Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.1998 16.04.1993 yildagi 5-12-93-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.1998
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga koʻra oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʻlish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika fuqarolarining shaxsiy va ijtimoiy manfaatlari uzviy muvofiqlashgan oilani himoya qilish davlat ahamiyatiga molik boʻlgan vazifalardan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida bolalarni umuminsoniy qadriyatlarni hurmatlash, onalikni muhofaza etish va bolalarning huquqini himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro huquq qoidalariga sodiq boʻlish, maʼnaviy merosni saqlash va rivojlantirish, yuksak vatanparvarlik, soflik va halollik ruhida tarbiyalash, ularni ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlash ota-onalarning konstitutsiyaviy va maʼnaviy burchidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni sudlar tomonidan toʻgʻri hal etilishi ota-onalarning va bolalarning huquqlarini muhofazasini, ota-onalarning bolalarini tarbiyalashdagi masʼuliyatlarini oshirilishini taʼminlashga imkoniyat tugʻdiradi, ota-onalarning bolalari manfaatlariga zid boʻlgan huquqlardan foydalanishlariga barham beradi, voyaga yetmaganlarning qonunbuzarliklarini oldini olish choralaridan biri boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotini oʻrganish natijasi sudlar tomonidan bunday nizolar asosan toʻgʻri hal etilayotganligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgaliqda bunday turkumdagi ishlarni koʻrishda sudlar faoliyatida kamchiliklar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolar eng avval ularning manfaatlarini nazarda tutgan holda hal etilishi lozim ekanligi sudlar tomonidan hamma vaqt ham eʼtiborga olinmaydi. Baʼzi sudlar ishlarni sudda koʻrishga tayyorlashga yetarli eʼtibor bermaydilar, nizolarni toʻgʻri hal etish uchun zarur boʻlgan dalilni talab qilib olmaydilar. Ishlarni koʻrishda ishtirok etish uchun hamma vaqt ham vasiylik va homiylik organlari jalb etilmaydi. Sudlar bolalarning tarbiyasidan boʻyin tovlayotgan va ularga zararni taʼsir koʻrsatayotgan ayrim shaxslarning jamiyat manfaatlariga zid xatti-harakatlarini oldini olishga qaratilgan barcha choralarni qoʻllamaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlarni hal etishda sudlarda izoh berish lozim boʻladigan savollar ham vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyotini oʻrganib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni koʻrishda sudlarning eʼtibori, bunday nizolarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilish bolalar va oila manfaatlari himoyasining muhim kafolatlaridan biri hisoblanishini nazarda tutgan holda, qonunlarga qatʼiy rioya etish zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan: bolaning boshqa-boshqa turgan ota-onadan qaysi biri bilan birga yashashi, bolasidan alohida turadigan ota yoki onaning bolasining tarbiyasida ishtirok etishiga qarshilikni bartaraf etish; boshqa shaxslarning tarbiyasida boʻlgan bolalarni ota-onasiga qaytarish; ota-onalik huquqidan mahrum etish va ota-onalik huquqini tiklash; ota-onalik huquqidan mahrum etmasdan bolalarini olish; farzandlikka olishni bekor qilish yoki uni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi va boshqa nizolar sudda koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sud boshqa-boshqa turadigan ota-onalar oʻrtasida boʻlgan ularning qaysi biri bilan qaysi bolasi yashash uchun qolishi toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda, Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksining 73-moddasida belgilangan ota va onaning huquq va majburiyatlarining tengligiga asoslangan holda, voyaga yetmagan bolalarning manfaatlariga va xohishlariga mos keladigan hal qiluv qarori chiqarishi lozim. Bunda sud ota-onadan qaysi biri bolalariga nisbatan koʻproq gʻamxoʻrlik va eʼtibor koʻrsatayotganligini, bolalarning yoshini va ota-onasining qaysi biriga koʻngil qoʻyganligini, ota-onaning shaxsiy fazilatlarini, ota-onadan birining moddiy-maishiy ahvolini ustunligining oʻzi bolani unga olib berish uchun asos boʻla oladigan shart hisoblanmasligini nazarga olgan holda, tarbiya uchun zarur sharoitni yaratib berish imkoniyatlarini eʼtiborga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud 10 yoshga toʻlgan bolaning ota-onasining qaysi biri bilan yashash istagi borligini ham eʼtiborga olishi mumkin /Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksi 79-moddasining II qismi/.