Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼatining tarkibi toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 4-martdagi KQ-4-III-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi hayʼatining tarkibi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining taqdimnomasini koʻrib chiqib va Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hayʼati olti kishidan iborat tarkibda belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼati aʼzolari etib quyidagilar tasdiqlansin:
|
Umarov Nariman Madjitovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi |
|
Sodiqov Kamolitdin Faxritdinovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
|
Aytmuratov Paraxat Djanabayevich |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi |
|
Xabirov Raxmatulla Sagdullayevich |
— |
Toshkent “SUVGEO” ilmiy tekshirish instituti direktori |
|
Niyozov Anvar Bobonazarovich |
— |
Buxoro viloyati tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining raisi |
|
Mamanazarov Muxammadi Xudayarovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Er va suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish bosh boshqarmasi boshligʻi |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2004-yil 26-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hayʼatining tarkibi toʻgʻrisida”gi 595-II-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 52-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2011-yil 24-mart,
162-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 3-son, 93-modda)