlar qoidaga koʻra har ikkala huquqbuzarlik uchun Oʻ. R. Maʼmuriy huquqbuzarlik kodeksi 36-moddasida belgilangan maʼmuriy jazoni oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlar mansabdor shaxslar va jamoat tashkilotlari tomonidan tarbiyaviy va ogohlantiruvchi xarakterdagi choralar qoʻllanmay kelishi va oqibatda boshqarish tartibiga qarshi jinoyat sodir etgan shaxslarning har birining harakatlariga katta eʼtibor berishlari zarur. Shu bilan birga militsiya xodimlari va jamoat tartibini qoʻriqlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurash vazifasini bajaruvchi boshqa shaxslarning notoʻgʻri harakatlari, ular tomonidan qonunlarni buzilishi hollari, shuningdek, huquqbuzarlikni oldini olishda harakatsizlik yoki loqaydlikka yoʻl qoʻyish hollarini eʼtiborsiz qoldirish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi militsiya xodimlari va boshqa shaxslar hayoti, sogʻligʻi va qadr-qimmatiga tajovuz qilganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni toʻgʻri qoʻllashda sud faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu turkumdagi ishlarni koʻrish boʻyicha sud tajribasi vaqti-vaqti bilan tahlil qilinsin. Shuningdek, shu xildagi jinoyatlarni yuz berishiga yoʻl qoʻyuvchi sabab va shart-sharoitlar umumlashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi U. MINGBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining aʼzosi A. IShMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 19-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5/2-PL-92-son