OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRINING
buyrugʻi
Maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi 50-sonli “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 31-mart,
7-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2015-yil 31-martdagi 7-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan
DAVLAT TALABLARI
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat talablari deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-son “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha 2009 — 2014-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-fevraldagi 59-son “Taʼlim muassasalari haqidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2004-yil 5-avgustdagi 372-son “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2011-yil 28-fevraldagi 50-son “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2011-yil 11-maydagi 130-son “Barkamol avlod” bolalar markazlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq, maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I boʻlim. Umumiy boʻlim
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Davlat talablari maktabdan tashqari taʼlim tizimida 6 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan barcha oʻquvchilarga taʼlim berishda qoʻllanilishi majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat talablari asosida:
oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalari, ularning har tomonlama rivojlanish darajalari hamda kasb-hunar toʻgʻrisidagi boshlangʻich koʻnikmalari aniqlanadi;
oʻquvchilarning kasb-hunar boʻyicha shakllangan boshlangʻich koʻnikmalari amaliyotda qoʻllashga yoʻnaltiriladi.
3. Davlat talablari Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi taʼlim muassasalari tomonidan qoʻllanilishi shart:
davlat va nodavlat maktabdan tashqari taʼlim muassasalari;
Keyingi tahrirga qarang.
yoʻnalishlar boʻyicha toʻgaraklari mavjud boʻlgan mehribonlik uylari, bolalar shaharchalari va taʼlim muassasalari;
maktabdan tashqari taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlovchi kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalari;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlim muassasalari kadrlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanuvchi muassasalar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat talablaridan barcha maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy ishini rejalashtirishda, dastur va uslubiy materiallar, metodik qoʻllanmalar hamda oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Davlat talablarining maqsad va vazifalari
5. Davlat talablarining maqsadi:
maktabdan tashqari taʼlim tizimi faoliyatini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan-texnika yutuqlariga asosan yoʻlga qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish;
sifatli kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ularning kasb-hunar sirlarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini rivojlantirish;
oʻquvchilarning intellektual va jismoniy rivojlanishi, milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirilishini taʼminlash.
6. Davlat talablarining vazifalari:
oʻquvchilarga taʼlim va tarbiya berish uchun har tomonlama yondashuvni taʼminlash;
oʻquvchilarga oʻzlarining maktabdan tashqari taʼlim boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarini shakllantirishda yordam berish;
Keyingi tahrirga qarang.
har bir oʻquvchining bilim darajasi va ijodiy imkoniyatlarini aniqlash va rivojlantirish;
oʻquvchilarni oʻqitish va tarbiyalash sifatini yaxshilash maqsadida oʻquv-tarbiya va uslubiy ishlarni takomillashtirish;
oʻquvchilar oʻz qiziqishlari boʻyicha kasb-hunarning boshlangʻich sirlarini egallashlarida ota-onalarga koʻmaklashish;
oʻquvchilarning mustaqil bilim olishlari va ijodiy mehnat qilishlariga shart-sharoitlar yaratish;
maktabdan tashqari taʼlim sifatini yanada oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash.
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Qoʻllanish sohasi
7. Davlat talablari uzluksiz taʼlimning tegishli turlari boʻyicha maktabdan tashqari taʼlim sohasidagi muassasalarning taʼlim faoliyatini tashkiliy va ilmiy-metodik taʼminlash uchun qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Davlat talablari quyidagilarni belgilaydi:
maktabdan tashqari taʼlim tizimi tuzilmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan asosiy talablar;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlim boʻyicha mashgʻulotlarning oʻquv yuklamasi hajmi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlim sifatini nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
II boʻlim. Maktabdan tashqari taʼlim tizimi tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida yoʻnalish va toʻgaraklar roʻyxatini belgilaydi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, pedagog kadrlarning malakasini oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan talablarni takomillashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlim jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, axborot texnologiyalarini, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samarali shakl va usullarini joriy etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlim uchun oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodlari yaratilishi va nashr etilishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining malaka oshirishlarini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Xalq taʼlimi tizimidagi hududiy boshqaruv organlari:
Keyingi tahrirga qarang.
xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda oʻquvchilarni toʻgaraklarga jalb qilish orqali kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ular tomonidan davlat talablariga rioya etilishi monitoringini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya ishlarini metodik taʼminlashni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlim tizimini takomillashtirish va Davlat talablarining tatbiq etilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlim muassasalari dasturlari, oʻquv-koʻrgazmali materiallar, texnik vositalar, metodik qoʻllanma va adabiyotlar bilan taʼminlash ishlarini amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlimning muhim masalalari boʻyicha yigʻilishlar va seminarlar oʻtkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini malakali mutaxassislar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining malaka oshirishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquv rejalari va taʼlim dasturlarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi.
11. Maktabdan tashqari taʼlim muassasalari:
Keyingi tahrirga qarang.
6 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan barcha oʻquvchilarga ularning har tomonlama kamol topishlari va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun imkoniyat yaratadi;
oʻquvchilar shaxsining rivojlanishiga, ularning mustaqil bilim olishlari va ijodiy mehnat qilishlariga shart-sharoit yaratadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
bolalarning qiziqishlariga koʻra ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan toʻgaraklar ochadi;
fan asoslari boʻyicha qoʻshimcha taʼlim beradi;
bolalarga sanʼat va hunarmandchilikning turlarini oʻrgatadi;
oʻquvchilar oʻrtasida qobiliyatli, iqtidorlilarini aniqlash, shaxsni rivojlantirishga qaratilgan festival, tanlov, sayyohlik slyotlari va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi.
III boʻlim. Maktabdan tashqari taʼlimning asosiy yoʻnalishlariga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
12. Maktabdan tashqari taʼlim oʻquvchilarning qiziqish va xohishlariga muvofiq ularning darsdan boʻsh vaqtlarida amalga oshiriladi hamda oʻquv-tarbiya jarayonini toʻldiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Maktabdan tashqari taʼlimga quyidagi yoʻnalishlarda Davlat talablari qoʻyiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
madaniy-estetik yoʻnalish;
ilmiy yoʻnalish;
texnik yoʻnalish;
sport yoʻnalishi;
tajriba — naturalistik yoʻnalishi;
sayyohlik — oʻlkashunoslik yoʻnalishi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq maktabdan tashqari taʼlimga boshqa yoʻnalishlarda ham Davlat talablari qoʻyilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Madaniy-estetik yoʻnalish
14. Madaniy-estetik yoʻnalish quyidagi turkumlarni oʻz ichiga oladi:
maʼnaviy-maʼrifiy turkum;
tasviriy sanʼat turkumi;
xalq amaliy sanʼati turkumi;
dizayn turkumi;
musiqa taʼlimi turkumi;
xoreografiya (raqs sanʼati) turkumi;
teatr sanʼati turkumi;
pazandachilik va qandolatchilik turkumi.
Mazkur yoʻnalish shu kabi boshqa turkumlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
1-§. Maʼnaviy-maʼrifiy turkum
15. Maʼnaviy-maʼrifiy turkumda “Yosh kitobxon”, “Kitobsevarlar”, “Munozara”, “Orasta qizlar” va shu kabi boshqa toʻgarak, klublar tashkil etiladi.
16. Maʼnaviy-maʼrifiy turkumda taʼlim oluvchilar quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
mustaqil fikrlash va axborot olish madaniyati;
milliy anʼanalar, urf-odatlar, umuminsoniy qadriyatlar va ularni eʼzozlash;
sogʻlom turmush tarzi;
yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati;
moddiy va nomoddiy madaniy merosimiz va ularni asrab-avaylash;
tarixiy obidalar va mustaqillik davrida bunyod etilgan inshootlar;
milliy istiqlol gʻoyasining mazmun-mohiyati;
kitobning tarbiyadagi oʻrni va kitobxonlikning ahamiyati.
2-§. Tasviriy sanʼat turkumi
17. Tasviriy sanʼat turkumi boʻyicha “Tasviriy sanʼat”, “Sharq miniaturasi”, “Mayda plastika” va shu kabi boshqa toʻgaraklar tashkil etiladi.
18. Tasviriy sanʼat turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
tasviriy sanʼat turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, meʼmorchilik);
tasviriy sanʼat janrlari (natyurmort, manzara, portret, animal, tarixiy, botal) va ularning farqi;
tasviriy sanʼat sohasida ijod qiluvchi mashhur oʻzbek va chet el rassomlari hayoti va ijodi;
boʻyoqlar, qora qalamda shtrixlash usullari va konstruktiv tuzilishiga koʻra sodda koʻrinishdagi predmetlarni chizish;
oʻzbek xalq ertaklari asosida kompozitsiya chizish va boʻyash;
koʻp kishidan iborat miniatura kompozitsiyasini tuzish va unga rang berish;
Xusrav Dehlaviy asarlariga ishlangan rasmlar asosida rangli tasvirlar yaratish;
Yevropa va Sharq miniaturasidagi rang va chiziqlarning farqi;
Kamoliddin Behzodning sharq miniatura uslubi;
turli koʻrinishdagi tabiiy materiallarga miniatura usulida tasvirlar tushirish va ularga badiiy ishlov berish;
loy va plastilindan turli koʻrinishdagi oʻyinchoq, haykalcha va buyumlar yasash.
3-§. Xalq amaliy sanʼati turkumi
19. Xalq amaliy sanʼati turkumi boʻyicha “Kulolchilik”, “Kandakorlik”, “Naqqoshlik”, “Yogʻoch oʻymakorligi”, “Ganch oʻymakorligi”, “Duradgorlik”, “Zargarlik”, “Kosibchilik”, “Maxsidoʻzlik”, “Bichish-tikish”, “Toʻqish”, “Munchoqli bezak”, “Kashtachilik”, “Doʻppidoʻzlik”, “Zardoʻzlik”, “Gilamdoʻzlik”, “Savatchilik”, “Chopondoʻzlik” va shu kabi boshqa toʻgaraklar tashkil etiladi.
20. Xalq amaliy sanʼati turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
xalq amaliy sanʼati namoyandalari va ularning ish uslublari;
xalq amaliy sanʼatida ishlatiladigan naqshning boshlangʻich elementlari va bezak turlari;
badiiy bezalgan buyumlarga ishlov berish;
amaliy bezakni chizish va unga ishlov berish;
ganch va yogʻoch oʻymakorligida ishlatiladigan xom ashyo, asbob-uskunalar va ulardan foydalanish;
yogʻochning turlari va xususiyatlari;
yogʻoch oʻymakorligi uskunalari va ulardan foydalanish;
kompozitsiyalar chizish, oʻyish va turli uslubda pardozlash;
yogʻochga ishlov berish, silliqlash, laklash, boʻyoq berish va yelimlash;
quticha yasash va uning sirtiga bezak naqshlarini oʻyish;
milliy buyumlar yasash va unga oʻyma naqshlar tushirish;
duradgorlik asbob-uskunalaridan foydalanish va uy-roʻzgʻor buyumlari yasash;
kulolchilik dastgohidan foydalanish, xom ashyo, kulolchilik buyumlari va ularni yasash;
kosibchilikda charm tayyorlash texnologiyasi, charm materiallaridan foydalanish va oyoq kiyimlarni taʼmirlash;
kandakorlik naqshlarini chizish va ulardan foydalangan holda turli buyumlarga ishlov berish;
zargarlik xom ashyolari, asbob-uskunalarini ishlatish hamda turli zargarlik buyumlari yasash;
tikuv mashinasi turlari, ularda tikish va andoza olish usullari;
turli xil liboslarga tikuv mashinasida choklar tikish;
toʻqish texnikasi, halqa turlari va turli buyumlar toʻqish;
munchoqli bezak xom ashyolari va bezash turlari;
turli buyumlarni munchoq bilan bezash;
kashtachilikda foydalaniladigan ish qurollari;
kashtachilikning asosiy choklari (koʻklash, yashirin, toʻgʻri, yoʻrma, iroqi, bosma) va ularni tikish;
kashtachilikning naqsh namunalari (qirma, pax, loʻla, choka pardoz)ni chizish;
zardoʻzlik dastgohidan foydalanish;
zardoʻzlik naqshlari turlari va ularni turli usulda tikish;
tofta tayyorlash hamda uni ip va zar bilan bezash;
gilam toʻqish dastgohini ishlatish, toʻqish texnikasi, ishlatiladigan xom ashyolar;
doʻppi turlari, choklar va doʻppi tikish texnikasi;
qizlar va oʻgʻil bolalar doʻppilarini tikish va ularni pardozlash;
savat toʻqish va uning usullari;
mahsi qoliplarini tayyorlash, mahsini bichish va tikish;
choponni turli choklar yordamida qavish, qavilgan qismlarni birlashtirish va ularga bezak berish.
4-§. Dizayn turkumi
21. Dizayn turkumi boʻyicha “Liboslar dizayni”, “Fotodizayn”, “Landshaft dizayni”, “Karving”, “Ekodizayn”, “Yosh arxitektor”, “Interyer” va shu kabi boshqa toʻgaraklar tashkil etiladi.
22. Dizayn turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
mato va liboslar, ularning turlari;
liboslar dizayni va uning turlari;
liboslarning milliy va zamonaviy dizaynlari loyihasini yaratish;
dizayn yaratishda mavsumiy liboslarni farqlay olish;
landshaft dizaynini yaratish usullari;
manzarali oʻsimliklardan landshaft dizaynini yaratish;
joyning tuproq iqlim sharoitlariga moslashgan oʻsimlik turlarini tanlash;
turli sabzavot va poliz mahsulotlariga bezak berish;
kompyuter yordamida oq-qora rangli fotosuratlarning rangli shaklini yaratish;
arxitektura va qurilishda ishlatiladigan xom ashyolar va texnik vositalar;
turli oʻlchamdagi bino va inshootlar loyihalarini chizish.
5-§. Musiqa taʼlimi turkumi
23. Musiqa taʼlimi turkumi boʻyicha “Xalq cholgʻulari”, “Torli cholgʻular”, “Fortepiano”, “Damli va zarbli cholgʻular”, “Estrada cholgʻulari”, “Anʼanaviy cholgʻular”, “Vokal”, “Folklor” va shu kabi boshqa toʻgarak, sinf va klublar tashkil etiladi.
24. Musiqa taʼlimi turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
musiqaning asosiy janrlari;
taniqli oʻzbek va chet el bastakorlari ijodi;
musiqiy faoliyat turlari (joʻrnavozlik, cholgʻu ansambli, cholgʻu turlari);
oʻzbek xalq cholgʻu asboblarining tuzilishi va ularni chalish;
doirani ushlash va uni turli usullarda chalish;
Usta Olim darsligi usullari va joʻr boʻluvchilik qoidalari;
orkestr turlari, koʻp tarqalgan cholgʻu nomlari;
buyuk musiqachi-ijrochilarning ijodiy faoliyati;
mumtoz musiqa asarlari va xalq ijodiyoti namunalari;
cholgʻuda xalq kuy-qoʻshiqlari, klassik va zamonaviy bastakorlar asarlarini ijro etish;
notalar yordamida fortepianoda ijro etish;
xor tarkibida asarlarni ijro etish;
ansambl va orkestr tarkibida ijro etish;
folklor qoʻshiqlar turlari va ularga xos liboslar;
folklorga oid mavsumiy va marosim qoʻshiqlarini ijro etish;
folklorga xos boʻlgan turli mavsumiy va marosim qoʻshiqlariga xos raqslar.
6-§. Xoreografiya (raqs sanʼati) turkumi
25. Xoreografiya (raqs sanʼati) turkumi boʻyicha “Oʻzbek xalq raqslari”, “Jahon xalq raqslari” va shu kabi boshqa toʻgaraklar, sinf va klublar tashkil etiladi.
26. Xoreografiya (raqs sanʼati) turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
taniqli oʻzbek va chet el raqqos va raqqosalarining ijodi;
raqsning asosiy harakatlari;
xalq va mumtoz raqs sanʼatining asosiy janrlari va ijro uslublari;
mashhur raqs ijrochilari va sahnalashtiruvchi baletmeysterlar;
raqs harakatlarini tez, chaqqon va maʼnoli ijro etish;
raqs turlari va uslublari, ularni ijro etish;
nisbatan oddiy raqslarni yakka ijro etish;
turli millat va elatlarning raqs harakatlari, ularni ijro etish;
klassik va zamonaviy raqslarni ijro etish.
7-§. Teatr sanʼati turkumi
27. Teatr sanʼati turkumi boʻyicha “Drama”, “Qoʻgʻirchoq teatri” va shu kabi boshqa toʻgaraklar tashkil etiladi.
28. Teatr sanʼati turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
teatr sanʼati tarixi, taniqli oʻzbek va chet el aktyorlari ijodi;
teatr sanʼatining asosiy janrlari;
turli obrazlarni yaratish uslublari;
klassik teatr spektakllari;
oʻzbek dramaturglari yaratgan milliy asarlar;
turli obrazlardan sahna koʻrinishlarini ijro etish;
sahna madaniyati va nutqi;
sahnada kuylash va rol ijro etish;
turli hayvonlar obraziga ovoz berish;
qoʻgʻirchoqlar va ularni oʻynatish usullari;
qoʻgʻirchoqlarni tanlangan ssenariy boʻyicha turli usullarda oʻynatish;
oʻzbek va jahon xalq ertaklari namunalari va ularni sahnalashtirish.
8-§. Pazandachilik va qandolatchilik turkumi
29. Pazandachilik va qandolatchilik turkumi boʻyicha “Yosh pazanda”, “Yosh qandolatchi” va shu kabi boshqa toʻgaraklar tashkil etiladi.
30. Pazandachilik va qandolatchilik turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
pazandachilik va qandolatchilikda foydalaniladigan asbob-uskunalar, jihozlar va ulardan foydalanish;
salatlar turlari va ularda ishlatiladigan masalliqlar;
salatlarni turli koʻrinishlarda tayyorlash va ularga bezak berish;
taomlarni turli koʻrinish va shakllarda tayyorlash;
qandolatchilik mahsulotlari turlari va ularda ishlatiladigan mahsulotlar;
qandolatchilik mahsulotlarini pishirish tartibi va ularni tayyorlash;
qandolatchilik mahsulotlarini turli usullarda bezash.
2-bob. Ilmiy yoʻnalish
31. Ilmiy yoʻnalishda fan asoslari boʻyicha qoʻshimcha taʼlim beriladi hamda fanlar va tillarni oʻrgatish uchun toʻgarak va kurslar tashkil etiladi.
32. Ilmiy yoʻnalishda taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
fan nazariyalari va ularning ilmiy asoslari;
fanlarning rivojlanishida hissa qoʻshgan buyuk vatandoshlarimiz va jahon mutafakkirlari;
mohir kasb-hunar egasi va mutaxassis boʻlib yetishishida fanlarning oʻrni va ularning oʻzaro bogʻliqligi;
fan asoslari boʻyicha olgan qoʻshimcha bilimlaridan amaliyotda foydalana olish;
chet tillaridagi soʻz va iboralarni toʻgʻri oʻqish, talaffuz qilish, yozish va tushunish;
ayrim mavzular boʻyicha erkin muloqot qilish;
grammatika va punktuatsiya qoidalariga amal qilgan holda gaplar tuzish.
3-bob. Texnik yoʻnalish
33. Texnik yoʻnalish quyidagi turkumlarni oʻz ichiga oladi:
boshlangʻich texnik modellashtirish va konstruksiyalash turkumi;
avtomatika va elektronika turkumi;
texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari turkumi.
Mazkur yoʻnalish shu kabi boshqa turkumlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
1-§. Boshlangʻich texnik modellashtirish va konstruksiyalash turkumi
34. Boshlangʻich texnik modellashtirish va konstruksiyalash turkumi boʻyicha “Avtomodel”, “Raketamodel”, “Aviamodel”, “Kemasozlik”, “Yosh konstruktor va ixtirochi” va shu kabi boshqa toʻgaraklar tashkil etiladi.
