Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOSHKENT SHAHAR QURILISH KOMPLEKSINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Kapital qurilishni boshqarishning tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, Toshkent shahar qurilish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish samaradorligini oshirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar pudrat qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalari “Toshkentqurilish” qurilish uyushmasi muassislarining uyushmani tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Toshkentqurilish” qurilish uyushmasini tugatish boʻyicha tugatish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
Tugatish komissiyasi 2 oy muddatda “Toshkentqurilish” uyushmasini tugatish, shuningdek uning majburiyatlari va talablari masalalarini hal etish ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3050-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Toshkent shahar hokimligi:
Departamentning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, shaharning qurilish kompleksi pudrat qurilish tashkilotlari, qurilish industriyasi, mexanizatsiyalash va transport korxonalari bilan shartnoma asosidagi oʻzaro munosabatlari tartibini nazarda tutuvchi Qurilish va investitsiya dasturlari departamenti toʻgʻrisidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal xoʻjaligi, transport va aloqa kompleksi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Toshkent shahar hokimligining budjetdan tashqari jamgʻarmalarini koʻrsatib oʻtilgan Departamentni moliyalash manbai etib belgilasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari apparati tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1997-yil 17-iyundagi 301-son qaroriga 2-ilovaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N.Toʻlaganov va Toshkent shahar hokimi R.M.Shoabdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 29-aprel,
147-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3050-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 8-son, 55-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda)