Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAʼLUMOTLAR UZATISH MILLIY TARMOGʻINI TASHKIL ETISH VA JAHON AXBOROT TARMOQLARIDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
“Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida radiochastota spektrini muhofaza qilish, axborotni tezkorlik bilan ayirboshlash, jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni kengaytirish va tartibga solish, axborot xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasining maʼlumotlarni uzatish respublika tarmogʻi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xoʻjalik hisobidagi “UzNet” axborot-kompyuter xizmatining idoralararo axborot-kompyuter tarmogʻi bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼlumotlar uzatish yagona milliy tarmogʻi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻidan, shu jumladan, Internetdan foydalanish va uni rivojlantirish milliy operatori (provayder) funksiyalari “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasiga yuklanadi;
“UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi uning tarkibiga yuridik shaxs huquqi bilan xoʻjalik hisobidagi “UzNet” axborot-kompyuter xizmatini shoʻba korxonasi sifatida kiritgan holda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimidagi davlat korxonasi kabi saqlab qolinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
“UzNet” shoʻba korxonasida tashqi iqtisodiy faoliyatning idoralararo axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish uchun berilgan Butunjahon banki krediti va BMTning Rivojlanish dasturi grantidan foydalanish boʻyicha huquqiy vorislik saqlanib qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi — milliy operator (provayder)ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va jamoat organlari, fuqarolar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning axborotlarga boʻlgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻining faoliyat koʻrsatishini va uni rivojlantirishni taʼminlash;
axborot resurslarini muhofaza qilishni taʼminlash, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishga davʼat qiluvchi axborotlar tarqatilishiga, urush, zulm va pornografiyani targʻib qilishga, diniy va milliy nizolarni qoʻzgʻashga, insonning shaʼni va qadr-qimmatini poymol qilishga hamda amaldagi qonun hujjatlari bilan tarqatilishi taqiqlangan boshqa axborotlarning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Keyingi tahrirga qarang.
texnika vositalarini joriy etish, respublikaning yagona axborot makoni kommunikatsiya asoslarini takomillashtirish va uning jahon axboroti hamjamiyatiga kirishi imkoniyatlarini kengaytirish;
respublika maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi operatorlari (provayderlari)ga xizmat koʻrsatish va ularni jahon axborot tarmoqlariga, shu jumladan, Internetga ulash.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
“UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻining texnika vositalari orqali respublika va xalqaro kompyuter tarmoqlari hamda ulardan foydalanuvchilardan, shu jumladan, Internetdan markazlashtirilgan holda axborot olishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi maʼlumotlar uzatish tarmoqlarining barcha operatorlari (provayderlari) Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori bilan belgilangan tartibda Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining qaroriga koʻra Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida xalqaro tarmoqlarga faqat Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻi orqali kirish huquqiga egadirlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat oʻz ishlab chiqarish-texnologiya ehtiyojlari uchun, diplomatik va xalqaro vakolatxonalar, shuningdek ixtisoslashtirilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bank tizimlari, aeronavigatsiya va havo harakatini boshqarish tizimlari va shu kabilar) uchun xalqaro va shaharlararo maʼlumotlar uzatish kanallari, shu jumladan, yoʻldosh tizimlari orqali kanallar tashkil etilishi va ulardan foydalanilishiga yoʻl qoʻyiladi;
idoraviy tarmoqlarni tashkil etish va ulardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining texnik shartlariga koʻra amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
maʼlumotlar uzatish tarmoqlaridan foydalanish va ularni ishlatish qoidalariga rioya qilinmagan hollarda qoida buzuvchi (operatorlar (provayderlar) va foydalanuvchilar) elektr aloqasini loyihalash, qurish va undan foydalanish faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning maʼlumotlarga ishlov berish va uzatish, shu jumladan, Internet tarmogʻi orqali uzatishga oid qismidan mahrum etiladilar va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi toʻgʻrisidagi Nizomni, mazkur qaror bilan unga yuklanayotgan yangi funksiyalarni hisobga olgan holda, bir oy muddatda tasdiqlasin.
6. Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotlarni Internet tarmogʻiga tarqatishni muvofiqlashtirish funksiyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga, Davlat matbuot qoʻmitasiga, Tashqi ishlar vazirligiga hamda “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan Internetda tarqatish tartibini;
Provayderlar va abonentlar tomonidan Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻidan axborot olish va undan foydalanish qoidalarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasiga idoraviy tarmoqlar, shu jumladan, yoʻldosh aloqasi tarmoqlarining maʼlumotlar uzatish kanallarini foydalanish uchun shartnoma asosida bersinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi (Abdullayev), Fan va texnika davlat qoʻmitasi (Habibullayev), Davlat matbuot qoʻmitasi (Shogʻulomov), Oʻzbekiston kosmik tadqiqotlar davlat agentligi (Moʻminov):
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturini mablagʻlar bilan taʼminlash bosqichlari va manbalari boʻyicha zarur investitsiyalar miqdorlarini belgilagan holda bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar, bunda Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini kengaytirish va modernizatsiya qilish Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida — 1999 — 2001-yillarda, tuman markazlarida — 2000 — 2003-yillarda amalga oshirilishini nazarda tutsinlar;
Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini;
Yoʻldosh aloqa tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasiga taqdim etsinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasini 2000-yil va keyingi yillar investitsiya dasturlariga kiritsinlar va markazlashtirilgan manbalardan mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi boj toʻlovlari toʻlashdan besh yil muddatga ozod qilinsin, Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻini kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun keltirilgan apparat va dastur vositalari va asbob-uskunalari bojxonada rasmiylashtirilganligi uchun yigʻimlar bundan mustasno.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqib kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari L.A. Axmetov va H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 5-fevral,
52-son
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari:
Vazirlar Mahkamasining “Idoralararo axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 10-apreldagi 150-son qarorining 2, 4 va 6-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Xoʻjalik hisobidagi “UzNet” axborot xizmati toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 14-maydagi 206-son qarori.
II. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga 1a, 4, 4a-ilovalardagi “Axborot uzatish tarmogʻi aksiyadorlik jamiyati va OʻzPAK” soʻzlari “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin, shuningdek, mazkur qarorga 6-ilovaning 2-boʻlimidan 4-band chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997y., 8-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi toʻgʻrisida Nizom”ning 7-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlar va texnik normalarga muvofiq kelmagan, fuqarolar xavfsizligini, atrof-muhit muhofazasini taʼminlamagan hollarda, shuningdek, alohida hollarda ulardan foydalanishni belgilangan tartibda taqiqlash;
harbiy harakatlar, yer qimirlashlar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar boʻlgan hollarda va boshqa favqulodda holatlarda foydalanuvchilarning radioelektron vositalardan foydalanishga cheklashlar kiritish, shuningdek, ushbu vositalardan davlat xavfsizligini taʼminlash va tabiiy ofatlarni yoki ularning oqibatlarini bartaraf etishda foydalanish”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomning:
1-bandidagi “Xalqaro elektr aloqasi uyushmasida” soʻzlari “xalqaro tashkilotlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2 va 11-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasi radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini taʼminlovchi radiochastotalarni davlat tomonidan boshqarish organi hisoblanadi, radiochastota spektridan foydalanish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi”;
“11. Quyidagilar Radiochastotalar boʻyicha Davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
radiochastotalar spektrini taqsimlash va ulardan foydalanish va uni istiqbolda rejalashtirish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvalini va radio aloqa milliy reglamentini shakllantirish;
radiochastotalarni rejalashtirish, ularni belgilash va ulardan foydalanish masalalarida xalqaro tashkilotlarda vakillik qilish va Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro huquqiy himoya qilish;
radiochastotalar spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
radiochastotalar spektri toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
radiochastotalar spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish”;
12-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“radiochastotalar organlari oʻrtasida radiochastotalar polosalarini taqsimlaydi;
radiochastotalar spektridan foydalanish sohasida radiochastotalar organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi”;
13-bandining sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda radiochastotalar spektridan vaqt va (yoki) hudud boʻyicha foydalanish huquqini toʻxtatib qoʻyish yoki cheklash”.
4. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (oʻrnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-bandining “b” kichik bandi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlaridan soʻng “Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.