Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq:
1. Quyidagilarga:
Butunjahon pochta uyushmasining Umumiy reglamentiga (Doxa, 2012-yil 11-oktabr);
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-noyabrdagi PQ-4002-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-noyabrdagi PQ-4002-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-noyabrdagi PQ-4002-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi Butunjahon pochta uyushmasi Xalqaro byurosining Bosh direktoriga Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalarga qoʻshilgani toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomani oʻrnatilgan tartibda yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 11-yanvardagi PQ-559-sonli va “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 4-martdagi PQ-1495-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 27-aprel,
PQ-2339-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 17-son, 205-modda)