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasining qaysi biri bilan yashashligi haqidagi nizo nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan birgalikda hal etilayotgan hollarda, bolalar boshqa shaxslarning tarbiyasida ekanligi hamda ular bolalarni ota-onasiga qaytarishga qarshilik koʻrsatayotganliklari aniqlansa, sud bu nizoni alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunga muvofiq ota-onalar boshqa shaxslar oldida bolalarini shaxsan tarbiya qilishda imtiyozli huquqqa egadirlar va bolalarini qonunga yoki sud qaroriga asoslanmagan holda ushlab turgan har qanday shaxsdan qaytarishni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning bilan birgalikda sud ota yoki onaning unga bolasini boshqa shaxslardan olib berish toʻgʻrisidagi daʼvosini, agarda bunday olib berish voyaga yetmaganlarning manfaatlariga zid degan xulosaga kelsa, rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday nizolarni koʻrishda sud ota yoki onaning bolasining tegishlicha tarbiyasini taʼminlay olish imkoniyatlarini, ota yoki onaning bolasi bilan oʻzaro munosabatlari xususiyatlarini, bolaning oʻzi ixtiyorida boʻlgan shaxslarga qanchalik koʻngil qoʻyganligini va boshqa muayyan holatlarni eʼtiborga oladi. Agar ota-onaning ham, bola ixtiyorlarida boʻlgan shaxslarning ham uni tegishlicha tarbiyalashni taʼminlay olmasliklari aniqlansa, sud vasiylik va homiylik organlarining yoki prokurorning daʼvosiga asosan bolani vasiylik va homiylik organlarining qaramogʻiga olib boradi. Bunday talab qoʻyilmagan boʻlsa, sud oʻzining xususiy ajrimi bilan bu organlarning eʼtiborini shunday daʼvo qoʻzgʻatish zarurligiga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlar ota-onalarning bolalarini, ularni qonunga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq, oʻz ixtiyorlarida saqlayotgan shaxslardan /vasiylardan, homiylardan, bolalar muassasalaridan va h. k./ olib berish toʻgʻrisidagi daʼvolarini koʻrayotganlarida, nizo yuzaga kelgan vaqtga kelib, qayd etilgan shaxslarga yoki bolalar muassasalariga bolalarni olib berish uchun asos boʻlgan holatlar oʻzgargan-oʻzgarmaganligini, bolalarni ota-onalariga qaytarish ularning manfaatlariga mos kelish-kelmasligini aniqlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bolasidan alohida turadigan ota yoki onaning bolasini tarbiyalashda ishtirok etish tartibi ota-ona oʻrtasidagi kelishuvga asosan, bunday kelishuv boʻlmaganida esa-vasiylik va homiylik organlari tomonidan, belgilanadi. /Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksining 80-moddasi/.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-ona vasiylik va homiylik organining qaroriga itoat etmagan hollarda, nizo alohida turadigan ota yoki onaning daʼvosiga muvofiq, sudda hal etish uchun beriladi. /Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksi 80-moddasining III qismi/.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud alohida turadigan ota yoki onaning bolasini tarbiyalashda ishtirok etish tartibini belgilaydi va bola bilan birga turadigan ota yoki onaga bunga qarshilik koʻrsatmaslik majburiyatini yuklaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onalarning, qonunga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq, boshqa shaxslar ixtiyoridagi bolalarini tarbiyalashlariga monelik qiladigan holatlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi masala ham sudlar tomonidan xuddi shunday hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ota-onalar mahrum qilinishi mumkin boʻlgan ota-onalik huquqi deyilganda ularga bolasini voyaga yetguncha tarbiyalash, uning manfaatlarini himoya etish va unga vakillik qilish, bolasini boshqa shaxslardan talab qilib olish, uni farzandlikka olinishiga rozilik berish va h.k.lar uchun berilgan huquqlar tushunilmogʻi lozim. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onalar bolalari bilan tugʻishganlik faktiga asoslangan huquqlarini: voyaga yetgan bolalaridan nafaqa olish, ular vafot etgan taqdirda nafaqa bilan taʼminlanish, bolalarining mulkiga voris boʻlish huquqlarini va boshqa huquqlarini ham yoʻqotadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksi 85-moddasining I qismiga binoan ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlar davlat yoki jamoat tashkilotlarining, ota-onadan birining, bolaning vasiysining /homiysining/, shuningdek prokurorning arizasiga muvofiq sudlarda koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalarni qabul qilishda sudlar bunday ishlar boʻyicha faqat bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatda ota-onadan biri tariqasida qayd etilgan shaxslar yoki vasiylar /homiylar/ daʼvogar boʻlishi mumkinligini eʼtiborga olishlari lozim. Yuridik shaxs huquqlaridan foydalanuvchi davlat yoki jamoat tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 44-moddasiga muvofiq, ularga amaldagi qonunlarga koʻra voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan boʻlsa, bunday ishlar boʻyicha daʼvogar boʻlishlari mumkin /vasiylik va homiylik organlari, chaqaloqlar uyi, bolalar uyi, maktab-internatlar, kasaba uyushmalarining qoʻmitalari va h. k./.