17.04.2008 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Vengriya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkiyoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad hamda kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Vengriya Respublikasi Hukumati, ikkiyoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad hamda kapital soliqlarini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida Konvensiya tuzish istagida, shuningdek ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Qoʻllash doirasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlarning biri yoki ikkalasining rezidenti boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan undirilayotgan daromad va kapital soliqlariga nisbatan, ularni undirish uslubidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Daromad va kapitalga solinadigan soliqlarga jami daromadga yoki jami kapitalga, yoxud daromad yoki kapitalning bir qismiga solinadigan barcha soliqlar taalluqli boʻlib, bunga koʻchar va koʻchmas mulkni boshqa shaxsga berishdan olingan daromadlar, korxonalar tomonidan toʻlanadigan ish haqi yoki maoshning umumiy miqdoriga solinadigan soliqlar, shuningdek kapital qiymatining oʻsishidan olingan daromadlarga solinadigan soliqlar ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan amaldagi soliqlar, xususan quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) yuridik shaxslar daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) mol-mulk soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Oʻzbekiston soliqlari” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vengriyaga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) Jismoniy shaxslarning daromadiga soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) Korporativ soliq (yuridik shaxslar daromadidan olinadigan soliq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III) dividend soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV) qoʻshimcha soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V) qisman toʻlanadigan yer soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI) binolarga soliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bundan keyin “Vengriya soliqlari” deb ataladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shuningdek, ushbu Konvensiya imzolangan sanadan soʻng mavjud soliqlar oʻrniga yoki qoʻshimcha undiriladigan har qanday bir xil yoki mohiyatan oʻxshash soliqlarga ham qoʻllaniladi. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ularning soliq qonunlariga kiritilgan muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Umumiy taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyaning maqsadlarida matnning mazmunidan oʻzga maʼno chiqmasa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzbekiston” atamasi Oʻzbekiston Respublikasini bildiradi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda, xalqaro huquq va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining suveren huquqlari va yurisdiksiyasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining hududini, hududiy suvlari va havo kengliklarini, shu jumladan, yer osti boyliklaridan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqlarini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Vengriya” atamasi Vengriya Respublikasini bildiradi va jugʻrofiy maʼnoda qoʻllanilganda Vengriya Respublikasi hududini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) “Ahdlashuvchi Davlat”, “Ahdlashuvchi Davlatlardan biri” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlat” atamalari matn mazmuniga qarab, Oʻzbekistonni yoki Vengriyani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “shaxs” atamasi jismoniy shaxsni, kompaniya yoki shaxslarning har qanday birlashuvini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “kompaniya” atamasi, soliqqa tortish maqsadlarida korporativ birlashuv sifatida qaraladigan korporativ birlashmani yoki har qanday tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” va “boshqa Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi” atamalari bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida boʻlgan korxonani va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boshqaruvi ostida boʻlgan korxonani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “xalqaro tashish” atamasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan korxona tomonidan foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalari, temiryoʻl yoki yoʻl-transportida har qanday tashishni anglatadi, dengiz yoki havo kemalari, temir yoʻl yoki yoʻl-transportida vositalarining faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan punktlar oʻrtasida foydalanilishi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “vakolatli organ” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yoki uning vakolatli vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) Vengriya Respublikasiga nisbatan — Vengriya Respublikasi Moliya vaziri yoki uning vakolatli vakili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “milliy shaxs” atamasi quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) Ahdlashuvchi Davlat fuqaroligiga ega boʻlgan har qanday jismoniy shaxsni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) Ahdlashuvchi Davlatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq oʻz maqomini olgan har qanday yuridik shaxs, hamjamiyat va uyushmani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Davlatlar tomonidan har qanday vaqtda qoʻllanilganda unda belgilanmagan har qanday atama, agar matndan boshqa maʼno kelib chiqmasa, ushbu Konvensiya tatbiq etiladigan soliqlarga shu Davlat qonunlariga muvofiq ega boʻlgan maʼnoni anglatadi. Shu Davlatda qoʻllaniladigan soliq qonunchiligi boʻyicha har qanday maʼno shu Davlatning boshqa qonunlariga muvofiq shu atamaga berilgan maʼnodan ustun boʻladi. Shu davlatning soliq qonunchiligiga binoan atamaning maʼnosi ushbu Davlatning boshqa huquq sohalaridagi atamasidan ustun turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Rezident
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya maqsadlarida “Ahdlashuvchi Davlat rezidenti” atamasi shu Davlat qonunlari boʻyicha oʻzining yashash joyi, doimiy boʻlish joyi, boshqaruv joyi, tashkil topish joyi yoki har qanday boshqa shunga oʻxshash mezonlar asosida soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni anglatadi, shuningdek Davlatning oʻzini va har qanday maʼmuriy-hududiy boʻlinmasini yoki mahalliy hokimiyat organini ham oʻz ichiga oladi. Biroq, bu atama faqat ushbu Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan manbalardan yoki kapitaldan daromad olayotgani uchun shu Davlatda soliqqa tortiladigan har qanday shaxsni oʻz ichiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, uning maqomi quyidagi tarzda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u qaysi Davlatda oʻzi uchun toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyiga ega boʻlsa, shu Davlatning rezidenti hisoblanadi; agar u har ikkala Davlatda toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyga ega boʻlsa, shaxsiy va iqtisodiy aloqalari yaqinroq boʻlgan (hayotiy manfaatlar markazi) Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning hayotiy manfaatlari markazi joylashgan Davlatni aniqlab boʻlmasa, yoki Davlatlardan hech birida toʻsiqsiz yashashi mumkin boʻlgan doimiy uyiga ega boʻlmasa, u odatda yashaydigan Davlatining rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) agar shaxs odatda har ikkala Davlatda yashasa yoki odatda ularning hech birida yashamasa, u qaysi Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, oʻsha Davlatning rezidenti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar u har ikkala Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, yoki ulardan hech biriniki boʻlmasa, bunda Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari bu masalani oʻzaro kelishuvga koʻra hal qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar 1-band qoidalariga muvofiq, jismoniy shaxs boʻlmagan shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan har ikkalasining rezidenti boʻlsa, unda u tashkil topgan joy Davlatning rezidenti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Doimiy muassasa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyada “doimiy muassasa” atamasi korxonaning tadbirkorlik faoliyatini toʻliq yoki qisman amalga oshiradigan doimiy faoliyat joyini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Doimiy muassasa” atamasi, xususan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqaruv joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻlim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) ofis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) fabrika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ustaxona, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) shaxta, neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan har qanday boshqa joyni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qurilish maydonchasi yoki qurilish yoki montaj loyihasi yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan boshqaruv faoliyati, biroq shunday maydoncha, obyekt yoki faoliyatning davomiyligi 12 oydan ortiq davom etsagina;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ahdlashuvchi Davlat korxonasi tomonidan xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan konsalting yoki boshqaruv xizmatlarini korxona shu maqsad uchun yollagan xizmatchilar yoki boshqa xodimlar orqali amalga oshirilsa, biroq shu mazmundagi faoliyat boshqa Ahdlashuvchi Davlat hududida har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida jami 6 oydan oshadigan davr yoki davrlar mobaynida davom etsagina.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, “doimiy muassasa” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) inshootlardan shu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlarni saqlash yoki namoyish qilish maqsadida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shu korxonaga tegishli boʻlgan tovar yoki buyumlar zaxirasini saqlash, namoyish qilish yoki yetkazib berish maqsadida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) shu korxonaga tegishli tovar yoki buyumlar zaxirasining boshqa korxona tomonidan faqat qayta ishlash maqsadida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) doimiy faoliyat joyining tovar yoki buyumlar sotib olish yoki ushbu korxona uchun axborot yigʻish maqsadida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) doimiy faoliyat joyining faqat shu korxona maqsadi uchungina boshqa har qanday tayyorgarlik yoki yordamchi tusdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida ushlab turilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) doimiy faoliyat joyining a — e) kichik bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining har qanday kombinatsiyalashuvi uchungina bunday doimiy faoliyat joyining faoliyati ana shu kombinatsiyalashuvi natijasi, tayyorgarlik yoki yordamchi tusda boʻlgan taqdirda saqlab turilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu modda 1 va 2-bandlarning qoidalariga qaramay, agar ushbu moddaning 6-bandi tatbiq etiladigan mustaqil maqomli agentdan oʻzga boʻlgan shaxs Ahdlashuvchi Davlatda boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi nomidan ish yuritsa, bu korxona birinchi eslatib oʻtilgan Davlatda ana shu korxona uchun ushbu shaxs tomonidan koʻrsatilgan har qanday faoliyatga nisbatan doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u, birinchi eslatilgan Davlatda korxona uchun yoki uning nomidan shartnomalar tuzish vakolatiga ega boʻlsa va odatda foydalansa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u, birinchi eslatilgan Davlatda korxonaga tegishli boʻlgan tovarlar yoki buyumlar zaxirasiga ega boʻlib, korxona uchun yoki uning nomidan muntazam ravishda sotsa, agarda bunday shaxsning faoliyati 4-bandda eslatib oʻtilganlar bilan cheklanib qolmasa, agar faoliyat shu bandning qoidalariga binoan doimiy faoliyat joyi orqali amalga oshirilsa, ushbu band qoidalariga muvofiq, doimiy faoliyat joyidan doimiy muassasa hosil qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatning sugʻurta kompaniyasi, agar u boshqa Davlat hududida mukofot toʻplasa yoki 7-bandga taalluqli boʻlgan mustaqil maqomli agentdan oʻzga shaxs orqali u erda boʻlishi mumkin boʻlgan xatarni sugʻurta qilsa, qayta sugʻurta qilish bundan mustasno, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi, agar boshqa Ahdlashuvchi Davlatda broker, komissioner yoki har qanday boshqa mustaqil maqomli agent orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bu shaxslar oʻzining odatdagi faoliyati chegarasida ish yuritgan taqdirda, ushbu Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga ega deb qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgan, yoki ana shu boshqa Davlatda tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan (doimiy muassasa orqali yoki boshqa tarzda) kompaniyani nazorat qilsa yoki nazorat qilinsa, bu holat oʻz-oʻzidan bu kompaniyalardan birini boshqasi uchun doimiy muassasaga aylantirib qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Koʻchmas mulkdan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkdan oladigan daromadlari (jumladan qishloq va oʻrmon xoʻjaligidan olinadigan daromadlar) ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Koʻchmas mulk” atamasi koʻrib chiqilayotgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Davlat qonunlari boʻyicha belgilangan maʼnoga egadir. Har qanday holda ham ushbu atama yer ustidagi mulkchilikka taalluqli boʻlgan umumiy qonun qoidalari bilan huquqi belgilab berilgan koʻchmas mulkka tegishli boʻlgan mulkni, qishloq va oʻrmon xoʻjaligida ishlatiladigan chorva mollari va vositalarni hamda koʻchmas mulk uzufruktini minerallar, manbalar va boshqa tabiiy boyliklarning qatlamlarini qazish uchun tovon sifatida toʻlanadigan oʻzgaruvchan yoki qayd etilgan toʻlovlar huquqini, yoki minerallar, manbalar va boshqa tabiiy resurslar qatlamlarini qazish huquqini oʻz ichiga oladi; suv va havo kemalari koʻchmas mulk sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1-band qoidalari koʻchmas mulkdan toʻgʻridan toʻgʻri foydalanish, ijaraga berish yoki boshqa har qanday shaklda foydalanishdan olinadigan daromadga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 1 va 3-band qoidalari korxonaning koʻchmas mulkidan olgan daromadlariga va mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirish uchun foydalanadigan koʻchmas mulkdan olgan daromadlariga ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining foydasi, toki korxona oʻzining tadbirkorlik faoliyatini boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali amalga oshirmayotgan boʻlsa, faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar korxona oʻz faoliyatini yuqorida aytilganidek amalga oshirayotgan boʻlsa, korxonaning foydasi boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin, ammo, faqat ana shu doimiy muassasaga tegishli boʻlgan qismigina soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 3-band qoidalariga muvofiq, agar bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, har bir Ahdlashuvchi Davlatda bunday doimiy muassasaga hisoblanadigan foyda u alohida va mustaqil korxona sifatida xuddi shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni xuddi shunday yoki shunga oʻxshash shartlar asosida amalga oshirib doimiy muassasa hisoblangan korxonadan mutlaqo mustaqil ravishda ish koʻrib olishi mumkin boʻlgan foyda kabi oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy muassasa foydasini aniqlashda, ushbu doimiy muassasa faoliyati maqsadlari uchun sarflangan, jumladan doimiy muassasa joylashgan Davlatda va undan tashqaridagi faoliyat maqsadlari uchun sarflangan boshqaruv va umumiy maʼmuriy xarajatlarni chegirib tashlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq doimiy muassasa tomonidan korxonaning bosh ofisiga yoki uning istalgan boshqa ofislaridan biriga royalti, yigʻim yoki boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar tarzida patentlardan yoki boshqa huquqlardan foydalanganlik oʻrniga yoki muayyan xizmatlar uchun yoki menejmentlik uchun komission toʻlovlar tarzida, doimiy muassasaga berilgan qarz uchun foizlar tarzida toʻlangan summalarga nisbatan hech qanday chegirmalarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga tegishli boʻlgan foydani korxona oladigan umumiy foyda miqdorini uning turli boʻlinmalariga mutanosib taqsimlash asosida aniqlash odatdagi amaliyot ekanligiga qaramay, 2-banddagi hech bir narsa amaliyotda taʼkidlanganidek, bu Davlatga shunday taqsimlash asosida soliq solinadigan foydani aniqlashga xalaqit bermaydi; taqsimlashning tanlangan usuli mana shu moddada mavjud boʻlgan tamoyillarga muvofiq keladigan natijalarni berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxona uchun ushbu doimiy muassasa tomonidan tovar yoki buyumlarning xarid qilinishigagina asoslanib doimiy muassasaga biron-bir foyda yozilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Avvalgi bandlar maqsadlari uchun doimiy muassasaga taalluqli boʻlgan foyda, agar boshqasi uchun salmoqli va yetarli sabablar boʻlmasa, har yili bir xil uslubda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar foyda ushbu Konvensiyaning boshqa moddalarida alohida aytib oʻtilgan daromad turlarini qamrab oladigan boʻlsa, unda bu moddalarning qoidalariga ushbu modda qoidalari taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Xalqaro transport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi xalqaro tashishlarda dengiz, havo kemalari, temir yoʻl yoki yoʻl-transportidan foydalanishdan olgan foydasiga faqat shu Davlatda soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-band qoidalari quyidagilarga nisbatan ham qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalqaro tashishlarda foydalaniladigan ijaradan, shu jumladan ekipajsiz kema yoki samolyotlarni fraxt qilish asosida olingan favqulotda foydalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) konteynerlardan (shu jumladan, konteynerlarni tashish uchun treylerlar va boshqa uskunalar) foydalanish, ularni saqlab turish va ijaraga berishdan olingan daromadlarga, agar bunday foydalar 1-band taalluqli boʻlgan foydalarga nisbatan qoʻshimcha yoki favqulodda foyda boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 1 va 2-bandlarning qoidalari transport vositalaridan foydalanish boʻyicha pulda, qoʻshma faoliyatda yoki xalqaro tashkilotda ishtirok etishdan olgan foydalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Birlashgan korxonalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ahdlashuvchi Davlatning korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki uning kapitalida bevosita yoki bilvosita ishtirok etsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻsha shaxslar bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasini va boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasini boshqarishda, nazorat qilishda yoki kapitalida bevosita yoki bilvosita qatnashsa,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
va har qanday holatda ikki korxona oʻrtasida ularning tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil korxonalar oʻrtasida yaratiladigandan farqli sharoitlar vujudga keltirilsa yoki belgilansa, bunda ulardan biriga hisoblanishi mumkin boʻlgan, ammo shunday sharoitlar natijasida unga hisoblanmagan har qanday daromad yoki foyda ana shu korxonaning daromadi yoki foydasiga hisoblanishi va muvofiq ravishda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qachonki, Ahdlashuvchi Davlat shu Davlat korxonasi foydasiga boshqa Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boʻyicha ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilgan foydani kiritsa va muvofiq ravishda soliqqa tortsa va shu tariqa kiritilgan foyda birinchi eslatilgan Davlat korxonasiga, agar ikkala korxona oʻrtasida vujudga keltirilgan munosabatlar ikki mustaqil korxona oʻrtasidagi munosabatlar kabi boʻlganda hisoblanadigan foyda boʻlsa, u holda ana shu boshqa Davlat foydadan oʻzida olingan soliq miqdoriga tegishli zarur tuzatishlarni shu boshqa Davlat soliq qonunlariga asosan kiritadi. Bunday tuzatishlarni belgilashda ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalariga tegishlicha eʼtiborni qaratishi kerak va Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari, zarur boʻlsa, oʻzaro maslahatlashishlarni boshlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Dividendlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya tomonidan boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan dividendlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ammo bunday dividendlar, shuningdek dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, biroq dividendlarning amaldagi egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, ana shu Davlatning qonunlariga binoan ham soliqqa tortilishi mumkin, unda shu tarzda olingan soliqning miqdori dividendlar umumiy miqdorining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu band kompaniyaning dividendlar toʻlanadigan foydasini soliqqa tortishga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Dividendlar” atamasi mazkur moddada qoʻllanilganda, foydada ishtirok etish huquqini beruvchi, qarz majburiyati boʻlmagan, aksiya yoki boshqa huquqlardan olinadigan daromadni hamda foydani taqsimlovchi kompaniya rezidenti boʻlgan Davlatning qonunlariga muvofiq aksiyalardan olinadigan daromad kabi soliqlar orqali tartibga solishga taalluqli boʻlgan boshqa daromadlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar dividendlarning haqiqiy egasi bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlgani holda dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻz faoliyatini u erda joylashgan doimiy muassasasi orqali amalga oshirsa yoki ushbu boshqa Davlatda u erda joylashgan doimiy bazadan mustaqil xususiy xizmatlar koʻrsatsa va xoldingga nisbatan toʻlanadigan dividendlar aslida shu doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan bogʻlik boʻlsa, ushbu moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday xolda, sharoitga koʻra 7 yoki 14-moddalar qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya boshqa Ahdlashuvchi Davlatdan foyda yoki daromad olayotgan boʻlsa, ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat kompaniya toʻlayotgan dividendlarni soliqqa tortmasligi mumkin, bunda dividendlar ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan yoki dividendlar toʻlanadigan xolding shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlgan hollar bundan mustasno, shuningdek kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi hatto toʻlanayotgan dividendlar yoki taqsimlanmagan foyda ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda toʻla yoki qisman hosil boʻlgan foyda yoki daromaddan tashkil topgan boʻlsa ham kompaniyaning taqsimlanmagan foydasidan soliqlar olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Foizlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlanadigan foizlar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq, bunday foizlar, shuningdek dividendlarni toʻlayotgan kompaniya rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda ana shu Davlatning qonunlariga asosan ham soliqqa tortilishi mumkin, agar foizlarning haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, unda shu tarzda undiriladigan soliq foizlar yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2-band qoidalariga qaramay:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasida hosil boʻlgan va Vengriya Hukumatiga yoki Vengriya Milliy bankiga yoki Vengriya Eksim banki Pte Ltdga toʻlanadigan foizlar Oʻzbekiston soligʻidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vengriya Respublikasida hosil boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Bankiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy Bankiga toʻlanadigan foizlar Vengriya soligʻidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Foizlar” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda qarzdorning foydada ishtirok etish huquqlari mavjudligi va ipoteka taʼminotidan qatʼi nazar, har qanday turdagi qarz talablaridan olinadigan daromadlarni xususan, hukumat qimmatbaho qogʻozlaridan olinadigan daromadlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlaridan shu jumladan, mukofotlar va ushbu qimmatbaho qogʻozlar, obligatsiyalar va qarz majburiyatlari boʻyicha olinadigan yutuqlar tushuniladi va 10-moddada keltirilgan daromadlar tarkibiga kirmaydi. Oʻz vaqtida toʻlanmagan toʻlovlar uchun jarimalar ushbu modda maqsadlarida foizlar sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar foizlarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, foizlar hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda tijorat faoliyatini u erda joylashgan doimiy muassasa orqali olib borayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlar koʻrsatayotgan boʻlsa va foizlar toʻlanayotgan qarz talabnomalari .shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan ham bogʻlik boʻlsa, 1 va 2-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda, vaziyatga qarab, ushbu Konvensiyaning 7-modda yoki 14-moddasi qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Foizlarni toʻlovchi Davlatning oʻzi, maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari, mahalliy hokimiyat organlari yoki shu Davlatning rezidenti boʻlsa, foizlar oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi. Biroq foizlarni toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, shu tufayli qarz majburiyatidan foizlar toʻlash majburiyati vujudga kelgan boʻlsa, va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlash boʻyicha xarajatlarni amalga oshirsa, bunda foizlar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Davlatda vujudga kelgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar toʻlovchi bilan foizlarning haqiqiy egasi oʻrtasidagi yoki ular ikkalasi va har qanday boshqa shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida foizlar miqdori toʻlovchi bilan amalda foizlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan ortiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bu holda, toʻlovning ortiqcha qismidan ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalarini inobatga olgan holda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Royalti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning birida hosil boʻladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan royaltilar ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biroq, royaltilar qayerda yuzaga kelgan boʻlsa oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda uning qonunlariga muvofiq soliqqa tortilishi mumkin, agarda royaltining haqiqiy egasi boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlsa, ushbu holatda undiriladigan soliq royaltini yalpi miqdorining 10 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Royalti” atamasi ushbu moddada qoʻllanilganda har qanday adabiyot, sanʼat yoki ilmiy asarlarni, (shu jumladan kinofilmlar) va filmlar, yoki radio va televideniye va videokasetalar uchun yozuvlar, har qanday patent, tovar belgisi, chizma yoki model, sxemalar, maxfiy formula yoki jarayon, yoki sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga mansub axborot uchun mualliflik huquqidan foydalanganlik uchun yoki shu huquqni berganlik uchun mukofot tarzida olingan har qanday koʻrinishdagi toʻlov turlarini bildiradi. Binobarin, sanoat, tijorat yoki ilmiy uskunadan foydalanganlik yoki foydalanishga berganlik uchun toʻlov patent yoki “nou-xau” koʻrinishiga ega boʻlsa “royalti” sifatida qaralishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar royaltilarning haqiqiy egasi Ahdlashuvchi Davlatlardan birining rezidenti boʻla turib, royalti hosil boʻlayotgan boshqa Ahdlashuvchi Davlatda u erda joylashgan doimiy muassasa orqali tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, yoki ushbu boshqa Davlatda u erda joylashgan doimiy baza orqali mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va royalti toʻlanayotgan huquq yoki mulk shunday doimiy muassasa yoki doimiy baza bilan haqiqatda bogʻliq boʻlsa, mazkur moddaning 1 va 2-bandlarning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holda, 7-modda yoki 14-moddaning qoidalari vaziyatga qarab qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar toʻlovchi Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlsa, royalti shu Davlatda hosil boʻlgan deb hisoblanadi. Biroq, royaltini toʻlovchi shaxs Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlish yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlatda royaltini toʻlash majburiyati kelib chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan doimiy muassasaga yoki doimiy bazaga ega boʻlsa, va bu doimiy muassasa yoki baza toʻlash boʻyicha xarajatlarni amalga oshirsa, unda bunday royaltilar doimiy muassasa yoki doimiy baza joylashgan Davlatda hosil boʻlgan, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar toʻlovchi bilan royalti huquqiga ega shaxs oʻrtasidagi, yoki ularning ikkalasi va boshqa biron bir shaxs oʻrtasidagi alohida munosabatlar oqibatida royaltidan foydalanishga, huquqqa yoki axborot uchun toʻlanadigan royaltining miqdori toʻlovchi va shu daromadlar huquqiga ega shaxs oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan miqdordan oshiq boʻlsa, bunday munosabatlar yoʻq boʻlgan taqdirda, ushbu modda qoidalari faqat oxirgi eslatilgan miqdorga nisbatan qoʻllaniladi. Bu xolda, toʻlovning ortiqcha qismi ushbu Konvensiyaning boshqa qoidalarini inobatga olgan xolda, har bir Ahdlashuvchi Davlat qonunlariga muvofiq soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Kapital qiymatining oʻsishidan olinadigan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining 6-moddada koʻrsatilgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan koʻchmas mulkni boshqa shaxsga berishdan olinadigan daromadlar oʻsha boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlat hududida joylashgan, aktivlari asosan koʻchmas mulkdan yoki unga boʻlgan huquqlardan iborat boʻlgan, kompaniyadagi aksiya, huquq yoki foizlarni boshqa shaxsga berishdan olingan daromadlari yoki kompaniya aksiyalari joylashgan Davlatda, aktivlari asosan shu koʻchmas mulk yoki unga boʻlgan huquqlardan tashkil topganda, ana shu koʻchmas mulk joylashgan Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatdagi doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkni boshqa shaxsga berishdan olgan yoki bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirishida foydalanishi mumkin boʻlgan doimiy bazasiga taalluqli koʻchar mulkni boshqa shaxsga berishdan olgan daromadlariga, jumladan ana shunday doimiy muassasani (alohida yoki korxona bilan birgalikda) yoki shunday doimiy bazani boshqa shaxsga berishdan olgan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlat korxonasining xalqaro tashishlarda foydalaniladigan dengiz yoki havo kemalarini boshqa shaxsga berishdan yoki shunday dengiz yoki havo kemalaridan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulkni boshqa shaxsga berishdan oladigan daromadlari faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu moddaning 1, 2, 3 va 4-bandlarida qayd etilmagan istalgan boshqa mulkni boshqa shaxsga berishdan olinadigan daromadlar mulkni boshqa shaxsga berayotgan shaxs rezidenti hisoblangan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Mustaqil shaxsiy xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining kasbiy xizmatlarni koʻrsatish yoki mustaqil tusdagi boshqa faoliyatdan oladigan daromadlari faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Istisno tariqasida, quyidagi hollardagi bunday daromadlar boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ham soliqqa tortilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar u oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa Ahdlashuvchi Davlatda oʻzi uchun muntazam qulay boʻlgan doimiy bazaga ega boʻlsa; bunday hollarda daromadning faqat shunday doimiy bazaga taalluqli boʻlgan qismigina ushbu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar uning boshqa Ahdlashuvchi Davlatda boʻlib turish davri har qanday oʻn ikki oylik davr doirasida jami 183 kundan oshuvchi davr yoki davrlar mobaynida davom etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kasbiy xizmatlar” atamasi, xususan mustaqil ilmiy, adabiy, badiiy, sanʼat, maʼrifiy va oʻqituvchilik faoliyatlarini, shuningdek shifokorlar, yuristlar, muhandislar, meʼmorlar, stomatologlar va hisobchilarning mustaqil faoliyatini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Yollanma ishdan daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Konvensiyaning 16, 17, 18 va 19-moddalarning qoidalarini hisobga olgan holda, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining yollanma ishga nisbatan oladigan maoshi, ish haqi va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, agar yollanma ish boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilmayotgan boʻlsa, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi. Agar yollanma ish shu tarzda bajariladigan boʻlsa, unda shu munosabat bilan olingan taqdirlash haqlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-band qoidalariga qaramay, Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshiradigan yollanma xizmat uchun oladigan taqdirlash haqlari, agar quyidagi shartlar bajarilsa, faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oluvchi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda koʻrib chiqilayotgan kalendar yilida boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday koʻrib chiqilayotgan oʻn ikki oylik davr doirasida jami 183 kundan oshmaydigan davr yoki davrlar mobaynida boʻlib tursa, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) taqdirlash haqlari boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlmagan ish beruvchi tomonidan yoki uning nomidan toʻlanadigan boʻlsa, va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) taqdirlash haqlari boʻyicha xarajatlarni yollovchi boshqa Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasa yoki doimiy baza oʻz zimmasiga olmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning avvalgi qoidalariga qaramay, korxona tomonidan kema, samolyot bortida yoki yoʻl-transport vositalarida amalga oshiriladigan yollanma ish uchun oladigan taqdirlash haqlari ish beruvchining rezidenti boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Direktorlarning gonorarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan kompaniya direktorlar kengashining yoki shunga oʻxshash har qanday boshqa organlari aʼzosi sifatida oladigan direktorlarning gonorarlari va shunga oʻxshash boshqa