Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Dastur
Xom ashyo bilan bogʻliq boʻlmagan va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik
Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi anʼanaviy doʻst mamlakatlar va muhim sheriklardir. Savdo-iqtisodiy aloqalar oʻzbek-xitoy munosabatlarining muhim tarkibiy qismidir. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash ikki tomonlama munosabatlarning yanada mustahkamlanishi va rivojlanishiga yordam koʻrsatadi.
2005-yil maydagi Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao Doʻstlik va hamkorlik munosabatlari toʻgʻrisida Shartnoma imzoladilar va shu bilan ikki tomonlama munosabatlarning uzoq vaqt va barqaror rivojlanishi uchun mustahkam huquqiy asos yaratdilar.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasida iqtisodiyot oʻsishining yuqori surʼatlari saqlab qolindi, ikki mamlakat oʻrtasida yaqin iqtisodiy aloqalar olib borilmoqda. Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik sohalari, shuningdek oʻzaro investitsiyalar miqyoslari uzluksiz kengayib barmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati (bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar) iqtisodiyotning tez va uygʻun rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni yaratish, ikki mamlakat xalqlarining hayot darajasini koʻtarish, uzoq muddatli, muntazam va sogʻlom rivojlanishni ragʻbatlantirish, shuningdek xomashyo bilan bogʻliq boʻlmagan va yuqori texnologiyalar sohasida oʻzbek-xitoy iqtisodiy hamkorligi sohalarini kengaytirish maqsadida xomashyo bilan bogʻliq boʻlmagan va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik dasturini (bundan keyin “Dastur”) ishlab chiqdilar.
I. Maqsadlar
Dasturning maqsadlari: xomashyo bilan bogʻliq boʻlmagan va yuqori texnologiyalar sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yoʻli bilan oʻzbek-xitoy doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini chuqurlashtirish va yangi mazmun bilan toʻldirish, ikki tomonlama munosabatlarni uygʻun rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ikki mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, hamkorlik mazmunini boyitish, oʻzaro hamkorlik sohalarini kengaytirish, tomonlarning erishilgan kelishuvlarini har tomonlama amalga oshirish.
Tomonlar tashqi savdo va iqtisodiy hamkorlikning muvozanatlashuvi va uygʻunlashuviga, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik darajasini koʻtarishga va davomli rivojlanishini ragʻbatlantirishga yordam koʻrsatuvchi muhim choralarni koʻrishga tayyor.
II. Prinsiplar
Tomonlar ikki mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasini, bozor talabi tuzilishini, shuningdek tomonlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda adolat, maqsadga muvofiqlik va tenglik prinsiplariga rioya qilib oʻzlarining afzalliklarini aniqlaydilar hamda oʻzaro manfaatni taʼminlash uchun oʻzaro bir-birini toʻldiradilar.
Hamkorlikning muhim sohalari va loyihalarini belgilashda strategiya, amalga oshirishning mumkinligi, oʻziga xoslik va iqtisodiy foyda prinsiplariga amal qilish kerak boʻladi.
Loyihalar asosan korxonalar tomonidan bozorning amal qilishi va hukumatlar tomonidan koʻllab-quvvatlash prinsiplariga muvofiq, pragmatiklik va haqiqiy raqobatga, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni har tomonlama ragʻbatlantirishga tayangan holda amalga oshirilishi lozim.
III. Vazifalar
Dastur vazifalari:
Iqtisodiyotning oʻsishini ragʻbatlantirish, oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;
Ikki mamlakat oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarning hajmini kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish;
Oʻzbekiston bozorini va uchinchi mamlakatlar bozorlarini birgalikda oʻzlashtirish imkoniyatini hisobga olgan holda, yuqori texnologiyalarni tatbiq etish va birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ilmiy va texnologik innovatsiyalar sohasida sanoatga oid hamkorlikni rivojlantirish, bank sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, sayyohlik va agrosanoat borasidagi hamkorlikni rivojlantirish.
Xom ashyo bilan bogʻliq boʻlmagan va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun Tomonlar korxonalariga asos yaratish va xizmat koʻrsatish.
IV. Hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari
Tomonlar ularning sanoati tarmoqlarining oʻzaro bir-birini toʻldirishini, hamkorlik talablarini hamda yaqin va oʻrta muddatli istiqbolda amalga oshirish imkoniyatini hisobga olgan holda hamkorlikning asosiy sohalarini, xususan: mashinasozlik, elektrotexnika, aloqa va axborot texnologiyalari, kimyo sanoati, farmatsevtika, qurilish materiallari, kommunikatsiyalar va transport, investitsiyalar va moliya, turizmni belgiladilar.
