|
Nomi |
Shtatdagi xodimlar soni, jami |
shu jumladan | ||||
|
Inspeksiya boshligʻi |
bosh nazoratchi |
dori-darmon vositalari va tibbiyot texnikasi boʻyicha bosh nazoratchi |
yetakchi nazoratchi yurist |
yetakchi nazoratchi | ||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
|
|
|
|
|
|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
|
|
|
|
|
|
Sogʻliqni saqlash viloyat boshqarmalari: |
|
|
|
|
|
|
|
Andijon viloyati |
3 |
1 |
1 |
— |
1 |
— |
|
Buxoro viloyati |
3 |
1 |
1 |
— |
1 |
— |
|
Jizzax viloyati |
2 |
1 |
— |
— |
1 |
— |
|
Qashqadaryo viloyati |
3 |
1 |
1 |
— |
1 |
— |
|
Navoiy viloyati |
2 |
1 |
— |
— |
1 |
— |
|
Namangan viloyati |
3 |
1 |
1 |
— |
1 |
— |
|
Samarqand viloyati |
3 |
1 |
1 |
— |
1 |
— |
|
Surxondaryo viloyati |
3 |
1 |
1 |
— |
1 |
��— |
|
Sirdaryo viloyati |
2 |
1 |
— |
— |
1 |
— |
|
Toshkent viloyati |
3 |
1 |
1 |
— |
1 |
— |
|
Fargʻona viloyati |
3 |
1 |
1 |
— |
1 |
— |
|
Xorazm viloyati |
2 |
1 |
— |
— |
1 |
— |
|
Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi |
|
|
|
|
|
|
|
Jami |
43 |
15 |
11 |
1 |
15 |
1 |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 14.01.1999 yildagi 18-son
Кучга кириш санаси
14.01.1999
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2017
|
Hujjat 31.01.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh TIZIMIDA BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda aholi sogʻligʻi ustidan davlat nazoratini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan taqdim etilgan respublika sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etish sxemasiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning joylardagi organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturiga muvofiq sogʻliqni saqlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
aholiga bepul tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning davlat tomonidan kafolatlangan darajasi va sifatini taʼminlash;
boshqarishning barcha darajalarida aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini tashkil etish va mustahkamlash;
sogʻliqni saqlash tizimini mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan davolash-profilaktika muassasalarining bosqichma-bosqich pulli xizmatlar koʻrsatishga oʻtkazilishini taʼminlash;
jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy klinikalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda, barpo etish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida xodimlari soni 43 nafardan iborat, hududiy tarkibiy boʻlinmalariga ega boʻlgan Nazorat inspeksiyasi tashkil etilsin, unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
sogʻliqni saqlash organlari, mulkchilik shakllari va mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, davolash-profilaktika hamda sanitariya muassasalari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilishni taʼminlash masalalariga doir qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari va davolash-profilaktika muassasalari xodimlari tomonidan korrupsiya va suiisteʼmolchiliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
budjet mablagʻlarini jalb etgan holda mablagʻ bilan taʼminlanadigan davolash-profilaktika muassasalarida dori-darmonlarni xarid qilish, sotish va ulardan belgilangan maqsadda foydalanish jarayoni ustidan nazoratni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlar va arizalarni koʻrib chiqish, qoida buzishlar va suiisteʼmolchiliklar hollari boʻyicha xizmat tekshiruvlari oʻtkazish;
amaldagi qonunchilikni buzishayotgan sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarini moddiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritish.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisida Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasi, vazirlik markaziy apparati maʼmuriy-boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 73 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari) iborat etib belgilagan holda, 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisida Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi shtatlarining hududiy taqsimlanishi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruxsat etilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash Bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziriga vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni, mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ikki hafta muddatda, belgilangan tartibda:
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organlari tuzilmasini va ular toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — tuman (shahar) markaziy kasalxonasi toʻgʻrisida Nizomni ishlab chiqsin, bunda markaziy tuman kasalxonasi (markaziy shahar kasalxonasi) oʻziga biriktirilgan hudud aholisiga shoshilinch tibbiy yordam berish hamda dastlabki tibbiy-sanitariya xizmati koʻrsatish vazifalarini bevosita hal qilishini nazarda tutsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 14-yanvar,
18-son
Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etish
SXEMASI
* — sahro, togʻli, olis aholi punktlari va uzoq chorvachilik zonalaridagi alohida QUQ va FAPlar.
