Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
Qoʻshma Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi maʼruzasini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning maʼruzasidagi asosiy ustuvor yoʻnalishlar qoʻllab-quvvatlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati rahbariyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov maʼruzasi yuzasidan palatalarning maʼruzada qoʻyilgan vazifalarni oʻz faoliyatlarining aniq yoʻnalishlariga muvofiq amalga oshirishga qaratilgan alohida keng qamrovli qarorini qabul qilish taklif etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2015-yil 23-yanvar,
22-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2015-yil 23-yanvar,
SQ-20-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 1-son, 60-modda)