Mashinasozlik:
Tomonlar hamkorlik salohiyatini inobatga olgan holda, ushbu sohada hamkorlikni jadallashtirish va ikki tomonlama savdoda mashinasozlik mahsulotlari ulushini oshirish uchun choralar koʻrishni rejalashtiradilar.
Tomonlar ikki mamlakat korxonalarini temir yoʻl orqali tashishlar uchun asbob-uskunalar, irrigatsiya-melioratsiya texnikasi, kon-metallurgiya asbob-uskunalari, energiya va resurslarni tejash texnologiyalari, muhandislik mexanikasi va boshqa yirik toʻplamdagi asbob-uskunalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni qoʻllab-quvvatlash, kompaniyalarga yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirishda koʻmaklashish zarur deb hisoblaydilar.
Elektrotexnika:
Tomonlar tibbiyot asbob-uskunalari, maishiy elektrotexnika, kommunikatsiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishning boshqa sohalarida hamkorlik qilishni faol ravishda kengaytiradilar.
Aloqa va axborot texnologiyalari:
Tomonlar telekommunikatsiyalarni rivojlantirish sohasida tajriba almashishni, mahsulot ishlab chiqarish, texnik ishlanmalar, sanoat bazalarini yaratish va tarmoqni yaratish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni, ikki mamlakat axborot va aloqa sanoatini birgalikda rivojlantirishni koʻllab-quvvatlashni rejalashtirdilar.
Tomonlar mobil telekommunikatsiya tarmogʻi, turgʻun tarmoq va boshqa telekommunikatsiya infratuzilmasi sohasidagi hamkorlikni tomonlar xomashyo bilan bogʻliq boʻlmagan va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik uchun sifatli moliya xizmatini koʻrsatish maqsadida ikki mamlakat moliya institutlari oʻrtasida aloqalarning oʻrnatilishiga, moliyaviy hamkorlikning turli shakllarini muhokama qilish va rivojlantirishga, monitoring va nazoratni kuchaytirishga, hamkorlik loyihalarining muvaffaqiyatli amalga oshirishga samarali yordam koʻrsatish uchun xavflarni boshqarish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashadilar.
Turizm:
Tomonlar turizm borasidagi hamkorlikni ikki mamlakat oʻzaro hamkorligining muhim sohasi deb hisoblaydilar. Tomonlarning vakolatli idoralari hamkorlikni mustahkamlash, ikki mamlakat fuqarolarining oʻzaro sayohatlari uchun kulay sharoitlarning yaratilishiga koʻmaklashishlari lozim.
Oʻrta va kichik korxonalar hamkorligi:
Tomonlarning vakolatli hukumat idoralari, oʻrta va kichik korxonalarga xizmat koʻrsatish organlari, oʻrta va kichik korxonalari oʻrtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash, oʻrta va kichik korxonalarni boshqa Tomon hududida investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun ragʻbatlantiradilar.
V. Muvofiqlashtirish va ijro etish
Mazkur Dasturni rejalashtirish va amalga oshirish masalalari savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbek-Xitoy Hukumatlararo komissiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Tomonlar mazkur Dasturni amalga oshirish maqsadida ushbu Dasturning ajralmas qismi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida xomashyo bilan bogʻliq boʻlmagan va yuqori texnologiyalar sohasida hamkorlik Dasturini amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqadi. Tomonlarning kelishuvi boʻyicha yuqorida aytib oʻtilgan Tadbirlar rejasiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilishi mumkin.
VI. Qoʻshimcha qoidalar
Tomonlar mazkur Dasturda belgilangan muhim sohalardagi hamkorlik loyihalariga, shuningdek ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashda yordamchi vazifasini oʻtaydigan boshqa sohalardagi hamkorlik loyihalariga faol ravishda koʻmaklashishni maqsad qilganlar.
Tomonlar xomashyo bilan bogʻliq boʻlmagan sohada hamkorlik qilish uchun adolatli va ochiq investitsiya muhitini yaratish maqsadini bayon qildilar.
Mazkur Dastur imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
2010-yil 9-iyunda Toshkent shahrida har biri oʻzbek, xitoy va rus tillaridagi ikki nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
(imzolar)