Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOSHKENT SHAHAR QURILISH KOMPLEKSINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Kapital qurilishni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, Toshkent shahar qurilish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar pudrat qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalari “Toshkentqurilish” qurilish uyushmasi muassislarining uyushmani tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Toshkentqurilish” qurilish uyushmasini tugatish boʻyicha tugatish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
Tugatish komissiyasi 2 oy muddatda “Toshkentqurilish” uyushmasini tugatish, shuningdek uning majburiyatlari va talablari masalalarini hal etish ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etsin.
3. Toshkent shahar hokimligining hokimlik apparati tarkibida Toshkent shahar hokimining qurilish, uy-joy va kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyati negizida shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 2-ilovaga muvofiq 14 nafar boʻlgan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) Qurilish va investitsiya dasturlari departamentini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin:
shaharni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, Toshkent shahrining bosh rejasini va shahar kommunikatsiyalarini rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish;
investitsiya dasturlari shakllantirilishini, ularni amalga oshirishning monitoringini tashkil etish;
pudrat va loyiha ishlari bozorlari rivojlantirilishini muvofiqlashtirish, qurilish faoliyatida shartnoma munosabatlarining rolini kuchaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, hamma joyda buyurtmalarni joylashtirishda tender savdolarini joriy etish;
pudrat qurilish ishlari bozorini oʻrganish, marketing tadqiqotlari oʻtkazish, shaharning pudrat tashkilotlariga pudrat ishlari respublika bozorlariga va tashqi bozorlarga chiqishda koʻmaklashish;
ilgʻor qurilish texnologiyalarini, qurilish ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etishda qurilish qatnashchilariga koʻmaklashish, shaharning qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalariga konsalting, injiniring va axborot xizmatlari koʻrsatish;
xususiy qurilish firmalari tashkil etilishiga, shaharning qurilish kompleksida kichik va oʻrta korxonalar hamda bozor infratuzilmasi tashkilotlari rivojlanishiga koʻmaklashish;
Keyingi tahrirga qarang.
shahar qurilish kompleksi kadrlari malakasini oshirishni tashkil etish ishlarini takomillashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Toshkent shahar hokimligi:
Departamentning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, shaharning qurilish kompleksi pudrat qurilish tashkilotlari, qurilish industriyasi, mexanizatsiyalash va transport korxonalari bilan shartnoma asosidagi oʻzaro munosabatlari tartibini nazarda tutuvchi Qurilish va investitsiya dasturlari departamenti toʻgʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal xoʻjaligi, transport va aloqa kompleksi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Toshkent shahar hokimligining budjetdan tashqari jamgʻarmalarini koʻrsatib oʻtilgan Departamentni moliyalash manbai etib belgilasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga 2-ilovaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov va Toshkent shahar hokimi R.M.Shoabdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-aprel,
147-son
Qurilish va investitsiya dasturlari departamentining
TUZILMASI
TUZILMASI
Departament xodimlarining cheklangan soni — 14 kishi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 8-son, 55-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda)