OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRLIGINING
Qarori
Pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 27-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2077-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2010-yil 13-yanvardagi 10-8/125, 1-QQ-son qarori (roʻyxat raqami 2077, 2010-yil 4-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-aprel,
108-mh-son
Madaniyat va sport ishlari vaziri v. v. b B. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 21-aprel,
11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2015-yil 21-apreldagi 108-mh, 11-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Pochta toʻlovining davlat belgilari davlat kolleksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2 va 10-bandlaridagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 3-banddagi, 14-bandning birinchi xatboshisidagi va 16-banddagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 11-bandda:
birinchi xatboshisidagi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “ochiq aksiyadorlik jamiyati (OAJ)” degan soʻzlar “aksiyadorlik jamiyati (AJ)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 12-banddagi “OAJ” degan qisqartma “AJ” degan qisqartma bilan almashtirilsin.
5. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Oʻzbekiston pochtasi” AJ bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2015-yil 20-aprel
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ Bosh direktori R. QOSIMOV
2015-yil 20-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 17-son, 211-modda)