23.02.2000 yildagi 65-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.01.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KICHIK BIZNES KORXONALARINING HISOBOT BERISHINI QISQARTIRISH VA TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bir qancha vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlaridan soʻralayotgan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hisobot va maʼlumotlarning qoʻshimcha shakllari joriy etilishi hollariga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi deb hisoblaydi.
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli tuzilmalar tomonidan hisobotlarning koʻplab shakllari belgilanishi, mikrofirmalar, kichik korxonalarning turli idoralarga katta hajmda axborot taqdim etishi tadbirkorlarning ancha vaqti va mablagʻi boy berilishiga olib kelmoqda, ularni asosiy faoliyatlaridan asossiz ravishda chalgʻitmoqda, tadbirkorlikning rivojlanishiga toʻsqinlik qilmoqda.
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik korxonalar, mikrofirmalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular tomonidan taqdim etilayotgan hisobot turlarini ancha soddalashtirish va qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik korxonalar, mikrofirmalar hisobotlarni faqat joylardagi davlat statistika organlariga va soliq organlariga ular tomonidan belgilangan shakllar boʻyicha taqdim etadilar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar va kichik korxonalar hisobotni yilning har choragida taqdim etadilar. Statistika hisoboti mikrofirmalar tomonidan har yili, statistika organlari tomonidan faoliyatning tegishli yoʻnalishlari va sohalari boʻyicha tanlab tekshirishlar oʻtkazgan holda taqdim etiladi. Mikrofirmalar va kichik korxonalardan har oyda hisobotlar soʻralishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mikrofirmalar va kichik korxonalar (shu jumladan qoʻshma korxonalar)ning amaldagi statistika hisobotini oʻn kun muddatda qayta koʻrib chiqsin hamda ular uchun joriy yilning I choragi hisobotidan boshlab mumkin qadar qisqartirilgan, soddalashtirilgan va birxillashtirilgan hisobotni, shuningdek, uni taqdim etish tartibini joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralarning mikrofirmalar, kichik korxonalar tomonidan qoʻshimcha hisobot turlari taqdim etilishini nazarda tutuvchi koʻrsatmalar va meʼyoriy hujjatlar chiqarishi taqiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ularning kichik va oʻrta biznes korxonalari tomonidan hisobot taqdim etishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilinishi uchun shaxsan javob berishlari toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Prokuraturasi oʻzboshimchalik bilan hisobot joriy etishning har bir holatini batafsil oʻrganib chiqsinlar, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortsinlar. Vazirliklar, idoralar hamda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan oʻzboshimchalik bilan hisobot joriy etish hollariga xoʻjalik yurituvchi subyektlarni noqonuniy ravishda tekshirish sifatida qarasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi kichik va oʻrta biznes subyektlari uchun hisobotlarni yuritishning belgilangan tartibiga rioya etish masalalarini oʻz majlislarida muntazam koʻrib borsin, mavjud tartibni buzishlarni bartaraf etish yuzasidan zudlik bilan choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida joriy yilning birinchi choragi yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar oʻzlarining idoraviy meʼyoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 31-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda)