Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining (komissiyasining) roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining quyidagi qoʻmitalari va komissiyasi roʻyxati tasdiqlansin:
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Reglament va odob komissiyasi.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2015-yil 22-yanvar,
SQ-7-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 1-son, 24-modda)