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman, shahar, viloyat hokimiyatlari qoshidagi voyaga yetmaganlarning ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyalarga, respublikada amalda boʻlgan ushbu komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda, ota-onalik huquqidan mahrum etish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi berilgan. Komissiyaning taqdimnomasi, daʼvo arizasi tariqasida, daʼvo ishlarini yuritish tartiblarida koʻrilishini nazarda tutmoq lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ota-onalik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi daʼvo bolaning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvda ota-onasi tariqasida koʻrsatilmagan farzandlikka olganlarga va bolani haqiqatda tarbiyalayotgan shaxslarga nisbatan qoʻzgʻatilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyni /homiyni/ bolani tarbiyalashga vijdonan yondoshmaganligi munosabati bilan oʻz vazifalarini bajarishdan chetlatish masalasi sud tomonidan emas, balki vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal qilinadi. Vasiylik /homiylik/ vazifasidan chetlatilgan shaxs bolani berishdan bosh tortsa, unga nisbatan bolani olish haqida daʼvo qoʻzgʻatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ota-onadan birini ota yoki onalik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi daʼvoni koʻrishda, sud, bolalarning kelgusidagi tarbiyasi uchun yetarli sharoitlarni taʼminlash va ota-onaning huquqlarini himoya qilish maqsadida, har bir holatda, alohida turadigan ota yoki onaning turgan joyini aniqlashi, uni ishda ishtirok etishga jalb etishi va bolani tarbiyalash uchun olib berish haqida talab qilingan hollarda unga bolani olib berish mumkin yoki mumkin emasligi toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ish holatlarini va ota-onaning bolalariga munosabatlari xususiyatlarini har taraflama aniqlash maqsadida ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlar, qoidaga koʻra, sud majlisida javobgarlar ishtirokida koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam javobgardan nafaqa undirilmagan va uni undirish haqidagi masala ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan birgalikda hal etilayotgan boʻlsa, sud, javobgar sud majlisiga kelishdan boʻyin tovlayotgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikaci Grajdanlik protsessual kodeksining 180-moddasiga muvofiq, unga jarima solishga va majburiy keltirishga haqli. Javobgarning turish joyi noaniq boʻlgan holda, sud unga nisbatan qidiruv eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha prokurorning ishtiroki qonunda nazarda tutilganligini eʼtiborga olib, sudlar bu ishlarni prokuror ishtirokisiz koʻrishga haqli emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror kelmagan taqdirda ishni koʻrish boshqa vaqtga qoldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sud Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksining 146-moddasiga muvofiq, voyaga yetmaganning manfaatlarini nazarga olib, manfaatdor shaxslarning javobgarni jamiyatda yashash qoidalarini muttasil ravishda buzib kelayotganligi va u bilan birgalikda yashash imkoniyati yoʻqligi sababli turar joyidan koʻchirish toʻgʻrisidagi daʼvosini ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan birgalikda koʻrishga haqli /Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 112-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksining 90-moddasi/.