OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrugʻi
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 15-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1136-3]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-avgustdagi 24-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3553, 27.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2015-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi OʻRQ-379-son Qonuni)”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2002-yil 1-apreldagi 21-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1136, 2002-yil 8-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 9-son) bilan tasdiqlangan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 8-aprel,
10-B-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 8 aperldagi 10-B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 15-bandning uchinchi xatboshisidagi “Ikkinchi jahon urushi” degan soʻzlar “1941 — 1945-yillardagi urush” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ikkinchi jahon urushining” degan soʻzlar “1941 — 1945-yillardagi urush” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 26-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ikkinchi jahon urushi” degan soʻzlar “1941 — 1945-yillardagi urush” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2015-yil 8-aprel
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 8-aprel
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2015-yil 8-aprel
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2015-yil 8-aprel
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2015-yil 8-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 189-modda)