Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Shimoliy Atlantika shartnomasi Tashkiloti (NATO)ga aʼzo mamlakatlar va “Tinchlik yoʻlida sheriklik” dasturiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida ularning qurolli kuchlari maqomi toʻgʻrisidagi shartnomani hamda Shimoliy Atlantika shartnomasi Tashkiloti (NATO)ga aʼzo mamlakatlar va “Tinchlik yoʻlida sheriklik” dasturiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida ularning qurolli kuchlari maqomi toʻgʻrisidagi shartnomaga Qoʻshimcha bayonini ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Shimoliy Atlantika shartnomasi Tashkiloti (NATO)ga aʼzo mamlakatlar va “Tinchlik yoʻlida sheriklik” dasturiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida ularning qurolli kuchlari maqomi toʻgʻrisidagi shartnoma hamda Shimoliy Atlantika shartnomasi Tashkiloti (NATO)ga aʼzo mamlakatlar va “Tinchlik yoʻlida sheriklik” dasturiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida ularning qurolli kuchlari maqomi toʻgʻrisidagi shartnomaga Qoʻshimcha bayon ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-avgust,
293-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 156-modda)