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday daʼvo keyinchalik mustaqil daʼvo qoʻzgʻatish yoʻli bilan ham taqdim etilishi mumkinligini sudlar nazarda tutishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ota-onalar Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksining 83-moddasiga binoan ota-onalik huquqidan oʻzlarining aybli xulq-atvoriga koʻra: bolalarini tarbiyalashga doir majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlagan, shu jumladan uzrsiz sabablar bilan bolasini tugʻuruqxonadan va boshqa bolalarni davolash profilaktoriyasi va oʻquv-tarbiya muassasalaridan olishdan bosh tortgan yoki ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilgan yoinki bolalari bilan shafqatsiz muomalada boʻlgan yoki oʻzining axloqsizligi, jamiyatga zid xulq-atvori bilan ularga zararli taʼsir oʻtkazgan hollarda mahrum qilinishi mumkinligi sudlarga tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek ota-onalar surunkali ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka berilib ketgan boʻlsalar ham ota-onalik huquqidan mahrum qilinishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzrsiz sabablarga koʻra bolasini tugʻuruqxonadan va boshqa bolalarni daʼvolash profilaktoriyasi va oʻquv-tarbiya muassasalaridan olishdan bosh tortganlik tugʻuruqxona va bolalarni davolash profilaktoriyasi va oʻquv-tarbiya muassasasi komissiyalari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onaning oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganliklari ularning bolalarini maʼnaviy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, taʼlimi, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorgarligi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilmaganligida namoyon boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilish deganda bu huquqlardan bolalarning manfaatlariga zid ravishda foydalanishni, masalan oʻqishiga, jamoat topshiriqlarini bajarishiga toʻsqinlik qilishni, tilanchilikka undashni tushunmoq kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar bilan shafqatsiz muomalada boʻlish jismoniy va ruhiy qiynashda, tarbiyalashning yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan usullarini qoʻllashda, bolalarning insoniy gʻururlarini kamsitishda va hokazolarda ifodalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onaning surunkali ichkilikbozlikka yoki giyohvandlik kasaliga uchraganligi tegishli tibbiyot xulosasi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Bunday asos bilan ota-onalik huquqidan mahrum qilish javobgarni muomalaga layoqati cheklangan deb tanilganligidan qatʼi nazar, amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ota-onalik huquqidan mahrum qilishlik oxirgi chora ekanligiga sudlarning eʼtibori jalb etilsin. Alohida hollarda, ota yoki onaning aybli xulq-atvori tasdiqlangan taqdirda ham sud uning xulq-atvori xususiyatlarini, shaxsini va boshqa muayyan holatlarni eʼtiborga olib, ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi daʼvoni rad etishga va vasiylik va homiylik organlariga uning ota-onalik majburiyatlarini bajarishini nazorat qilishni yuklab, javobgarni bolalar tarbiyasiga nisbatan oʻzining munosabatlarini oʻzgartirishi zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirishga haqli. Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi daʼvoni rad etib, koʻrsatib oʻtilgan holatlar mavjud boʻlganida, bolaning manfaatlari taqozo qilsa, ota-onadan bolasini olish va uni vasiylik va homiylik organlari qaramogʻiga topshirish toʻgʻrisidagi masalani ham hal qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudning ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida bolani tarbiyalash uchun kimga: boshqa turadigan otasi yoki onasiga, vasiylik va homiylik organiga yoki u qonunda belgilangan tartibda tayinlangan boʻlsa vasiyga /homiyga/ berilayotganligi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani boshqa turadigan otasi yoki onasiga berish mumkin boʻlmaganida yoki otasi va onasining har ikkalasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan hollarda /agarda vasiy hali tayinlanmagan boʻlsa/ bola vasiylik va homiylik organining qaramogʻiga topshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani qarindoshlarini va boshqa shaxslarni tarbiyasiga berishga, agar ular uni vasiylari yoki homiylari qilib tayinlangan boʻlsalar, yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolani vasiylik va homiylik organlarining qaramogʻiga topshira turib sudlar bolani joylashtirishning muayyan tartibini belgilashga haqli emaslar, chunki bu masala faqat koʻrsatilgan organlarning vakolatlariga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining nusxasi sud tomonidan vasiylik va homiylik organiga va bolani tugʻilganligi qayd etilgan fuqarolik holati aktlarini yozish organiga yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksining 84-moddasiga muvofiq, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani bolalarini taʼminlash majburiyatidan ozod qilmaydi. Shu sababli sud javobgarni ota-onalik huquqidan mahrum qilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksi 210 — 213-moddalarining qoidalariga asoslanib, undan nafaqa undirish