Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA” 1998-YIL 6-MAYDAGI 194-SON QARORI 1-ILOVASIGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Bojxona toʻlovlarini undirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 6-maydagi 194-son qarori 1-ilovasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
3-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Lizing obyekti sifatida olib ketiladigan tovarlarga bojxona toʻlovlarini hisoblash belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Lizing obyektini olib ketish chogʻida bojxona toʻlovlarini toʻlash uning bojxona qiymatining toʻlangan qismi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshirilib (lizing toʻlovlari), bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Keyinchalik bojxona toʻlovlari lizing toʻlovlari kelib tushishiga koʻra 20 kun mobaynida toʻlanadi”;
9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Moliyaviy lizingda, lizing obyekti lizing oluvchi mulkiga oʻtgandan keyin, lizing obyekti “eksport” bojxona rejimi ostiga olinadi. Bunda ilgari toʻlangan bojxona toʻlovlari eksport qilishda toʻlanadigan bojxona toʻlovlari summasiga hisoblanadi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-may,
168-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 10-son, 78-modda)