Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 156-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qaroriga muvofiq, shuningdek korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning maqsadi, mohiyati va mazmunini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirish tadbirlari tashkil etilishini va oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 30-aprel,
107-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-apreldagi 107-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 156-moddasiga muvofiq korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibini belgilaydi hamda yuridik shaxslarga, shu jumladan ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan korxonalarga nisbatan qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
shaharni tashkil etuvchi korxona va unga tenglashtirilgan korxona — xodimlari, ularning oila aʼzolarini ham qoʻshib hisoblaganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini tashkil etuvchi yoki xodimlarining soni kamida uch ming kishi boʻlgan yoxud davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlovchi yoki tabiiy monopoliyalar subyekti boʻlgan yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) bilan band boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs).
Keyingi tahrirga qarang.
II. Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish mezonlari
3. Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga quyidagi mezonlardan bittasiga javob beradigan yuridik shaxslar kiritiladi:
korxonaning xodimlari soni, ularning oila aʼzolarini ham qoʻshib hisoblaganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini tashkil qiladi;
korxona xodimlarining soni kamida uch ming kishini tashkil qiladi;
korxona davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini saqlashni taʼminlaydi;
korxona tabiiy monopoliya subyekti hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
III. Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritilgan korxonalarni Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar reyestriga kiritish tartibi
4. Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar reyestriga (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Reyestrni yuritish Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritilgan korxonalarni Reyestrga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Davlat raqobat qoʻmitasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) hokimliklari tomonidan — korxona xodimlarining soni, ularning oila aʼzolarini ham qoʻshib hisoblaganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini tashkil etishini tasdiqlaydigan maʼlumot;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan — davlat statistika hisobotlari maʼlumotlariga koʻra ishlovchilarning oʻrtacha yillik soni kamida uch ming kishini tashkil qiladigan tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hamda tegishli aholi punktlaridagi aholi soni toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan — korxonaning davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini saqlashni taʼminlashini tasdiqlaydigan maʼlumot (ushbu maʼlumot xoʻjalik sudlari va boshqa davlat organlari soʻrovi boʻyicha taqdim etiladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan — korxonaning tabiiy monopoliya subyekti ekanligini tasdiqlaydigan maʼlumot taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan maʼlumot (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumot bundan mustasno) Davlat raqobat qoʻmitasiga har yili 1-fevraldan kechikmay, shuningdek ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan mezonlardan bittasiga javob beradigan yangi korxonalar tashkil qilingan taqdirda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Taqdim etilgan maʼlumotni koʻrib chiqish va korxonalarni Reyestrga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilish hamda ularni Reyestrdan chiqarish uchun Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tegishli Komissiya tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Komissiya tarkibi va uning ish reglamenti Davlat raqobat qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Komissiya ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq Davlat raqobat qoʻmitasiga taqdim etilgan maʼlumotni va unga ilova qilingan materiallarni bir oy muddatda koʻrib chiqadi, koʻrib chiqish natijalari boʻyicha korxonani Reyestrga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Davlat raqobat qoʻmitasi Reyestrga kiritilgan shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar monitoringini doimiy ravishda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Korxonalar monitoringi natijalariga koʻra ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan mezonlardan birortasiga ham javob bermaydigan korxona aniqlangan taqdirda Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan Komissiya bilan birgalikda uni Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Reyestrdan koʻchirma Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan xoʻjalik sudlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar soʻroviga binoan, soʻrov olingan kundan boshlab bir hafta muddatda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalarning bankrotlik tartibotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Yakunlovchi qoidalar
15. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish boʻyicha qabul qilingan qarorlar munosabati bilan paydo boʻladigan bahslar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalarni Shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar reyestriga kiritish
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 17-son, 210-modda, 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)