Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOJIKISTON RESPUBLIKASI VA QIRGʻIZISTON RESPUBLIKASI AVTOTRANSPORT VOSITALARI HAYDOVCHILARINING UCHINCHI SHAXSLAR OLDIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLIK JAVOBGARLIGI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-martdagi 222-sonli “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2019-yil 17-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Qoʻshni davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtuvchi avtotransport vositalari kirib kelishining yagona shartlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, Tojikiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi transport vositalari, boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlarining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelishiga qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtaning mazkur turini amalga oshiruvchi sugʻurtalovchining polisi mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tojikiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi avtotransport vositalari uchun sugʻurta mukofotlari stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, sugʻurta mukofotlari bojxona organlari tomonidan bevosita bojxona postlarida erkin almashtiriladigan valyutada undiriladi, keyinchalik mablagʻlar shartnoma asosida sugʻurta tashkilotlari hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.Y. Otayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 18-fevral,
59-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-fevraldagi 59-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga 1 oygacha muddatga kirib kelayotgan bir avtotransport vositasidan undiriladigan sugʻurta mukofotlari
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
STAVKALARI
Oldingi tahrirga qarang.
|
T/r |
Transport turlari |
Sugʻurta javobgarligi hajmiga nisbatan sugʻurta mukofotlari stavkalari (foizlari) |
|
3000 AQSH dollari (Tojikiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi) | ||
| 1. | Yuk avtomobili | 2,5 |
| 2. | Avtobuslar | 2,0 |
| 3. | Mikroavtobuslar | 1,8 |
| 4. | Yengil avtomobillar | 1,5 |
| 5. | Traktorlar, kombaynlar va boshqa oʻziyurar mashinalar va mexanizmlar | 1,0 |
| 6. | Mototransport | 0,7 |
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 180-modda)
Tojikiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi avtotransporti uchun sugʻurta summalari miqdorlari:
1000 AQSH dollari — mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun;
2000 AQSH dollari — oʻlimga olib kelgan zararni qoplash uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 180-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095-son, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)