03.04.1992 yildagi 572-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT BIRLAShMALARI QONUNGA XILOF RAVIShDA MABLAG‘ BILAN TA’MINLANIShINING OLDINI OLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yilning 15-fevralida respublikada qabul qilingan «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi Qonun haqiqiy mustaqillikka erishish, respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish yo‘lida jamiyatni jipslashtirishga umuman ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga keyingi paytda ayrim jamoat birlashmalarini ana shu birlashmalarining ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustavlarida ko‘zda tutilmagan mablag‘lar hisobidan qonunga xilof ravishda mablag‘ bilan ta’minlash hollari qayd etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida ko‘rsatilgan qonunga amal qilgan holda va unda ko‘zda tutilgan qoidalarni so‘zsiz bajarish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi Qonunning 1-moddasida ko‘zda tutilgan jamoat birlashmalarining ustavlarini ular o‘z faoliyatlarini, shu jumladan noshirlik faoliyatlarini, matbaa nashrlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbaalari xususidagi dalolatnoma (deklaratsiya) taqdim etganlaridan keyingina ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Prokuraturasi, Davlat soliq bosh boshqarmasi yuqorida qayd etib o‘tilgan Qonunga muvofiq tarzda ro‘yxatdan o‘tgan jamoat birlashmalari faoliyatining mablag‘ bilan ta’minlanishining qonunda ko‘zda tutilgan tartibi va manbalari to‘g‘risidagi qoidalariga qat’iy rioya etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya intizomi buzilganligi hollari aniqlansa ularga nisbatan qonunda belgilangan choralar, hatto materiallarni sud idoralariga o‘tkazish choralari qo‘llansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar diniy tashkilotlardan, shuningdek xorijiy davlatlar, tashkilot va fuqarolardan tushayotgan mablag‘lar hisobidan noshirlik faoliyatini amalga oshirishga hamda matbaa nashrini pul bilan ta’minlashga haqli emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonunchilik, qonuniylik va huquq-tartibot masalalari qo‘mitasi jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi Qonunga tegishli qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish xususida takliflar tayyorlasin va uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisining o‘rinbosari B. BUGROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
572-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 y., 6-son, 260-modda)