28.04.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1898-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 28.04.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1898-2
Кучга кириш санаси
04.05.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 28-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1898-2]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2270-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 31-dekabrdagi 46 va 121-son qarori (roʻyxat raqami 1898, 2009-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 24-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“24. Oʻqish uchun ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlar birinchi navbatda bolalar musiqa va sanʼat maktablarini saqlash xarajatlariga (ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno) yoʻnaltiriladi. Tushumlarning qolgan qismi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 40 foizgacha — maktab pedagog xodimlari umumiy sonining koʻpi bilan 50 foizini qamrab olgan holda oʻqituvchi va konsertmeysterlar bazaviy tarif stavkasining 40 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar shaklida ragʻbatlantirishga, shuningdek oʻquvchilari xalqaro koʻrik-tanlov va festivallarda 1, 2, 3, 4-oʻrinlarni egallagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga tegishincha eng kam oylik ish haqining 10, 9, 8, 7 barobari miqdorida, respublika tanlovlarida 1, 2, 3-oʻrinlarni egallaganligi uchun esa tegishincha eng kam ish haqining 6, 5, 4 barobari miqdorida mukofotlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 20 foizgacha — oʻquvchi, oʻqituvchi va konsertmeysterlarni tanlovlar, festivallar, ustoz saboqlari hamda ijodiy maktablardagi mashgʻulotlarga borishi, shuningdek oʻquvchilarning teatr, muzey, konsertlarga tashrifi bilan bogʻliq xarajatlarini toʻlashga, maktabda madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qolgan mablagʻlar — mavjud kreditorlik qarzlarini qoplashga va moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (bino va inshootlarni, mebel, musiqa asboblari va jihozlarni kapital va joriy taʼmirlashga, shuningdek mebel, uskunalar, musiqa asboblari, oʻquv qoʻllanmalari, adabiyotlar va boshqa zarur jihozlar sotib olishga).”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 8-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 8-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 17-son, 212-modda)