toʻlovlari ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Sanʼat xodimlari va sportchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 14 va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, bir Ahdlashuvchi Davlat rezidentining teatr, kino, radio yoki televideniye artisti yoki musiqachi kabi sanʼat xodimi sifatida yoki sportchi sifatida boshqa Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirayotgan shaxsiy faoliyatidan oladigan daromadlari ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agarda sanʼat xodimi yoki sportchi amalga oshirgan shaxsiy faoliyatidan olinadigan daromad sanʼat xodimi yoki sportchining oʻziga emas, balki boshqa shaxsga yozilgan holatda, bu daromad 7 va 15-moddalarning qoidalariga qaramay, sanʼat xodimi yoki sportchi faoliyat koʻrsatayotgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu moddaning 1 va 2-bandlarning qoidalariga qaramay, sanʼat xodimi yoki sportchi tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyati Ahdlashuvchi Davlatda amalga oshirilib, mazkur faoliyat shu Ahdlashuvchi Davlat yoki boshqa Ahdlashuvchi Davlatning ijtimoiy yoki davlat jamgʻarmalari tomonidan, yoxud Ahdlashuvchi Davlatlar oʻrtasida madaniy sohadagi bitimlar yoki shartnomalar doirasida amalga oshirsa, mazkur moddada koʻrsatilgan daromadlar Ahdlashuvchi Davlatda soliqdan ozod boʻladi. Shunday hollarda daromad faqat ushbu sanʼat xodimi yoki sportchi rezidenti boʻlgan oʻsha Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Pensiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Davlatda avval yollanganligi boʻyicha kompensatsiya sifatida vujudga keladigan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga toʻlanadigan nafaqa va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari faqat birinchi eslatilgan Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Hukumat xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. a) Ahdlashuvchi Davlat yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ana shu Davlatga yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoxud mahalliy hokimiyat organlariga koʻrsatgan xizmatlari uchun har qanday jismoniy shaxsga toʻlanadigan nafaqadan tashqari ish haqi, mukofot va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Biroq bunday ish haqi, maosh va shunga oʻxshash boshqa taqdirlash haqlari, agar xizmat ana shu Davlatda amalga oshirilsa va jismoniy shaxs ana shu Davlatning rezidenti boʻlsa, faqat boshqa Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi, qaysiki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I) ana shu Davlatning milliy shaxsi boʻlsa, yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II) faqat shu xizmat koʻrsatish uchungina shu Davlatning rezidenti boʻlib qolmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 15, 16 va 17-moddalarning qoidalari Ahdlashuvchi Davlat, yoki uning maʼmuriy-hududiy boʻlinmalari yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga bogʻliq koʻrsatilgan xizmatlarga nisbatan toʻlanadigan ish haqi, maosh va shunga oʻxshash taqdirlash haqlari va pensiyalarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Talabalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Ahdlashuvchi Davlatga kelgunga qadar bevosita boshqa Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti hisoblanib turgan yoki boʻlgan va birinchi eslatilgan Davlatda faqatgina oʻqish yoki maʼlumot olish maqsadidagina yashab turgan talaba yoki amaliyotchining yashashi, oʻqishi yoki maʼlumot olishi uchun moʻljallangan toʻlovlar, basharti bunday toʻlovlar shu Davlat hududidan tashqaridagi manbalardan paydo boʻlgan taqdirda ana shu Davlatda soliqqa tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Professorlar va oʻqituvchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Professor yoki oʻqituvchi, Ahdlashuvchi Davlatga kelishdan oldin boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻlgan va birinchi eslatib oʻtilgan Ahdlashuvchi Davlatdagi universitet, kollej yoki boshqa tan olingan ilmiy-tadqiqot muassasasi yoxud boshqa oliy taʼlim muassasasi uchun hamda birinchi eslatib oʻtilgan Davlatga faqatgina oʻqitish yoki ilgʻor taʼlim berish (shu jumladan, ilmiy tadqiqot) maqsadida ikki yildan ortiq boʻlmagan davr mobaynida Ahdlashuvchi Davlatga birinchi tashrifi sanasidan ikki yildan oshmaydigan vaqtda tashrif buyursa, ana shunday oʻqitish yoki ilmiy tadqiqotlardan olinadigan har qanday taqdirlash haqlari birinchi eslatilgan Ahdlashuvchi Davlatda soliqlardan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar professor yoki oʻqituvchi tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqoti alohida shaxs yoki shaxslarning foydasi uchun boʻlsa, ushbu moddaning yuqoridagi qoidalari shu ilmiy tadqiqotlardan olinadigan daromadlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda
Boshqa daromadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlat rezidentining ushbu Konvensiyaning oldingi moddalarida aytib oʻtilmagan daromad turlari, ularning qayerda paydo boʻlishidan qatʼi nazar, faqat ana shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 6-moddaning 2-bandida belgilangan koʻchmas mulkdan olingan daromadni istisno etgan holda, agarda bunday daromadni oluvchi Ahdlashuvchi Davlat rezidenti boʻla turib, boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa yoki u erda joylashgan doimiy bazadan mustaqil shaxsiy xizmatlarni amalga oshirayotgan boʻlsa va daromad toʻlanadigan huquq yoki mulk haqiqatan ham bunday doimiy muassasa yoki baza bilan bogʻlangan boʻlsa, 1-band qoidalari qoʻllanilmaydi. Bu holatda, vaziyatga qarab, 7-modda va 14-moddalarning qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda
Kapital
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning rezidentiga tegishli boʻlgan va boshqa Ahdlashuvchi Davlatda joylashgan, 6-moddada koʻrsatilgan koʻchmas mol-mulkdan iborat boʻlgan kapital ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasasi tijorat mulkining bir qismini tashkil etuvchi koʻchar mulkdan iborat boʻlgan kapital yoxud mustaqil shaxsiy xizmatlarni bajarish maqsadida Ahdlashuvchi Davlatlardan biri rezidentining boshqa Ahdlashuvchi Davlatda foydalanadigan doimiy bazasiga taalluqli koʻchar mol-mulk ana shu boshqa Davlatda soliqqa tortilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalqaro tashishlarda foydalanadigan va koʻchar mulk sifatida foydalaniladigan kemalar, samolyotlar, yoki yoʻl-transport vositasi yoki temir yoʻl tarzidagi kapital shunday kemalar, samolyotlar, yoʻl-transport vositasi yoki temir yoʻldan foydalanishga taalluqli boʻlgan koʻchar mulk faqat shu Ahdlashuvchi Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlat rezidenti kapitalining boshqa barcha elementlari faqat shu Davlatda soliqqa tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda
Ikkiyoqlama soliqqa tortishni bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida ikkiyoqlama soliqqa tortish quyidagi tarzda bartaraf etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti ushbu Konvensiyaning qoidalariga muvofiq Vengriyada soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olayotganda yoki mulkka egalik qilayotganda, Oʻzbekiston quyidagilarga ruxsat beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu rezidentning Vengriyada toʻlangan daromad soligʻiga teng miqdorini chegirib tashlashga,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu rezidentning Vengriyada toʻlangan mol-mulk soligʻiga teng miqdorini chegirib tashlashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaziyatdan kelib chiqib, mazkur holatdagi kabi Vengriyada soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad yoki mulkka tegishli hisoblangan soliq, bunday chegirmalar, har qanday holatda hisoblangan daromad yoki mulk soligʻining oʻsha qismidan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vengriyada ikkiyoqlama soliqqa tortish quyidagi tarzda bartaraf etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agar Vengriya rezidenti ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromad olsa yoki kapitalga egalik qilsa, unda shu daromad va kapital, ushbu moddaning b) kichik bandi va 3-bandning qoidalariga asosan Vengriyada soliqdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agarda Vengriya rezidenti 10, 11, 12-moddalarning qoidalariga muvofiq, Oʻzbekistonda soliqqa tortilishi mumkin boʻlgan daromadlarini olsa, Vengriya Oʻzbekistonda ushlanadigan soliqqa teng qiymatni ana shu rezidentning daromad soligʻidan chegirma qilishga ruxsat beradi. Biroq, bunday chegirmalar Oʻzbekistondan olingan shu kabi daromadlarga taalluqli boʻlgan va bu chegirmalar amalga oshirilgunga qadar hisoblab chiqilgan soliqdan oshib ketmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiyaning biron-bir qoidasiga muvofiq Ahdlashuvchi Davlat rezidenti ega boʻlgan daromad yoki mulk shu Davlatda soliqqa tortishdan chegirma qilingan boʻlsa, bu Davlat ana shu rezidentning daromadi yoki mulkining qolgan qismiga soliq miqdorini hisoblashda daromad yoki mol-mulkka solingan soliqdan chegirib tashlangan miqdorni hisobga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda
Kamsitmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Ahdlashuvchi Davlatning milliy shaxslari boshqa Ahdlashuvchi Davlatda, ushbu boshqa Davlat milliy shaxslariga ayni bir xil sharoitlarda, jumladan rezidentlikka nisbatan solinishi mumkin boʻlganidan ortiq har qanday soliq yoki unga aloqador majburiyatlarga, soliqqa tortishdan koʻra oʻzga yoki mushkulroq yoki unga aloqador holatlarga duchor qilinmaydilar. Bu qoida 1-modda qoidalaridan qatʼi nazar, bir yoki ikkala Ahdlashuvchi Davlatning rezidenti boʻlmagan shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bir Ahdlashuvchi Davlatlarning rezidenti boʻlib, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Ahdlashuvchi Davlatlarning hech birida qandaydir soliqqa tortish yoki u bilan bogʻliq boʻlgan har qanday majburiyatlarga, ana shu Davlatlarning milliy shaxslari, xususan rezidensiyaga nisbatan boshqa yoki soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq yoxud unga aloqador boʻlgan majburiyatlarga duchor qilinmasliklari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlardan birining korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ega boʻlgan doimiy muassasaga soliq solish ana shu boshqa Ahdlashuvchi Davlatda ushbu boshqa Davlatning aynan shunday faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalariga soliq solishdan koʻra mushkulroq boʻlmaydi. Ushbu qoida Ahdlashuvchi Davlatlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentini soliq solishda oʻz rezidentlariga ularning fuqarolik maqomi yoki oilaviy majburiyatlari asosida beradigan har qanday xususiy imtiyozlar, ozod qilishlar yoki chegirmalar berishga majburlovchi qoida tarzida talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Istisno tariqasida 9-modda 1-bandi, 11-moddaning 7-bandi yoki 12-moddaning 6-bandi qoidalari qoʻllanilganida, bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga toʻlaydigan foizlar, royaltilar va boshqa qarz toʻlovlari bunday korxonaning soliqqa tortiladigan daromadini aniqlash maqsadida, shu toʻlovlar birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga toʻlangan boʻlsa, xuddi shu shartlar asosida chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasi boshqa Ahdlashuvchi Davlatning bir yoki bir necha rezidentlariga toʻliq yoki qisman tegishli boʻlsa, yoxud bevosita yoki bilvosita nazorat qilinayotgan boʻlsa, birinchi eslatilgan Davlatning shunday korxonalariga solinadigan yoki solinishi mumkin boʻlgan har qanday soliq solish yoki unga aloqador majburiyatlarga yoki soliqqa tortishdan koʻra mushkulroq va u bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlarga birinchi eslatilgan Davlatda duchor qilinmaydi. Bir Ahdlashuvchi Davlat korxonasining boshqa Ahdlashuvchi Davlat rezidentiga nisbatan boʻlgan har qanday qarzlar shu korxonaning soliqqa tortiladigan mulkini aniqlash maqsadida birinchi eslatilgan Davlat rezidentiga nisbatan boʻlgan qarzi xuddi shunday shartlar asosida chegirib tashlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu modda qoidalari, 2-band qoidalariga qaramay, har qanday turdagi va taʼriflangan soliqlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda
Oʻzaro kelishuv protseduralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar shaxs Ahdlashuvchi Davlatlardan biri yoki har ikkalasining harakati unga ushbu Konvensiya qoidalariga zid kelmaydigan soliqqa tortishga olib keladi yoki olib kelishi mumkin, deb hisoblasa, u ushbu Davlatlarning ichki qonunlarida nazarda tutilgan himoya vositalaridan qatʼi nazar, oʻz arizasini oʻzi rezident boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organiga, yoki agarda uning holati ushbu Konvensiyaning 25-moddasi 1-bandiga muvofiq kelsa, oʻzi milliy shaxsi boʻlgan Ahdlashuvchi Davlatga taqdim etishi mumkin. Bu ariza ushbu Konvensiya qoidalariga nomuvofiq keladigan soliqqa tortishga olib keluvchi harakatlar toʻgʻrisida birinchi bor bildirilgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli organ uning arizasini asosli deb topsa, ammo oʻzi qoniqtirgan qarorga kela olmasa, masalani ushbu Konvensiyaga muvofiq kelmaydigan soliqqa tortilishini oldini olish maqsadida boshqa Ahdlashuvchi Davlatning vakolatli organi bilan oʻzaro kelishib hal etishga harakat qiladi. Erishilgan har qanday kelishuv Ahdlashuvchi Davlatlar ichki qonunlaridagi har qanday vaqtincha cheklashlarga qaramay amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari ushbu Konvensiyani talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday qiyinchilik yoki ikkilanishlarni oʻzaro kelishuv asosida hal etishga harakat qiladilar. Ular ikki yoqlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Konvensiyada nazarda tutilmagan holatlar yuzasidan ham bir-birlari bilan maslahatlashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari oldingi bandlar maʼnolarini tushunishda hamfikrlikka erishish maqsadida bir-birlari bilan ularning oʻzlaridan yoki ularning vakillaridan tashkil etilgan birlashgan komissiya doirasida bevosita aloqada boʻlib turishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda
Maʼlumotlar almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning vakolatli organlari Ahdlashuvchi Davlatlar yoki mahalliy hokimiyat organlari nomidan undiriladigan har qanday turdagi va tavsifdagi soliqlarga oid boʻlgan, mazkur Konvensiya qoidalarini bajarish yoxud milliy qonunchilikni amalga oshirish yoki qoʻllashga tegishli hisoblanuvchi hamda bunday soliqqa tortish mazkur Konvensiyaga zid boʻlmagan holatlardagina maʼlumotlar bilan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot almashinuvi mazkur Konvensiyaning 1- va 2-moddalari bilan cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tomonidan 1-bandga muvofiq olingan har qanday maʼlumot mazkur Davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq olingan maʼlumot qanchalik maxfiy boʻlsa, xuddi shunday maxfiy hisoblanadi hamda faqatgina 1-bandda eslatib oʻtilgan soliqlarga nisbatan baholash yoki yigʻish, majburiy undirish yoxud sud taʼqibi yoki apellatsiyani koʻrib chiqish hamda koʻrsatib oʻtilganlarning barchasini nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi organ (sud va maʼmuriy organlar bilan birga) va shaxslarga oshkor qilinishi mumkin. Bunday shaxs yoki organlar mazkur maʼlumotdan faqatgina koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarda foydalanishlari lozim. Ular bunday maʼlumotni ochiq sud majlisi yoki sud qarorlarida oshkor etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qanday holatda ham 1- va 2-bandlar qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlarga quyidagi, majburiyatlarni yuklovchi meʼyor sifatida talqin qilinmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotiga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan maʼlumotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb sirini yoxud savdo jarayonini yoki oshkor etilishi jamoat tartibiga (ordre public) zid boʻlgan maʼlumotni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agarda maʼlumot bir Ahdlashuvchi Davlat tomonidan ushbu moddaga muvofiq soʻralgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat bunday maʼlumotga oʻz soliq maqsadlari uchun ehtiyoj mavjud boʻlmasa ham soʻralayotgan maʼlumotni yigʻish boʻyicha tegishli choralarni koʻrishi lozim. Avvalgi jumlada nazarda tutilgan majburiyat 3-band qoidalariga muvofiq cheklangan boʻlib, biroq bunday cheklovlar hech qaysi bir holatda Ahdlashuvchi Davlatga faqatgina ichki manfaatlar mavjud emasligi sababli maʼlumot taqdim etishni rad qilish uchun ijozat beruvchi sifatida talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hech qaysi bir holatda 3-band qoidalari maʼlumot faqatgina bank, boshqa moliya muassasasi, nominal egalik qiluvchi yoxud agent yoki ishonchli boshqaruvchi sifatida harakat qilayotgan shaxsning tasarrufida ekanligi sababli uni taqdim etishni rad qilish uchun Ahdlashuvchi Davlatga ijozat beruvchi sifatida talqin qilmasligi lozim.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Vengriya Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2014-yil 25-noyabrdagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda
Diplomatik vakolatxonalar aʼzolari va konsullik muassasalari xizmatchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Konvensiyaning hech bir qoidasi diplomatik missiya rahbarlari va konsullar hamda diplomatik agentlar yoki konsullik xizmatchilarning xalqaro huquqning umumiy normalariga yoki maxsus bitimlarning qoidalariga muvofiq taqdim etilgan fiskal imtiyozlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda
Konvensiyaning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Davlatlardan har biri ushbu Konvensiyaning kuchga kirishi uchun ichki qonunlariga muvofiq talab qilinadigan protseduralarning tugaganligi toʻgʻrisida bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar. Ushbu Konvensiya shunday xabarnoma olingan kundan keyin quyidagilarga nisbatan amal qila boshlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Konvensiya kuchga kiradigan yildan keyin keladigan oʻsha taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin olinadigan daromad boʻyicha manbadan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Konvensiya kuchga kiradigan yildan keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyingi har bir soliq yili uchun undiriladigan daromad soliqlari va kapital soliqlari boʻyicha boshqa soliqlarga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda
Konvensiyaning amal qilishini toʻxtatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyaning amal qilishi Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tarafidan toʻxtatilmagunga qadar oʻz kuchida qoladi. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Konvensiyaning amalga kiritilgan vaqtidan besh yil oʻtgandan soʻng har qanday vaqtda, har qanday taqvimiy yilning tugashiga kamida olti oy qolguniga qadar, diplomatik kanallar orqali Konvensiya amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berish yoʻli bilan toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda Konvensiyaning amal qilishi quyidagicha toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan oʻsha taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin olinadigan daromad boʻyicha manbadan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan oʻsha taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki shu sanadan keyingi har qanday soliq yili uchun undiriladigan boshqa daromad soliqlari va kapital soliqlariga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyaning amal qilishi Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tarafidan toʻxtatilmagunicha oʻz kuchida qoladi. Har bir Ahdlashuvchi Davlat Konvensiyaning amalga kiritilgandan vaqtidan besh yil oʻtgandan soʻng, har qanday taqvimiy yilning tugashiga kamida olti oy qolguniga qadar, diplomatik kanallar orqali Konvensiya amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berish yoʻli bilan toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda Konvensiyaning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab daromaddan olinadigan, manbaidan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan bevosita keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki shu sanadan keyin boshlanadigan har qanday soliq yillari uchun olinadigan boshqa daromad soliqlari va kapital soliqlarga nisbatan toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Konvensiyani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2008-yil 17-aprelda ikki nusxada, har biri oʻzbek, venger va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Konvensiya qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda ingliz tilidagi matn asos uchun qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2009-y., 1-son)