** — zarurat boʻlganda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maqomini, vazifalarini, funksiyalarini, vakolatlarini va uning faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) sogʻliqni saqlash davlat boshqaruvi markaziy organi hisoblanadi va u oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻz ishini respublikaning davlat boshqaruvi boshqa organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash masalalariga doir xalqaro shartnomalariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻz vakolatlari doirasida chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari, ularning shaharlar va tumanlardagi boʻlinmalari respublika sogʻliqni saqlash organlarining yagona tizimini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, tezkor boshqarish huquqi bilan alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob schyotlariga va boshqa schyotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
II. SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING VAZIFALARI
7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholi salomatligini saqlash va yaxshilashni, sogʻlom avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlarni shakllantirishni, profilaktik sogʻliqni saqlashni rivojlantirishni, sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirishni taʼminlovchi davlat siyosatini amalga oshirish;
fuqarolarning aholiga tibbiy-sanitariya xizmati koʻrsatishning davlat tomonidan kafolatlangan darajasida va sifatda malakali tibbiy xizmat olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishini, aholining koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarning barcha turlaridan teng bahramand boʻlishini taʼminlash;
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish konsepsiyasini amalga oshirish, sogʻliqni saqlashning nodavlat sektorini, xususiy vrachlik amaliyotini rivojlantirish va tibbiy xizmatlar bozorini tashkil etish;
tarmoqni isloh qilishning meʼyoriy-huquqiy negizini yaratish, sogʻliqni saqlashni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni ishlab chiqish va yaratish;
sogʻliqni saqlashni boshqarishning barcha darajalarida aholiga favqulodda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini tashkil etish va mustahkamlash;
Keyingi tahrirga qarang.
mamlakatimiz tajribasini va eng yaxshi jahon yutuqlarini uygʻunlashtirish asosida tibbiyot fanini rivojlantirish strategiyasini va prognozlashni ishlab chiqish, ilmiy-tibbiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini sogʻliqni saqlash amaliyotiga joriy qilish;
aholi salomatligini muhofaza qilishga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sogʻliqni saqlashning maqsadli dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlash va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun budjetdan tashqari mablagʻlarni, xorijiy investitsiyalarni va xalqaro tashkilotlar mablagʻlarini jalb etish, davolash-profilaktika muassasalarini oʻzini-oʻzi mablagʻ bilan taʼminlashga bosqichma-bosqich oʻtkazishni taʼminlash, tibbiy sugʻurtani ishlab chiqish va joriy etish;
sogʻliqni saqlash, shu jumladan tibbiy yordam sohasida normativlar va standartlar tizimini yaratish, dori-darmonlar, tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish hamda ularga rioya etishni nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
aholini sanitariya-epidemiologiya jihatidan salomatligini hamda manfaatdor organlar bilan birgalikda respublika hududini karantin va oʻta xavfli infeksiyalardan muhofaza qilishni taʼminlash;
oliy va oʻrta tibbiy taʼlim tizimini, xalqaro aloqalarni rivojlantirish hamda sogʻliqni saqlash sohasida chet el tajribasidan va jahon standartlaridan foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
isteʼmolchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun jamoatchilikni jalb etish.
(7-bandning oʻn ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 53-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan— OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 16-modda)
III. SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING FUNKSIYALARI
8. Vazirlik yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish sohasida
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda respublika sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish prognozlarini va maqsadli dasturlarini ishlab chiqadi;
kasalliklarning oldini olish, tibbiy yordam, nogironlik, tibbiy ekspertiza boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
sogʻliqni saqlash tizimi davolash muassasalari, shuningdek xususiy tibbiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi shaxslar tomonidan aholiga oʻz vaqtida malakali va sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sogʻliqni saqlash muassasalari uchun tibbiy xizmatlar sifati standartlarini va qiymati normativlarini belgilaydi, tibbiy va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalashni hamda sertifikatsiyalashni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
dori-darmon va dezinfeksiya, sanitariya-gigiyena va parfyumeriya-kosmetika vositalarini, immunobiologik preparatlarni hamda tibbiyot va farmatsevtika buyumlarini, kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarni, narkotik, psixotrop vositalarni standartlashtirish va sertifikatsiyalashni, ularni ishlab chiqarishni va ulardan foydalanish tartibini nazorat qilishni amalga oshiradi;
dori-darmon, dezinfeksiya vositalariga, immunobiologik preparatlarga va boshqa tibbiyot buyumlariga boʻlgan ehtiyojni oʻrganadi, talab va takliflar balansini ishlab chiqadi;
favqulodda shoshilinch tibbiy yordam xizmatining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
favqulodda tusdagi avariya vaziyatlari va halokatlarni bartaraf etish respublika dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda foydalanish uchun belgilangan tartibda tibbiyot buyumlari, dori-darmonlar, dezinfeksiya vositalari va immunobiologik preparatlar zaxiralarini yaratadi;
Keyingi tahrirga qarang.
yuqumli va yuqumsiz, parazit kasalliklarning, shuningdek insonning yashashi va mehnat faoliyatiga noqulay taʼsir koʻrsatuvchi muhit omillari bilan bogʻliq boʻlgan kasb kasalliklarining oldini olishga doir ishlarni amalga oshiradi;
manfaatdor organlar bilan birgalikda boshqa davlatlar hududidan yuqumli va karantin kasalliklarning kirib kelishining oldini olish ishlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
profilaktika yordami yoʻnalishlari va hajmlari, profilaktik emlash muddatlari va usullari toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
oila, ona, ota va bolaga, shuningdek muhtoj shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish dasturini amalga oshirishda qatnashadi;
sanitariya normalarini, qoidalarini, gigiyena normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularga rioya qilinishi ustidan davlat sanitariya nazoratini, shuningdek, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, sanitariya-epidemiologiya xizmatlari ishiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
sud-tibbiy va sud-ruhiy ekspertizani taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, sanitariyaga oid qonun hujjatlari, davlat standartlari va sertifikatlash qoidalari talablarini tekshirish ishlariga isteʼmolchilar jamoat tashkilotlari vakillarini jalb etadi;
isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlari taqdimnomalariga koʻra oʻziga qarashli laboratoriyalarda tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) xavfsizlik talablariga muvofiqligini shartnoma asosida sinovdan oʻtkazadi.
(8-bandning oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 53-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan— OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 16-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
tibbiy statistika va axborotlashtirish sohasida
tarmoqni axborotlashtirish tizimini shakllantirishni taʼminlaydi, sogʻliqni saqlashda statistikani yuritish ishlarini tashkil qiladi, sogʻliqni saqlash tizimida statistik hisobga olish va hisobot tartibiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, statistik axborotlarning ishonchliligini nazorat qiladi;
iqtisodiyot va moliya sohasida
Vazirlik tizimida iqtisodiyot va moliya ishlarini tashkil qiladi, tibbiyot muassasalarining davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladigan xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlaydi, tizim xodimlari mehnatini normalash va unga haq toʻlashni tashkil qilishni takomillashtirish tadbirlarini roʻyobga chiqaradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tasarrufidagi muassasa va tashkilotlarda faoliyatni tahlil qiladi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritishga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, budjet mablagʻlaridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanishni nazorat qiladi;
sogʻliqni saqlash boʻyicha maqsadli dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun mablagʻlarni jalb etish ishlarida davlat, jamoat, xayriya tashkilotlari va jamgʻarmalarining, muassasa va korxonalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
davolash-profilaktika muassasalarining xizmat koʻrsatishning pulli shakllariga bosqichma-bosqich oʻtishini va tibbiy sugʻurtani joriy qilgan holda, sogʻliqni saqlashni mablagʻ bilan taʼminlash tizimini takomillashtiradi;
sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni, xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar mablagʻlarini jalb etish ishlarini amalga oshiradi;
sogʻliqni saqlash korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda qatnashadi;
kadrlar tayyorlash sohasida
tarmoqni kadrlar bilan taʼminlash dasturini ishlab chiqadi va roʻyobga chiqaradi, sogʻliqni saqlashda tegishli yoʻnalishlar va ixtisosliklar boʻyicha tibbiyot kadrlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydi hamda ularni tayyorlashni amalga oshiradi;
rahbar xodimlarning malakaviy tarkibi va kasbiy darajasi, vrachlar, farmatsevtlar va boshqa tibbiyot kadrlari kasb malakasini oshirishni nazorat qiladi va ularni attestatsiyadan oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
oliy va oʻrta tibbiyot va farmatsevtika oʻquv yurtlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, ular faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlaydi va nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
sogʻliqni saqlash tizimida ixtisosliklar nomenklaturasini belgilaydi, Vazirlik nomenklaturasidagi lavozimlarga kadrlar tanlaydi;
sogʻliqni saqlashni boshqarish sohasida
Vazirlik tasarrufidagi muassasalar, tashkilotlar va korxonalar tuzilmasini takomillashtirishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
joylardagi sogʻliqni saqlash boshqaruv organlari faoliyatiga uslubiy rahbarlikni, uni nazorat qilishni amalga oshiradi;
tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni qonunda belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ular toʻgʻrisidagi nizomlar va ustavlarni tasdiqlaydi;
sogʻliqni saqlashning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, tarmoqning yangi tashkilotlari va muassasalarini qurish, ishlab turganlarini rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash dasturlarini ishlab chiqishni tashkil qiladi;
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sohasida
ilmiy-tibbiy tadqiqotlarni rivojlantirishni va ularning samaradorligini oshirishni, fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini tibbiyot amaliyotiga joriy etishni taʼminlaydi;
ilmiy tadqiqotlar natijalarini ekspertizadan oʻtkazadi, muassasalarga, tashkilotlarga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga sogʻliqni saqlashning dolzarb muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar yuzasidan buyurtmalar beradi;
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida
tarmoqni rivojlantirishning muhim muammolarini hal etishda xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantiradi va kengaytiradi;
respublikada xalqaro tadbirlar (simpoziumlar, konferensiyalar, koʻrgazmalar va shu kabilar) oʻtkazishni tashkil qiladi;
yetakchi xorijiy va ilmiy markazlarda tarmoq mutaxassislari tayyorlashni tashkil qiladi;
xalqaro, davlatlararo sogʻliqni saqlash tashkilotlarida respublika nomidan vakillik qiladi;
belgilangan tartibda ilmiy, uslubiy adabiyotlar va axborotlarni nashr etadi va Vazirlik boʻlinmalarini ular bilan taʼminlaydi.
Qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq xavfli yuklar, qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chogʻida xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi.
(8-bandning qirq oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1 maydagi 150-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — OʻR QHT, 2002-y., 9-son, 66-modda)
IV. SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING HUQUQLARI
9. Vazirlikka quyidagi huquqlar beriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining respublikada sogʻliqni saqlashni rivojlantirish, isloh qilish va uni boshqarishni takomillashtirish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, malakali tibbiyot kadrlari tayyorlash, sogʻliqni saqlash xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
joylardagi boshqaruv va davlat hokimiyati organlaridan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan Vazirlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
hayʼat majlislarida, tashkiliy-huquqiy shakllaridan va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, sogʻliqni saqlash tizimi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha axborotlarini eshitish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va yondash davlatlardagi sanitariya-epidemiologik vaziyat bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasiga kiritish;
budjetdan tashqari mablagʻlardan xodimlarning samarali mehnatini ragʻbatlantirishda foydalanish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
oʻziga tegishli muammolarni hal qilishga ilmiy muassasalarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
xususiy sogʻliqni saqlash tuzilmalarining, shu jumladan qoʻshma korxonalarning faoliyatini, ular tomonidan tibbiy-sanitariya standartlari talablarining hamda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatining taʼminlanishini oʻrganish va ularga baho berish;
Keyingi tahrirga qarang.
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va bank hamda boshqa kredit muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda valyuta schyotlariga ega boʻlish;
tasarrufidagi muassasalarning amaldagi qonunchilikka xilof ravishda chiqarilgan buyruqlarini bekor qilish.
V. SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh
10. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga tasdiqlash uchun taqdim etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
Vazir Vazirlikka yuklangan vazifalar bajarilishi va uning oʻz funksiyalarini amalga oshirishi uchun shaxsan javob beradi.
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazir:
Vazirlik va unga qarashli muassasalar, tashkilotlar, oʻquv yurtlari va korxonalar faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolati doirasida buyruqlar, yoʻriqnomalar chiqaradi hamda oʻziga qarashli barcha tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, shuningdek sogʻliqni saqlashning hududiy organlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi va ularning ijrosini tekshiradi;
Vazirlik tasarrufiga kiritilgan masalalar boʻyicha normativ hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Vazir oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Vazir oʻrinbosarlari va Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining ular zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;
respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida markaziy apparat tuzilmasini va shtat jadvalini, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Vazirlikka qarashli muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi;
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini va Vazirlikka qarashli muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning rahbarlarini belgilangan nomenklaturaga muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilaydi;
alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni faxriy unvonlar va mukofotlar berishga belgilangan tartibda taqdim etadi;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻladi.
12. Vazirlikda Vazir — hayʼat raisi, lavozimiga koʻra Vazir oʻrinbosarlari, shuningdek Vazirlik va uning tizimining boshqa rahbaridan iborat tarkibda Hayʼat tashkil etiladi.
Vazirlik hayʼati aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, lavozimiga koʻra uning tarkibiga kiradigan shaxslar bundan mustasno.
Hayʼat maslahat organi hisoblanadi hamda oʻz majlislarida sogʻliqni saqlashni rivojlantirishning va Vazirlik, sogʻliqni saqlash korxonalari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatining, kadrlar tanlash va ularni joy-joyiga qoʻyish, muhim buyruqlar va yoʻriqnomalar loyihalarini tayyorlash, qabul qilingan qarorlar bajarilishini tekshirishning asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining, sogʻliqni saqlash organlari hamda oʻquv yurtlari va boshqa muassasalar rahbarlarining axborotlarini eshitadi.
Hayʼat qarori Vazirning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Vazir bilan hayʼat aʼzolari oʻrtasida anglashilmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda Vazir paydo boʻlgan anglashilmovchiliklar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikrini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Sogʻliqni saqlash muammolarini ilmiy tahlil qilish uchun Vazirlikda ilmiy tibbiyot kengashi tashkil etiladi. Kengash tarkibiga yetakchi olimlar va yuqori malakali mutaxassislar kiradi. Ilmiy tibbiyot kengashi tarkibi va uning toʻgʻrisidagi nizom Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Nazorat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida tashkil etiladi va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziriga boʻysunadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida hududiy boʻlinmalari boʻladi, ular boshqaruvning vertikal tizimiga ega boʻladilar va oʻz faoliyatida bevosita Nazorat inspeksiyasi boshligʻiga boʻysunadilar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining normativ hujjatlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
II. NAZORAT INSPEKSIYASINING ASOSIY VAZIFALARI
3. Quyidagilar Nazorat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
sogʻliqni saqlash organlari, mulkchilik shakllaridan va mablagʻ bilan taʼminlanish manbalaridan qatʼi nazar, profilaktika va sanitariya muassasalari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilishni taʼminlash masalalari boʻyicha qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
davolash-profilaktika muassasalari boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan korrupsiya hamda suiisteʼmolchiliklarning oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
budjetdan jalb etilgan mablagʻlar bilan taʼminlanadigan davolash-profilaktika muassasalarida dori-darmonlar va tibbiyot vositalarini xarid qilish, sotish hamda ulardan belgilangan maqsadda foydalanish ustidan nazoratni tashkil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
amaldagi qonunchilikni buzishayotgan sogʻliqni saqlash tizimi xodimlarini maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritish.
III. NAZORAT INSPEKSIYASINING FUNKSIYALARI
4. Nazorat inspeksiyasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun:
sogʻliqni saqlash, davolash-profilaktika muassasalari boshqaruv organlarining aholining malakali tibbiy xizmat olish boʻyicha konstitutsion huquqlariga hamda fuqarolarning salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi masalalari yuzasidan oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarishga doir faoliyatini nazorat qilish va tekshirishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
sogʻliqni saqlash xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari boʻyicha shikoyatlar hamda arizalarni koʻrib chiqadi va oʻrganadi, fuqarolarning konstitutsion huquqlari buzilishi hollari boʻyicha xizmat tekshirishlarini oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
dorixona va davolash-profilaktika muassasalarida budjet mablagʻlaridan foydalangan holda dori-darmonlar va tibbiyot vositalarini sotib olishda, sotishda hamda ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanishda belgilangan tartibga rioya qilinishi ustidan, shu jumladan favqulodda taftishlar oʻtkazish yoʻli bilan, nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tekshirishlar chogʻida fuqarolar salomatligini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilish masalalaridagi buzilishlardan, fuqarolarning shikoyat va arizalarini xizmat yuzasidan tekshirishlar natijalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirini xabardor qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
buyruqlar loyihalarini tayyorlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hayʼatiga qonunchilik talablari borasida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish, salomatlikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilishmagan sogʻliqni saqlash xodimlarini moddiy, maʼmuriy va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa turdagi javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
sogʻliqni saqlash va davolash-profilaktika muassasalarini boshqarish organlarida moliya-xoʻjalik faoliyatini birgalikda taftish qilish uchun oʻz ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan muvofiqlashtirib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. NAZORAT INSPEKSIYASINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5. Nazorat inspeksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining topshirigʻiga binoan yoki tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq inspeksiya guruhlarini sogʻliqni saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya qilinishi masalalari boʻyicha tekshirish va taftishlar oʻtkazish uchun yuborish;
barcha darajalardagi sogʻliqni saqlash organlarida va davolash-profilaktika muassasalarida ularning faoliyatiga taalluqli hujjatlarni tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarish chogʻida davolash-profilaktika muassasalarining barcha binolariga, belgilangan kirish tartibiga rioya qilgan holda, qarshiliksiz kirish;
Keyingi tahrirga qarang.
dori-darmonlarni, tibbiyot vositalarini xarid qilish va sotish, shuningdek cheklangan savdo ustamalari qoʻllanishi yuzasidan nazorat va taftishlarni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
sogʻliqni saqlash organlari va davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslardan qonunchilik talablarining buzilishi faktlari boʻyicha yozma tushuntirishlar olish;
zarurat boʻlganda, Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyati bilan kelishgan holda, boshqa tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislarini tekshirishlarda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hayʼati materiallarini va vazirlik buyruqlarini tayyorlashda qatnashish uchun jalb etish.
6. Nazorat inspeksiyasi quyidagilarga majburdir:
“Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunchilik va normativ hujjatlar talablarini bajarish;
davlat siriga va amalga oshirilayotgan ishlarning maxfiylik rejimiga, oʻtkazilayotgan tekshirish va taftishlarning oshkor qilinmasligiga qatʼiyan rioya etish;
sogʻliqni saqlash boshqaruv organlari, tekshirilayotgan davolash-profilaktika va dorixona muassasalari faoliyatining malakali, xolisona, asosli baholanishini taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
V. NAZORAT INSPEKSIYASI IShLARINI TAShKIL ETISh
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi tarkibi belgilab qoʻyiladi hamda oliy yuridik, tibbiy, farmatsevtik va iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanadi.
8. Nazorat inspeksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tayinlaydigan boshliq boshqaradi.
9. Nazorat inspeksiyasi xodimlari inspeksiya boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi ishlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tasdiqlaydigan yillik rejalar boʻyicha amalga oshiradi.
11. Nazorat inspeksiyasi xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish 2 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi. Attestatsiyani oʻtkazish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri belgilaydi.