toʻgʻrisidagi masalani, bunday daʼvo qoʻzgʻatilgan-qoʻzgʻatilmaganligidan qatʼi nazar, birgalikda hal etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota yoki onadan biri ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda va bolalar ulardan ikkinchisining, vasiyning yoki homiyning tarbiyasiga berilganda, nafaqalar shu shaxslarning foydasiga undiriladi. Bolalar ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi masala hal etilgunga qadarli bolalar muassasalariga joylashtirilgan boʻlsalar, nafaqalar shu muassasalarning foydasiga undirilishi kerak Bolalar vasiylik va homiylik organlarining qaramogʻiga topshirilayotganlarida nafaqa bolalar topshiriladigan shaxslarning yoki bolalar muassasalarining foydasiga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota yoki onadan nafaqa, qoidaga koʻra, daʼvo qoʻzgʻatilgan vaqtdan boshlab undirilishi lozim. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslardan nafaqa undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini ijro etish jarayonida vujudga keladigan, jumladan, muayyan nafaqa undiruvchini koʻrsatish haqidagi, agar bola ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori chiqqanidan soʻng to uni olib qoʻyilganga qadarli shu ota yoki onasi bilan yashab kelayotgan boʻlsa undirish muddati toʻgʻrisidagi masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksining 224-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxsga bolalari uchun tayinlangan pensiya, pul yordami va boshqa toʻlovlarni, shuningdek uning foydasiga undirilgan nafaqalarni toʻlash toʻxtatiladi. Shu sababli sudlar tomonidan ishlarni koʻrishda bu masalalarni aniqlash lozim va ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan soʻng uning nusxasini koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshiradigan tegishli organlarga yoki toʻlovlar toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqargan joydagi sudga, bu toʻlovlarni bolalar muassasasiga yoki bola tarbiyasiga berilgan shaxsga oʻtkazish haqidagi masalani muhokama qilish uchun yuborish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksining 92-moddasiga muvofiq sudlar ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi daʼvolarni koʻrishda ota-onalarning turmush tarzi oʻzgargan-oʻzgarmaganligini va ularning bolalarini tarbiya qila olish-olmasliklarini sinchiklab tekshirishlari lozim. Ota-onalik huquqini tiklashga, agar bu bolalarning manfaatlariga mos kelsa, yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar boshqa shaxslar tomonidan farzandlikka olingan va farzandlikka olish bekor qilinmagan yoki haqiqiy emas deb topilmagan boʻlsa, ota-onalik huquqini tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sud ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi masalani, ota yoki ona ota-onalik huquqidan sudning fuqarolik yoki jinoyat ishi boʻyicha chiqargan qaroriga binoan mahrum qilinganligiga qaramasdan, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi daʼvo ota-onalik huquqidan mahrum qilingan shaxslar yoki prokuror tomonidan bola kimning qaramogʻida ekanligiga qarab, ota yoki onaning ikkinchisiga yoinki vasiyga /homiyga/ yoki bolalar muassasasiga nisbatan qoʻzgʻatiladi. Bunday ishlar sudlar tomonidan vasiylik va homiylik organlari vakillarining ishtirokida koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi daʼvo bilan birgalikda shu shaxsning bolani unga berish toʻgʻrisidagi daʼvosi ham koʻrilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalik huquqini tiklash toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarorini nusxasi sudlar tomonidan vasiylik va homiylik organlariga va bolaning tugʻilganligi qayd qilingan joydagi fuqarolik holati aktlarini qayd etish organiga yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bir qator obyektiv sabablarga /ota-onaning kasallik holati, ogʻir sharoitni vujudga kelishi va shunga oʻxshash/ koʻra bolalarni ota-onasining ixtiyorida qoldirishni xavfli deb topsa, sud Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksining 87-moddasiga muvofiq, shu moddada koʻrsatilgan shaxs va organlarning daʼvosiga binoan, ota-onalik huquqidan mahrum qilmasdan turib ulardan bolalarini olish va vasiylik va homiylik organining qaramogʻiga topshirish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olganlardan bolalarni olishlik toʻgʻrisidagi masala ham, farzandlikka olishni bekor qilish uchun qonunda belgilangan asoslar mavjud boʻlmasa, shunday tartibda hal etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olgan majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan yoki oʻzining huquqlarini suiisteʼmol qilgan holda, unga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida emas, balki Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksining 157-moddasiga muvofiq farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatilishi mumkin, chunki farzandlikka oluvchilarda ota-onalik huquqi va majburiyatlari nasl-nasabi tufayli emas, balki farzandlikka olganliklari munosabati bilan vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud bolalarni ota-onasidan yoki farzandlikka olganlardan olishda bolalar uchun ulardan nafaqa undirish toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarni olish uchun asos boʻlgan holatlar tugaganligi aniqlanganidan soʻng, bolalarning manfaatlarini eʼtiborga olgan holda, sudning hal qiluv qaroriga asosan, bolalar ota-onalariga va farzandlikka olganlarga qaytarib berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Farzandlikka olganlarning oʻz majburiyatlarini tegishlicha bajarmasligi sud tomonidan farzandlikka olishni bekor qilish uchun asos boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning manfaatlari uchun zarur boʻlgan boshqa hollarda ham farzandlikka olish sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisidagi daʼvo, respublika qonunlariga muvofiq, uni rasmiylashtirishda qonun buzilganligini asos qilib qoʻzgʻatilgan boʻlsa, sud nizoni hal etishda barcha haqiqiy holatlarni, jumladan farzandlikka olishni bekor qilish bolaning manfaatlariga zid kelish-kelmasligini, hisobga olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksining 163-moddasiga muvofiq sud farzandlikka olishni bekor qilishda, bolaning moddiy yordamga muhtojligini aniqlab, sobiq farzandlikka olganni uning taʼminoti uchun mablagʻ toʻlashga majbur qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda bolaning moddiy taʼminoti uchun mablagʻ undirish sud tomonidan sobiq farzandlikka olganning va undiruvchining moddiy va oilaviy sharoitlarini hisobga olib, qatʼiy summada amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sud tomonidan farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksining 156-moddasida koʻrsatilgan hollarda: farzandlikka olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qalbaki hujjatlarga asoslangan boʻlsa; farzandlikka olgan shaxs muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan yoinki ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa; farzandlikka olish soxta boʻlsa va boshqa hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan farzandlikka olish oqibatida huquqi buzilgan har qanday shaxs, masalan ota-onalar, farzandlikka olganlar, voyaga yetgan farzandlikka olinganlarning oʻzlari, farzandlikka olganning vorislari, shuningdek vasiylik va homiylik organlari va prokuror murojaat qilishi mumkin /Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksining 159-160-moddalari/
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan suddagi barcha nizolarni koʻrishda ularning himoyasi yuzasidan kim tomonidan daʼvo qoʻzgʻatilganligidan qatʼiy nazar ishda ishtirok etish uchun xalq maorifi boʻlimi jalb qilinishi lozim. Qayd etilgan organ ish boʻyicha taraf boʻlib hisoblanmasa, u sud tomonidan davlat boshqaruv organi sifatida oʻziga yuklatilgan majburiyatlarini bajarish maqsadida xulosa berish uchun protsessda ishtirok etishga jalb qilinadi /Oʻzbekiston Respublikasi Nikoh va oila kodeksining 94-moddasi/.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq maorifi boʻlimining, daʼvo talablarining mohiyati boʻyicha, xulosasini sud boshqa ish materiallari bilan birgalikda baholaydi. Bu xulosa bilan kelishmaganlik sud tomonidan ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorida asoslantirilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal qilishni taʼminlash maqsadida, sudlar, muayyan nizoning xususiyatlarini eʼtiborga olib, ularni koʻrishga puxta tayyorlashlari kerak. Bolalarning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasini, maktabdan tavsifnomani, notinch oilani nazorat qilinganligi toʻgʻrisidagi materiallarni, rayon /shahar/ xalq maorifi boʻlimining mudiri tasdiqlagan vasiylik va homiylik organlarining asoslantirilgan xulosasini, shuningdek bolalarning tarbiyalanishi sharoitlarini va ota-onani taʼriflovchi hujjatlarni talab qilib olish lozim. Bu ishlar faqat xalq maorifi boʻlimidan bolaning yashash sharoitlarini tekshirilganligi toʻgʻrisidagi akt va unga asoslangan xulosa olingandan soʻng koʻrilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bolalarning fikrini, ularning taraflarga boʻlgan munosabatini aniqlash, xalq maorifi