Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son qaroriga muvofiq, shuningdek axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2012-yil 19-dekabrdagi 355-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-aprel,
87-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-apreldagi 87-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Vazirlik axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Vazirlik:
axborotlashtirish, elektron raqamli imzodan foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida maxsus vakolatli organ;
Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini shakllantirish va uning samarali faoliyatini taʼminlovchi maxsus vakolatli organ;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyati turlarini litsenziyalovchi organ;
2013 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining ishchi organi;
radiochastota organi hisoblanadi;
Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashining ishchi organi hisoblanadi hamda uning faoliyatini tashkiliy-texnik, normativ-huquqiy jihatdan taʼminlash, muvofiqlashtirish, materiallarni ishlab chiqish va tayyorlashga doir joriy tezkor ishlarni bajaradi;
Xalqaro elektraloqa ittifoqida, Butunjahon pochta ittifoqida hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi boshqa xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalovchi organ hisoblanadi.
5. Vazirlikning elektromagnit moslashuv va radiochastota spektri monitoringini taʼminlash boʻyicha radiochastota organi sifatidagi funksiyasini “Elektromagnit moslashuv markazi” Davlat unitar korxonasi bajaradi.
6. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
7. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
8. Vazirlik “Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbektelekom” va “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyalarining ustav fondlaridagi aksiyalar davlat paketlari boʻyicha aksiyador huquqlarini amalga oshiradi.
9. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Vazirlikning vazifalari hisoblanadi:
a) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, axborotni himoya qilish va undan foydalanishning jahon darajasidan kelib chiqqan holda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan Internet tarmogʻiga, mobil va yoʻldosh aloqa tarmoqlariga keng polosali ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi va teleradioeshittirishning raqamli tizimlariga toʻliq oʻtishni taʼminlash;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, pochta aloqasi, “Elektron hukumat” tizimi, ommaviy kommunikatsiyalar rivojlanishi, xalqaro standartlar, texnik reglamentlar, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari axborotlashtirilishi darajasini baholash mezonlari va indikatorlari joriy etilishi, shuningdek radiochastota spektridan samarali foydalanish, milliy axborot makoni monitoringi ustidan davlat boshqaruvi va nazoratini amalga oshirish;
investitsiya siyosatini shakllantirishda ishtirok etish, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasiga investitsiyalar jalb etilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, axborotlashtirish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, axborot xavfsizligini taʼminlash, kadrlar tayyorlash va innovatsion faoliyat, ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida, shuningdek Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish, axborot xavfsizligini taʼminlash, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasida:
“Elektron hukumat” tizimini joriy etish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlashtirish va interaktiv davlat xizmatlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirish, baholash va nazorat qilish boʻyicha davlat dasturlari amalga oshirilishini taʼminlash va bajarilishini tahlil qilish, shuningdek davlat axborot resurslari hamda maʼlumot bazalarini shakllantirish, saqlash va foydalanishning yagona tizimini yaratish, idoralararo axborot tizimlarini yaratish va boshqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini ishlab chiqish va joriy etish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat hisoboti shakllarini ishlab chiqish, idoraviy statistika hisoboti shakllarini ishlab chiqish va tasdiqlash, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida statistika maʼlumotlarini toʻplash, tahlil qilish, umumlashtirish va vakolatli davlat organiga yuborish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ularning funksional va operatsion jarayonlarini qayta tashkil etish va maqbullashtirish, maʼmuriy tartibotlarni axborotlashtirish va interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish samaradorligini oshirish, shuningdek Internet tarmogʻida ochiq maʼlumotlar bazalarini shakllantirish tizimini tashkil etish va ulardan erkin va faol foydalanish siyosatini amalga oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Internet tarmogʻining milliy segmenti yanada shakllantirilishini taʼminlash, mamlakatimizning turli yoʻnalishlardagi zamonaviy veb-saytlarini, shu jumladan aholining, ayniqsa, yosh avlodning axborotga boʻlgan va intellektual talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadida axborot resurslarini rivojlantirish uchun zarur texnik va qulay shart-sharoitlarni yaratish;
raqobatdosh dasturiy mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini hamda ular va xizmatlarning ichki bozorini rivojlantirishga koʻmaklashish va uning muvofiqlashtirilishini, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida va isteʼmolchilarning ehtiyojlari uchun zamonaviy dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy etilishini taʼminlash;
keyinchalik aniq tavsiyalar va takliflar tayyorlagan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borish, tahlil qilish va samaradorligini baholash;
v) telekommunikatsiyalar va pochta aloqasini rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yagona siyosat amalga oshirilishi, shuningdek kommunikatsiyalarning zamonaviy tizimlari joriy etilishi sohasida:
telekommunikatsiyalar sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshirish, telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar va provaydyerlar faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash, ularning texnik holati va favqulodda vaziyatlardagi harakatlarga tayyorligi ustidan nazorat qilish;
axborot xavfsizligini taʼminlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish boʻyicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish;
telekommunikatsiyalar, standartlashtirish, metrologik taʼmirlash, telekommunikatsiyalarning texnik vositalarini sertifikatlash sohasidagi faoliyatni litsenziyalash va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, yagona ilmiy-texnik siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari shartlari bajarilishi, radiochastota spektridan samarali foydalanish va tarmoqning tegishli tashkilotlari orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlari, pochta aloqasi, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash ishlarining sifati ustidan nazorat qilishni tashkil etish;
ommaviy kommunikatsiyalar, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yoʻldosh tizimlar, Internet tarmogʻi, axborotni, shuningdek bosma mahsulotlarni yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablariga rioya etishi yuzasidan monitoring olib borish;
umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, axborotlashtirish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish sohasida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
telefon raqamlash, raqamlash sigʻimlari, signalizatsiya punktlari kodlari, telekommunikatsiyalar tarmoqlari kodlari ajratish rejasi va tizimini tasdiqlash, ulardan foydalanish hisobini yuritish va nazorat qilish, Internet tarmogʻi milliy segmenti aniq yoʻnaltirilgan makonini taqsimlash;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlari sifati normalarini belgilash va ularga rioya qilinishini nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlari tarqatilishi sohasida tartibga solishni taʼminlash va boshqarish;
tegishli maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash chora-tadbirlarini, pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari uchun ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat tizimi joriy etilishini tashkil etish.
11. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida:
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasini istiqbolli rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini, shu jumladan keng polosali ulanishning zamonaviy vositalarini, maʼlumotlar uzatishning raqamli tizimlarini, yoʻldosh va mobil aloqani, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni, yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni kengaytirish, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil etish, axborot tizimlari va resurslarini joriy etish boʻyicha bosqichma-bosqich dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
axborotlashtirishni, telekommunikatsiyalar tarmoqlari va pochta aloqasi, radioaloqa, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar hamda matbuotni tarqatish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvor vazifalarni shakllantiradi va amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya siyosati ishlab chiqilishida va amalga oshirilishida hamda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirishga, “Elektron hukumat” tizimini yanada joriy etishga, Internet tarmogʻining milliy segmentini rivojlantirishga, shu jumladan davlat buyurtmasi doirasida, pochta aloqasi vositalari va tarmoqlarini, telekommunikatsiyalar, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni, radiomonitoringning texnik vositalarini, dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda ishtirok etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish uchun beriladigan xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy mamlakatlarning hukumatlari grantlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish uchun investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha tender savdolari va tanlovlar oʻtkazilishini tashkil etadi va ularda ishtirok etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, maʼmuriy tartibotlarni axborotlashtirish, mintaqada telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar va matbuotni tarqatish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirishda Vazirlik hududiy boshqarmalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida foydalaniladigan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va axborot tizimlari integratsiyasini taʼminlash maqsadida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va milliy axborot tizimini shakllantirish boʻyicha yagona texnik siyosatni belgilaydi va amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
fan va marketing tadqiqotlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, maʼmuriy tartibotlar va davlat xizmatlari, aloqa tarmoqlari va xizmatlarini, standartlar va texnik shartlarni rivojlantirish monitoringini olib borish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni rivojlantirishning mamlakat va jahon anʼanalarini, radiochastota spektridan foydalanishni oʻrganish va tahlil qilish ishlarini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalari va pochta aloqasi sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratilishiga, raqobatni rivojlantirishga va isteʼmolchilarning huquqlari himoya qilinishiga koʻmaklashadi;
“Elektron hukumat” tizimini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirishga texnik koʻmak mablagʻlarini jalb etish masalalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga doir takliflar tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlatlararo va hukumatlararo shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro idoralararo shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi;
umumiy qabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, radiochastota spektridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda kelishadi;
Keyingi tahrirga qarang.
umumiy texnik reglamentlar va davlat standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda taqdim etadi, xalqaro standartlarni davlat standartlari sifatida qabul qilish ishlarini tashkil etadi, mamlakatning yagona axborot makonini shakllantirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish uchun maxsus texnik reglamentlar va normativ hujjatlarni, radioelektron vositalarga va yuqori chastotali qurilmalarga, telekommunikatsiyalar vositalariga va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
ommaviy kommunikatsiyalar, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yoʻldosh tizimlar, Internet tarmogʻi, axborotni, shuningdek bosma mahsulotni yetkazish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi orqali nazorat qilishni tashkil etadi;
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, axborotlashtirish va radiochastota spektri, shuningdek ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, milliy axborot makoni monitoringi va Vazirlik faoliyatining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha texnik vositalarni standartlashtirish, metrologik taʼminlash, sertifikatlashtirish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish masalalari tartibga solinishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish sohasida:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida foydalaniladigan axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va integratsiyalashning kelishilgan mexanizmi joriy etilishini nazarda tutuvchi “Elektron hukumat” tizimi shakllantirilishiga yagona texnologik yondashuvni taʼminlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida “Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirish samaradorligini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini tahlil qilish va baholashni, shuningdek NIS.UZ idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimida taqdim etiladigan axborotning sifati va ishonchliligini taʼminlaydi, keyinchalik ularni takomillashtirish yuzasidan aniq tavsiyalar va takliflarni tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligi indikatorlarini, davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini va maʼmuriy tartibotlarni axborotlashtirish darajasini baholash mezonlari va mexanizmlarini ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maʼmuriy tartibotlari, funksional va operatsion jarayonlarini tizimli qayta tashkil etish va axborotlashtirishni tahlil qiladi va uning natijalari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish samaradorligini baholaydi va baholash natijalari boʻyicha interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada yaxshilash va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga xarajatlari smetasini koʻrib chiqadi va kelishadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holatini oʻrganish va tekshirishni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga normativ-metodik rahbarlik qiladi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot tizimlari reyestri, ularning komplekslari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazalari shakllantirilishi va yuritilishini amalga oshiradi;
idoralararo axborot ayirboshlashning yagona reglamentlari va formatlarini birxillashtirishni va ulardan foydalanishni taʼminlash uchun “Elektron hukumat” tizimida qoʻllaniladigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining elektron klassifikatorlari tashkil etilishi va shakllantirilishini muvofiqlashtiradi;
davlat ochiq maʼlumotlar bazalarini tashkil etish va shakllantirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularning tarqatilishi sifatini va Internet tarmogʻida faol foydalanilishini oʻrganadi va tahlil qiladi;
maʼlumotlar bazalari, axborot tizimlari va resurslarini yaratish, joriy etish, integratsiyalash va takomillashtirish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining texnik va loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish roʻyxatini kengaytirish va sifatini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat xizmatlari, shuningdek foydalaniladigan shakllar va blankalarni ularni keyinchalik Davlat xizmatlari, shakllar va blanklarning yagona reyestriga kiritgan hamda davlat xizmatlarini tartibga solish yuzasidan takliflar kiritgan holda xatlovdan oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
aholining, ayniqsa yosh avlodning axborotga boʻlgan va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun Internet tarmogʻining milliy segmentini yanada shakllantirishga mamlakatimizning zamonaviy axborot resurslarini rivojlantirishga qaratilgan texnik va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash va xodimlarning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularga idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi boʻyicha talablarga muvofiqlik yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etadi;
axborot tizimlari tashkil etilishiga, axborot resurslari shakllantirilishiga, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida xizmatlar doirasi kengaytirilishiga koʻmaklashadi;
v) iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish borasida:
Dasturiy taʼminlashni ishlab chiquvchilar milliy reyestri yuritilishini va yanada rivojlantirilishini amalga oshiradi hamda raqobatbardoshli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilishini ragʻbatlantirish yuzasidan takliflar kiritadi, shuningdek istiqbolli loyihalarni va innovatsion texnologiyalarni yaratish bilan band boʻlgan yosh isteʼdodli dasturchilarni qoʻllab-quvvatlaydi;
xoʻjalik boshqaruvi organlarining boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarida axborot tizimlarini va dasturiy mahsulotlarni keng joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
birinchi navbatda ichki ehtiyojlarni qondirish uchun zamonaviy mahalliy va raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirishda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimi doirasida yangidan ishlab chiqiladigan, moslashtiriladigan yoki xarid qilinadigan ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlarning majburiy ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlari uchun ulardan foydalanishga ruxsatnoma beradi;
g) elektron raqamli imzodan foydalanishni rivojlantirish sohasida:
elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini beradi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlari faoliyati ustidan nazorat qiladi va elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining Yagona davlat reyestrini yuritadi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning ulardan erkin foydalanilishini taʼminlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga koʻra elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi;
d) telekommunikatsiyalar va pochta aloqasini rivojlantirish, shuningdek kommunikatsiyalarning zamonaviy vositalarini joriy etish sohasida:
radiochastota spektrini taqsimlash va undan foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi, ushbu sohada qonun hujjatlariga rioya qilish ustidan nazorat qiladi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, ularning samarali ishlashini taʼminlash, telekommunikatsiyalar resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish, telekommunikatsiya xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarni toʻliqroq qondirish uchun turli operatorlar telekommunikatsiyalari, idoraviy tarmoqlar egalarining tarmoqlarini boshqarishni muvofiqlashtirish tizimini tashkil etish, shuningdek tarmoqlardan davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlarini koʻzlab ustuvor foydalanishni taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;
telekommunikatsiyalar sohasida yuridik shaxslar faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari bajarilishini, radiochastota spektridan samarali foydalanishni, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlari sohasida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha texnik va texnologik talablar, shu jumladan maʼlumotlar uzatish, telekoʻrsatuvlar, radioeshittirishlar, davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning axborot tizimlarida, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ishlarni nazorat va tahlil qilishni tashkil etadi;
telekommunikatsiyalar, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari tarmoqlari, tizimlari va vositalarini yaratish hamda ularning faoliyatini taʼminlash boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish qoidalari va tartibini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlari tarqalishi sohasida davlat boshqaruvi funksiyasini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradio mahsulotlarini tarqatish huquqiga taqdim etilgan hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi ekspertizasi oʻtkazilishini tashkil etadi;
telefonlarni raqamlash rejasi va tizimini tasdiqlaydi, raqam sigʻimlarini, signalizatsiya punktlari kodlarini, telekommunikatsiyalar tarmoqlarini identifikatsiyalash kodlarini ajratadi, ular hisobini oladi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qiladi, Internet tarmogʻi milliy segmentining manzilli makonini taqsimlaydi;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari sifatiga qoʻyiladigan talablarni, shuningdek tegishli maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlari roʻyxatini tasdiqlaydi;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalarning universal xizmatlariga tariflarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
tegishli maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda telekommunikatsiyalar xizmatlarining ayrim turlari roʻyxatini belgilaydi, shuningdek ularga boʻlgan tariflarni va foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olgan holda tarmoqlararo birikuvlarni belgilangan tartibda kelishadi;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlari koʻrsatkichlarini va xizmatlar sifati normalarini va ishonchliligini tasdiqlaydi va belgilangan tartibda nazorat qiladi;
telekommunikatsiyalar, maʼlumotlar uzatish, pochta aloqasi tarmoqlarini birlashtirish va operatorlar, provaydyerlar tomonidan oʻzaro xizmatlar koʻrsatilishi va ular oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlarini tasdiqlaydi;
radiochastota spektri, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish monitoringi, shuningdek radioxalaqitlarni, shu jumladan industrial xalaqitlarni bartaraf etish ishlarini tashkil etadi;
pochta toʻlovi davlat belgilarining namunalarini tasdiqlaydi va pochta markalarini nashr etish, ularni muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish tartibini belgilaydi;
pochta indekslarini, yozma xat-xabarlarni olib qoʻyish chastotalari normativlarini, shuningdek pochta aloqasi operatorlari va provaydyerlari uchun majburiy boʻlgan pochta joʻnatmalari oʻtishining nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;
pochta aloqasi operatorlari va provaydyerlarining transport vositalarida joylashtiriladigan, pochta, kuryerlik joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashishda ishlatiladigan farqlovchi maxsus belgilarni tasdiqlaydi;
pochta toʻlovi davlat belgilarining davlat kolleksiyasini shakllantiradi;
frankirlash mashinalaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
pochta aloqasi milliy operatori xodimining formali kiyim-boshi va koʻkrak nishonini tasdiqlash va formali kiyimda yurish tartibini belgilaydi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat tizimi joriy etilishini tashkil etadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ichki nazorat qoidalariga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish masalalari boʻyicha ishlarga rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;
Vazirlik tizimining safarbarlik rejasini, moddiy mablagʻlar davlat zaxirasida jamgʻarmalar tuzilmasi, tarkibi, normalari va rejasini ishlab chiqadi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini aloqa bilan taʼminlash, Vazirlik tizimining alohida muhim obyektlarini qoʻriqlash uchun harbiy qismning kuchlari va vositalari bilan avariya-tiklash ishlari bajarilishini tashkil etadi;
e) axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yagona siyosatni amalga oshirish sohasida:
telekommunikatsiya tarmoqlarida, teleradioefirda va axborot tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlash, Internet tarmogʻi orqali aholining, ayniqsa yosh avlodning dunyoqarashi va ongiga salbiy taʼsirning oldini olish uchun axborot resurslarini himoya qilish boʻyicha texnik infratuzilmalarni yanada rivojlantirish boʻyicha yagona siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va pochta aloqasi, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, axborot tizimlarida axborot xavfsizligini, zamonaviy talablardan kelib chiqib axborot tizimlarini himoyalashning samarali vositalari va usullari joriy etilishini, tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlari joriy etilishini, shuningdek ulardan davlat, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlarini koʻzlab va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida ustuvor foydalanishni taʼminlaydi;
manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizligini, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, axborotlashtirish sohasida alohida muhim va toifalangan obyektlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning texnik kuch va vositalaridan foydalangan holda tabiiy ofatlar oqibatlarining bartaraf etilishini taʼminlash maqsadida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda ularning bajarilishini tashkil etadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini loyihalashtirish, yaratish, ishlab chiqish, amalga oshirish, taʼmirlash va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining axborot makoniga ruxsatsiz kirishga urinishlardan va kompyuter virus hujumlaridan oʻz vaqtida xabardor qilish va munosabat bildirishning usul va vositalaridan foydalangan holda Internet tarmogʻining milliy segmenti veb-saytlari axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha idoralararo oʻzaro hamkorlik mexanizmini amalga oshiradi;
axborot xavfsizligini taʼminlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiyalar, pochta aloqasi, axborotlashtirish va radiochastota spektri sohasida monitoring olib borish, huquqni buzishlarni aniqlash va ularga barham berish yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
pochta aloqasi, telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalari, maʼlumotlarni uzatish, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, axborot tizimlari va resurslari, radiochastota spektridan foydalanish sohasida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha talablarni belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan birgalikda hisobga olish registrlaridagi elektron yozuvlarning but saqlanishini taʼminlash tartibini belgilaydi.
(11-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
j) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish, axborot xavfsizligini taʼminlash, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasida:
Keyingi tahrirga qarang.
dasturiy vositalar, maʼlumotlar bazalari, milliy axborot resurslarini ishlab chiqish, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda barcha darajalardagi axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish yoʻnalishlari boʻyicha axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy bozori rivojlanishi tendensiyalarini va xorijiy tajribani hisobga olgan holda taʼlimning yangi yoʻnalishlari uchun axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha taʼlim standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
oʻquv jarayonlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha, shu jumladan yetakchi xorijiy taʼlim muassasalarining mutaxassislarini va ekspertlarni jalb etgan holda taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibini tayyorlash va ularning malakasini oshirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bazasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining kompyuter texnikasida va Internet tarmogʻida ishlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olish boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etadi;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va dasturiy injiniring, telekommunikatsiya va televizion texnologiyalar, pochta aloqasi texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida menejment va iqtisodiyot kasblar, taʼlim yoʻnalishlari va ixtisoslashuvlar boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining iqtidorli talabalari va oʻquvchilari uchun Vazirlikning stipendiyalarini belgilaydi;
z) hududiy boshqarmalar, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishini samarali muvofiqlashtirish sohasida:
hududiy boshqarmalar, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Respublika axborot-kutubxona markazi va mintaqaviy axborot-kutubxona markazlari faoliyatini takomillashtirishni tashkil etadi va u yuzasidan chora-tadbirlar koʻradi.
12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarini bevosita, shuningdek hududiy boshqarmalar, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar orqali hal etadi.
III. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
13. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
“Elektron hukumat” tizimi loyihalarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi, idoralararo axborot tizimlari va resurslarining rivojlanishi va joriy etilishini monitoring qilish, oʻrganish va nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasi va samaradorligini, shuningdek interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatilishi sifatini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish doirasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrsatmalar yuborish;
Keyingi tahrirga qarang.