VI. NAZORAT INSPEKSIYASI XODIMLARINING JAVOBGARLIGI
12. Nazorat inspeksiyasi xodimlari lavozimi boʻyicha qoida buzilishlari uchun amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartibda javob beradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi shtatlarining hududiy taqsimlanishi
Sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Sogʻliqni saqlashni boshqarish hududiy organi maqomini, vazifalarini, funksiyalarini, vakolatlarini va uning faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
2. Sogʻliqni saqlashni boshqarish organi (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb ataladi) respublika sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari yagona tizimidagi hududiy boʻgʻin hisoblanadi va u oʻz faoliyatida tegishli hokimlikka va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga boʻysunadi.
Boshqarma oʻz ishini davlat boshqaruvi boshqa organlari va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
3. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Sogʻliqni saqlash vazirligining normativ hujjatlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hujjatlariga, boshqa normativ hujjatlarga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Boshqarma, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, tasarrufidagi hududda joylashgan sogʻliqni saqlash muassasalarining oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va nazorat qiladi, sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini hamda tartibga solishni amalga oshiradi.
5. Boshqarma budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadi, yuridik shaxs hisoblanadi, tezkor boshqarish huquqi bilan alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob schyotlariga va boshqa schyotlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
II. BOShQARMANING ASOSIY VAZIFALARI
6. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
fuqarolar salomatligini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikning bajarilishini taʼminlash;
aholiga tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil qilish, tasarrufidagi hududda onalik va bolalikni muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, ular tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati, budjet mablagʻlaridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
profilaktik sogʻliqni saqlashni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish;
tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlashni boshqarishning barcha darajalarida aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimini tashkil qilish va mustahkamlash;
bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, maqsadli dasturlarni amalga oshirish asosida sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni taʼminlash;
sogʻliqni saqlashni texnika bilan qayta jihozlash va uning moddiy bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, tashxis qoʻyishga, bemorlarni davolash va sogʻlomlashtirishga zamonaviy texnologiyalar va texnika vositalarini joriy etish; fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini tibbiyot amaliyotiga joriy qilish;
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini tayyorlash hamda ularning kasbiy darajasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
xususiy sogʻliqni saqlash tuzilmalari faoliyatini rivojlantirishga va tashkil qilishga koʻmaklashish;
xorijiy investitsiyalarni, xalqaro tashkilotlar, jamgʻarmalar va jamoat tashkilotlari mablagʻlarini sogʻliqni saqlash tizimiga jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. SOGʻLIQNI SAQLASh BOShQARMASINING FUNKSIYALARI
7. Sogʻliqni saqlash boshqarmasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, ularni amalga oshirishda davlat, jamoat tuzilmalarining va boshqa tuzilmalarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
aholiga dastlabki tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil qiladi, undan barchaning bahramand boʻlishini taʼminlaydi, tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifatining tibbiy-sanitariya standartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
muntazam nazoratdagi bemorlar kontingentining tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
kasallanish profilaktikasini takomillashtirish va aholiga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
tasarrufidagi butun hududda aholiga favqulodda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishni taʼminlaydi;
yuqumli, parazit kasalliklarning, shuningdek insonning yashashiga noqulay taʼsir koʻrsatuvchi muhit omillari bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklar va boshqa kasalliklarning oldini olishga doir ishlarni amalga oshiradi;
onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmatini rivojlantiradi, sud-tibbiy ekspertizani va sud-ruhiy ekspertizani taʼminlaydi;
rahbar xodimlarning malakaviy tarkibi va kasbiy saviyasi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tibbiyot muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan butlashni va vrachlar, farmatsevtlar va tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirishni taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Boshqarma nomenklaturasidagi lavozimlarga kadrlar tanlashni amalga oshiradi va Boshqarmani yuqori malakali kadrlar bilan butlashni taʼminlaydi;
fan, texnika va ilgʻor tajriba yutuqlarini tibbiy amaliyotga joriy etishga koʻmaklashadi;
iqtisodiy va moliyaviy ishlarni tashkil qiladi, tasarrufidagi muassasalar faoliyatini tahlil qiladi, shuningdek budjet mablagʻlaridan samarali va belgilangan maqsadda foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sogʻliqni saqlashda statistikani yuritish ishlarini tashkil qiladi, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalarda statistik hisobga olish va hisobot tartibotiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, statistik axborotlarning ishonchliligini nazorat qiladi;
Boshqarma tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlar tuzilmasini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshiradi, tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ular toʻgʻrisidagi nizomlar va ustavlarni tasdiqlaydi;
tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlash muassasalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, sogʻliqni saqlashning nodavlat (xususiy) sektorini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi shart-sharoitlar yaratadi;
turli favqulodda vaziyatlar va halokatlarni bartaraf etish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi, odamlarning hayotini saqlash va salomatligini muhofaza qilishga, fuqarolarni favqulodda vaziyat hududidagi vaziyat va koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida xabardor qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqadi, Boshqarma tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatidagi qonunchilik buzilishlarini, kamchiliklarni bartaraf etishga doir zarur chora-tadbirlarni koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda xalqaro aloqalarni, sogʻliqni saqlash sohasidagi chet el tajribasini oʻrganishni va undan foydalanishni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
IV. SOGʻLIQNI SAQLASh BOShQARMASINING HUQUQLARI
8. Boshqarma quyidagi huquqlarga ega:
tasarrufidagi muassasalarda sogʻliqni saqlashni rivojlantirish, ishlarni takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, malakali tibbiyot kadrlari tayyorlash masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun vakolatli organlarga belgilangan tartibda kiritish;
oʻz vakolatiga kiruvchi sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, kengashlar, uchrashuvlar oʻtkazish, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish;
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan Boshqarmaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotlarni soʻrash va olish;
tibbiy kengash majlislarida, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sogʻliqni saqlash muassasalari va tashkilotlari rahbarlarining Boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha axborotlarini eshitish;
hududdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish uchun hokimlik huzuridagi Favqulodda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasiga kiritish;
oʻziga tegishli muammolarni hal qilishga ilmiy muassasalarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va bank hamda boshqa kredit muassasalarida qonunchilikda belgilangan tartibda valyuta schyotlariga ega boʻlish;
budjetdan tashqari mablagʻlardan xodimlarning samarali mehnatini ragʻbatlantirishda foydalanish;
tasarrufidagi muassasalarning amaldagi qonunchilikka xilof ravishda chiqarilgan buyruqlarini bekor qilish.
V. BOShQARMA IShLARINI TAShKIL ETISh
9. Sogʻliqni saqlash boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, hokim tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Boshliq boshchilik qiladi.
Boshliq Boshqarmaga yuklangan vazifalar bajarilishi va uning oʻz funksiyalarini amalga oshirishi uchun shaxsan javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Boshqarma boshligʻi:
Boshqarmaga va unga qarashli muassasalar, tashkilotlar, korxonalar faoliyatiga rahbarlik qiladi;
oʻz vakolati doirasida buyruqlar, yoʻriqnomalar chiqaradi hamda oʻziga qarashli barcha muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi va ularning ijrosini tekshiradi;
Boshqarmaning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Boshqarmaga qarashli tashkilotlar va muassasalar nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi;
Boshqarma apparati xodimlarini va oʻziga qarashli tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini belgilangan nomenklaturaga muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Boshqarma apparati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilaydi;
alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni faxriy unvonlar va mukofotlar berishga belgilangan tartibda taqdim etadi;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻladi.
11. Boshqarmada boshliq — tibbiy kengash raisi, lavozimiga koʻra uning oʻrinbosarlari, shuningdek sogʻliqni saqlash muassasalarining boshqa rahbarlari — kengash aʼzolari boʻlgan tibbiy kengash tashkil etiladi. Aʼzolarning shaxsiy tarkibi tegishli hokimlik tomonidan tasdiqlanadi.
12. Tibbiy kengash maslahat organi hisoblanadi hamda oʻz majlislarida tasarrufidagi hududda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishning va Boshqarma, shuningdek uning tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatining, kadrlar tanlash va ularni joy-joyiga qoʻyish, qabul qilingan qarorlar bajarilishini tekshirishning asosiy masalalarini koʻrib chiqadi, Boshqarma tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining axborotlarini eshitadi.
Tibbiy kengash qarorlari Boshqarma boshligʻining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Sogʻliqni saqlash hududiy boshqarmasi ijro etuvchi apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.