boʻlimi tomonidan, bolalarning yashash sharoitini tekshirish vaqtida amalga oshiriladi. Ish holatlariga koʻra sud tomonidan bolani soʻrash zarur deb topilsa, bunday soʻrovni bolaning yoshini va rivojlanganligini eʼtiborga olib, pedagog qatnashuvida, unga manfaatdor shaxslar taʼsir etmaydigan vaziyatda, amalga oshirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sudlarda ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlar, bolalarni olish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa ishlar qoʻzgʻatilganda bolalarning manfaatlari taqozo etsa, alohida hollarda, sudya ishni sud muhokamasida koʻrish uchun tayyorlash jarayonida yoki sud ishni koʻrish vaqtida, hal qiluv qarori chiqarguncha, bolalarni javobgardan vaqtincha olib turish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishlari lozim. Bu masalani koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksining 151-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksining 228-moddasiga muvofiq sud, zarur hollarda, bolalarni ota-onasidan va boshqa shaxslardan olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini darhol ijro etilishiga ham yoʻl qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sudlar bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan ishlar boʻyicha hal qiluv qarorlarining bajarilishiga alohida eʼtiborlarini qaratishlari lozim. Hal etilayotgan nizolarning oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib sudlar, zarurat tugʻilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksining 224-moddasiga muvofiq, bunday hal qiluv qarorlarini ijro etishning usuli va tartibini belgilash toʻgʻrisidagi masalani muhokama etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Grajdanlik protsessual kodeksining 374-moddasiga koʻra, bolalarni olish va ularni boshqa shaxslarga berish bilan bogʻliq boʻlgan hal qiluv qarorlarini majburiy ravishda ijro etish, sud ijrochisi tomonidan, qoidaga koʻra, hal qiluv qarorini bajarishga majbur boʻlgan shaxs yashaydigan joyda, amalga oshirilishi lozim. Hal qiluv qarorini chiqargan sud, ayrim hollarda, hal qiluv qarorini ijro etishni bola turgan joyda amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb topishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hal qiluv qarorlarini ijro etish vasiylik va homiylik organlari vakillarining muqarrar ishtirokida, vaziyat taqozo etsa ichki ishlar organlarining va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirokida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sudlar bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq masalalarni tartibga soluvchi qonunlarning buzilishini oldini olish uchun faol ish olib borishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlarni, zarur hollarda, jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalari vakillarining ishtirokida, sayyor sud majlislarida, koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar ishlarni koʻrishda bolalar qarovsizligi, bolalarning manfaatlarini himoya qilish uchun vasiylik va homiylik organlari tomonidan oʻz vaqtida chora koʻrilmaganligi, voyaga yetmaganlarning ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiya va inspeksiyalarning, bolalar muassasalarining va boshqa muassasalarning ishlarida muhim kamchiliklar borligi holatlarini aniqlasalar xususiy ajrimlar chiqarib, ularni bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatgan holda, tegishli tashkilotlarga yuborishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan ishlarni koʻrishda oʻsmirlarning qonunni buzganligi aniqlansa, bu haqda voyaga yetmaganlarning ishlari bilan shugʻullanuvchi komissiyaga yoki tegishli organlarga zarur boʻlgan tarbiyaviy va ogohlantirish choralarini koʻrishlari uchun maʼlum qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar qaramogʻida boʻlgan shaxslar uzoq muddat tekinxoʻrlarcha hayot kechirayotgan hollarda, sudlar, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 220-moddasiga binoan jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun, bu haqda prokurorga yoki militsiya organlariga, agar bunday shaxslar surunkali ichkilikboz yoki giyohvand boʻlsalar, ularni davolashga yuborish toʻgʻrisida tegishli organlarga xabar qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1975-yil 20-iyuldagi 2-sonli, 1983-yil 12-dekabrdagi 9-sonli Plenum qarori bilan oʻzgartirish kiritilgan, “Ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi U. MINGBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining aʼzosi Y. TURSUNBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-12-93-son