06.05.2002 yildagi 154-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.10.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JISMONIY SHAXSLAR TOMONIDAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA TOVARLAR OLIB KELINISHINI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish va ular yuklarini bojxonada rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2002-yil 1-iyundan boshlab tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib keluvchi jismoniy shaxslar uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularni yuridik shaxs tashkil etmasdan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish va chakana savdo qilish huquqi bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda majburiy roʻyxatdan oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinadigan tovarlardan qoʻshilgan qiymat soligʻi, bojxona bojlari va yigʻimlar oʻrniga yagona bojxona toʻlovi toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona toʻlovlari undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinadigan aksiz soligʻi solinadigan tovarlarga amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va stavkalar boʻyicha aksiz soligʻi solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-sentabrdagi 335-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 17-18-son, 142-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmasdan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish va chakana savdo qilish huquqi bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan jismoniy shaxslar tomonidan olib kelingan tovarlarni sotish tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganligini va bojxona toʻlovlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-oktabrdagi 446-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Yagona bojxona toʻlovini undirish va uning summasini davlat budjetiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tabaqalashtirilgan stavkalar qoʻllanilishi nazarda tutilsin, ular olib kelinadigan tovarlarning fizik oʻlchov birliklari va bojxona qiymati bilan oʻzaro muvofiqlashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda tovarlarning xususiyatidan, miqdoridan va ularning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi darajasidan kelib chiqib tovarlarning olib kelinishi maqsadini aniqlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda olib chiqilgan va olib kirilgan tovarlar hajmlarining bojxona organlarida elektron hisobga olinishi tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin (maʼlumotlar har chorakda soliq organlariga berilgan holda).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat soliq qoʻmitasi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining va Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi huzuridagi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishgan holda:
Keyingi tahrirga qarang.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-yanvardagi 27-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 12-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qiluvchi jismoniy shaxslarda tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinishini tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini rejadan tashqari tekshirish huquqi berilsin. Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda tovar musodara qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari sotuvchi ulgurji va chakana savdo subyektlarida, shuningdek umumiy ovqatlanish subyektlarida alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari belgilangan tartibga muvofiq sotilishini rejadan tashqari tekshirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har chorakda Vazirlar Mahkamasiga mazkur bandning bajarilishi natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 9-son, 68-modda, 17-18-son, 142-modda; 2003-y., 1-2-son, 12-modda, 20-son, 187-modda; 2004-y., 44-son, 462-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda, 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)