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish va rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarini javobgarlikka tortish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish darajasini, samaradorligini va sifatini baholash natijalaridan kelib chiqqan holda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining lavozimiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
axborot-tahlil hamda ekspert ishlarini amalga oshirish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, shuningdek olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish masalalarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq majlislarida belgilangan tartibda qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan Vazirlik vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha hujjatlarni, statistik maʼlumotlarni,tahliliy materiallarni, xulosalarni va boshqa axborotlarni soʻrash, talab qilish va olish;
Vazirlikning vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi va rivojlantirilishi uchun masʼul boʻlgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqish va kelishish;
telekommunikatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va pochta aloqasi sohasidagi nazorat va monitoring natijalari boʻyicha aniqlangan normativ-huquqiy hujjatlar talablarining buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalar va koʻrsatmalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda “Elektron hukumat” tizimini, maʼmuriy tartibotlarni axborotlashtirishni va interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni joriy etish boʻyicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xarajatlari smetalarini koʻrib chiqishda va kelishishda qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish boʻyicha normalar va qoidalarga tashkilotlar tomonidan rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat olib boradigan hamda belgilangan normalar, standartlar, texnik reglamentlar, koʻrsatiladigan pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlari sifati boʻyicha talablar, respublika hududida foydalaniladigan telekommunikatsiyalar vositalari, radioelektron vositalar radionurlanishlarining va yuqori chastotali qurilmalar parametrlari buzilishiga yoʻl qoʻyayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
dasturiy mahsulotlarning mahalliy ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uchun dasturiy mahsulotlar mahalliy bozorining rivojlanishi holatini tahlil qilish va oʻrganish;
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar xizmatlari sifati koʻrsatkichlari va normalarini qonunchilikka muvofiq belgilash;
telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi, axborotlashtirish, elektron raqamli imzo va radiochastota spektridan foydalanish, axborot xavfsizligi, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar sohasida faoliyatni tartibga soladigan, barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshiradigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan litsenziya bitimlari talablari va shartlari bajarilishi yuzasidan tizimli monitoringni amalga oshirish;
oʻz vakolati doirasida telekommunikatsiyalar operatorlari va provaydyerlari faoliyatini nazorat qilish;
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik boʻyicha nafaqa toʻlash, mavjud kreditorlik qarzlarni uzish, moddiy-texnika bazani mustahkamlash, ijtimoiy rivojlanish va Vazirlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish uchun Vazirlikning Rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Vazirlikning markaziy apparatida va uning idoraviy mansub boʻlinmalarida, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida ishlash uchun, shu jumladan rahbar-konsultantlar oʻrinbosarlari lavozimiga shartnoma asosida yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
favqulodda vaziyatlarda (harbiy harakatlar paytida, zilzilalarda, suv toshqinlarida, yongʻinlarda, epidemiyalarda va boshqalarda) pochta aloqasi, telekommunikatsiyalar va axborot tizimlarining har qanday tarmoqlari va vositalaridan foydalanish ustuvorligini belgilash, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini markazlashtirilgan holda boshqarish, bundan telekommunikatsiya xizmatlari maxsus isteʼmolchilarining telekommunikatsiya tarmoqlari mustasno;
radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olishga (berishga), loyihalashga va qurishga (oʻrnatishga), Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishga va ulardan foydalanishga zarur ruxsatnomalar berish;
radiochastota spektridan foydalanishni toʻxtatish, toʻxtatib turish va cheklash;
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar belgilangan standartlar, texnik reglamentlar va texnik normalarga muvofiq boʻlmaganda, fuqarolarning xavfsizligi, atrof muhit muhofazasi taʼminlanmaganlik holatlari aniqlanganda, radiochastota spektridan foydalanganlik uchun haq toʻlanmaganda, shuningdek alohida holatlarda ulardan foydalanishni belgilangan tartibda taqiqlash.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
14. Vazirlik:
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish va axborot xavfsizligini taʼminlash, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, elektron raqamli imzo va radiochastota spektridan, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasidan foydalanish sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi taʼminlanishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlar amalga oshirilishi va ularning pirovard natijalari;
“Elektron hukumat” tizimini joriy etish, axborotlashtirish va axborot xavfsizligini taʼminlash, telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasiga investitsiyalar jalb etilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi shakllantirilishi va uning samarali ishlashi;
Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi faoliyatini tashkiliy-texnik va normativ-huquqiy taʼminlash;
oʻziga yuklangan boshqa vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
15. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan vazir boshchilik qiladi.
Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan besh nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
16. Vazir ayni vaqtda Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi raisining oʻrinbosari hisoblanadi.
17. Vazir:
Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, hududiy boshqarmalar, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilaydi;
Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga va yoʻnalishlariga rahbarlik qilish yuzasidan, shuningdek hududiy boshqarmalar hamda Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishlari uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligi darajasini belgilaydi.
Vazirlik xodimlari, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va qarorlar chiqaradi hamda koʻrsatmalar beradi;
zarurat boʻlganda, Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari tuzilmasiga Vazirlik xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega;
Vazirlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalarining shtat jadvalini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi va respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Vazirlikning boshqarmalari, boʻlimlari va hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni, shuningdek Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ustavlarini (nizomlarini) belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarini ragʻbatlantirish va ularga intizomiy jazo berish masalalarini hal qiladi, Vazirlik tizimidagi alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlari berishga va davlat mukofotlariga taqdim etadi;
Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarini, Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda imzolaydi.
Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
18. Vazirlikda vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat vazirlik faoliyatining ushbu Nizom bilan belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi.
Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Hayʼat raisi va aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, rais yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikrini yozma ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.
Hayʼat faoliyatining tartibi Hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
19. Vazirlik ekspert kengashlari va boshqa maslahat organlari tashkil etishga haqli, ular toʻgʻrisidagi nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
20. Respublika budjeti hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Vazirlik hamda uning hududiy boshqarmalari va tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
Vazirlikning, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining, Davlat feldyegerlik xizmatining, Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)ning, “Respublika maxsus aloqa uzeli” DUKning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarining, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining joriy taʼminoti respublika budjeti mablagʻlaridan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Quyidagilar:
xodimlarini qoʻshimcha ravishda moddiy ragʻbatlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha xarajatlar, shuningdek Vazirlikning, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlar;
Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, Respublika axborot-kutubxona markazi, “Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi — UNICON.UZ” DUK huzurida faoliyat koʻrsatadigan Aloqa obyektlari davlat kadastri xizmati, Tayanch standartlashtirish tashkiloti, Tayanch metrologiya xizmati, Atamashunoslik va lugʻatlar xizmati, ZiyoNet tarmogʻi resurs markazi, Milliy axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirish departamenti, “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi huzurida faoliyat koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot jihatidan taʼminlash va rivojlantirish guruhi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi taʼminoti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik va uning tashkilotlari faoliyati qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga ham moliyalashtirilishi mumkin.
21. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan xodimlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
a) muayyan muddat xizmat qilganlik uchun har oylik ustamalar. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida muayyan muddat xizmat qilganlik uchun har oylik ustama quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
|
Ish staji |
Ustama miqdori — lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda |
|
3 yildan 5 yilgacha boʻlganda |
0,3 |
|
5 yildan 10 yilgacha boʻlganda |
0,4 |
|
10 yildan 15 yilgacha boʻlganda |
0,5 |
|
15 yil va undan ortiq boʻlganda |
0,6 |
b) chorak yakunlari boʻyicha eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda bir yoʻla mukofotlash;
v) eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni lavozim maoshining 100 foizigacha boʻlgan miqdorda moddiy ragʻbatlantirish;
g) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi kengashining qaroriga koʻra mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan kompensatsiya toʻlovlari va bir yoʻla mukofotlar.
Ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan toʻlovlar summasi bir chorakda, ustamani (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini) hisobga olgan holda, lavozim maoshi miqdoridan oshmasligi kerak.
Eng tashabbuskor va samarali ishlagan xodimlarni bir yoʻla mukofotlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek muayyan muddat xizmat qilganlik uchun mukofot olish huquqini beradigan ish stajini hisoblash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlikni rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan mablagʻlar hisobiga xodimlarga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.
22. Idoraviy mansub xoʻjalik hisobidagi tashkilotlarning moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash oʻz mablagʻlari hisobidan, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, shuningdek qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
23. Vazirlikning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanmaydi va oʻz faoliyatini Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradi.
Vazirlikning hududiy boshqarmalariga Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliqlar boshchilik qiladi.
V. Yakunlovchi qoida
24. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 15-son, 178-modda, 39-son, 507-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 23-son, 474-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)