35. Boshlangʻich texnik modellashtirish va konstruksiyalash turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
texnikaning yaratilish tarixi, texnika sohasidagi kashfiyotlar va olimlar;
ishlatiladigan xom ashyolar va asbob-uskunalar;
foydalaniladigan dastgohlarning turlari va ulardan foydalanish usullari;
chizmachilikning boshlangʻich asoslari va elementlari;
texnik modellar va maketlarning boshlangʻich elementlarini chizish;
qogʻoz, karton va faneradan turli xil modellar yasash va ularga bezak berish;
texnik model va maketlarning shablonini tayyorlash va modellar yarata olish;
turli xil texnik vositalardan andoza olish, ularni yasash va amaliyotga mustaqil tatbiq etish.
2-§. Avtomatika va elektronika turkumi
36. Avtomatika va elektronika turkumi boʻyicha “Radiotexnika”, “Elektronika va aloqa”, “Robototexnika”, “Elektron oʻyinchoqlar” va shu kabi boshqa toʻgaraklar tashkil etiladi.
37. Avtomatika va elektronika turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
fizika qonunlari, texnika xavfsizligi qoidalari;
radiotexnika, elektronika, elektrotexnika vositalari, aloqaning tarixi va bu boradagi kashfiyotlar;
avtomatika va elektron hisoblash texnikalari, elektron va radiomontaj uskunalaridan foydalanish;
elektr qarshiligi, tok kuchi va kuchlanishi, tok oʻlchaydigan asboblar, rezistorlarning turlari va tavsifi;
yarim oʻtkazuvchanlik xossasiga ega boʻlgan elementlar, yumshoq va qattiq magnit materiallari bilan ishlash, tok kuchi va kuchlanishini oʻlchash;
elektron oʻyinchoqlarning rivojlanish tarixi;
elektron oʻyinchoqlarni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar, dastgohlar va kimyoviy ashyolardan foydalanish;
mexanik, texnik va eng sodda elektron oʻyinchoqlarni hamda turli xil oʻyinchoq robotlarni yasash;
qisqa va ultraqisqa toʻlqinlarda efirga chiqish;
robototexnikani modellashtirish va unda foydalaniladigan xom ashyolar;
robototexnika turlarini modellashtirishda texnik asbob-uskunalar va dastgohlardan toʻgʻri foydalanish.
3-§. Texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari turkumi
38. Texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari turkumi boʻyicha “Kompyuter saboqlari”, “Kompyuter dizayni va grafikasi”, “Yosh dasturchi”, “Yosh fotohavaskor”, “Kino-videohavaskor”, “Kompyuter servis xizmati” va shu kabi boshqa toʻgaraklar tashkil etiladi.
39. Texnik vositalar va kompyuter texnologiyalari turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
fizika qonunlari, texnika xavfsizligi qoidalari;
kompyuterda dasturlash tillari;
kompyuter texnikasiga dasturiy taʼminotlarni oʻrnatish va kompyuterni tarmoqqa ulash;
kompyuterning texnik qismlarini almashtirish;
kompyuterda dizayn yaratish hamda grafika usulida ishlash;
kino va foto tasvirga olish va uning tarixi;
videoapparaturalarning turlari va ulardan foydalanish;
kompyuter texnikalaridan foydalanish va dasturlar tuzish;
elektron axborot tashuvchi vositalar (optik disk, flesh-karta)dan foydalanish.
4-bob. Sport yoʻnalishi
40. Sport yoʻnalishida sportning olimpiya, milliy va boshqa turlari boʻyicha toʻgaraklar, seksiyalar va guruhlar tashkil qilinadi.
41. Sport yoʻnalishida taʼlim oluvchilar quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
jismoniy mehnat, jismoniy mashgʻulot va sportning inson organizmiga taʼsiri;
oʻzini oʻzi jismoniy va tibbiy jihatdan nazorat qilish;
jismoniy tarbiya va sport haqidagi tushunchalar;
yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi oʻrtasida ommaviylikni oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar;
sport turlari va ularning farqi;
sport turlari boʻyicha Olimpiada oʻyinlari, jahon va xalqaro turnirlarning sovrindorlari boʻlgan milliy sportchilar va ularning erishgan yutuqlari;
oʻzi shugʻullanayotgan sport turining kelib chiqish tarixi va uning ahamiyati;
oʻzi shugʻullanayotgan sport turining qoidalari, jismoniy mashqlar va usullar;
sport turlari boʻyicha xalqaro federatsiya va assotsiatsiyalar tomonidan joriy qilingan yangi qoidalar, xalqaro sport musobaqalari;
oʻzi shugʻullanayotgan sport turi boʻyicha turli usullarni amalda qoʻllash;
oʻzi shugʻullanayotgan sport turi boʻyicha koʻrgazma namoyishini koʻrsata olish.
5-bob. Tajriba-naturalistik yoʻnalish
42. Tajriba-naturalistik yoʻnalish quyidagi turkumlarni oʻz ichiga oladi:
ekologiya va salomatlik turkumi;
oʻsimlikshunoslik (flora) turkumi;
hayvonotshunoslik (fauna) turkumi.
Mazkur yoʻnalish shu kabi boshqa turkumlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
1-§. Ekologiya va salomatlik turkumi
43. Ekologiya va salomatlik turkumi boʻyicha “Yosh ekolog”, “Yosh tabiatshunos”, “Oila va salomatlik” va shu kabi boshqa toʻgaraklar tashkil etiladi.
44. Ekologiya va salomatlik turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
yil fasllarining xarakterli belgilari, mavsumiy oʻzgarishlarning organizmga taʼsiri;
iqlim va ob-havoning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi dastlabki tushunchalar;
yer, suv, tuproq, harorat, oʻsimlik va hayvonlar;
jonli va jonsiz tabiat, ularning bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqligi;
ekologik omillarning bir-biridan farqlari va organizmga taʼsiri;
tabiatda uchraydigan zaharli oʻsimlik va hayvonot turlari;
atrof-muhitni muhofaza qilish;
madaniy oʻsimliklardan ekibana va gerbariylar tayyorlash;
sogʻlom turmush tarzi va gigiyena qoidalari;
jismoniy mehnat, jismoniy mashgʻulot va sportning inson organizmiga taʼsiri;
alkogol va tamaki mahsulotini isteʼmol qilishning inson organizmiga taʼsiri;
organizmga zarar keltiruvchi mikroblar va parazitlar;
mehnat va dam olishni toʻgʻri tashkil etish va ularga amal qilish;
toʻgarak xonalari, xonadonlar va jamoat joylari uchun belgilangan sanitariya-gigiyena qoidalari;
birinchi tibbiy yordam koʻrsatish;
inson organizmining tuzilishi va qon guruhlari;
barqarorlik omillari va umuminsoniy qadriyatlar;
tabiiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish;
odam va uning salomatligi atrof-muhitga bogʻliqligi.
2-§. Oʻsimlikshunoslik (flora) turkumi
45. Oʻsimlikshunoslik (flora) turkumi boʻyicha “Bogʻdorchilik”, “Gulchilik”, “Sabzavotchilik” va shu kabi boshqa toʻgaraklar tashkil etiladi.
46. Oʻsimlikshunoslik (flora) turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
oʻsimliklar va ularning turlari;
subtropik oʻsimliklarni turli usullarda payvandlash boʻyicha tajriba oʻtkazish;
sabzavot-poliz ekinlarining turlari va ularni parvarishlash;
issiqxonada oʻstiriladigan sabzavot-poliz ekinlari va ularni parvarishlash;
sabzavot-poliz oʻsimliklarni urugʻlar va koʻchatlar orqali koʻpaytirish;
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklar;
mevali va manzarali daraxtlar, ularni parvarish qilish va koʻpaytirish;
turli usullarda bogʻ ekinlarining kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish boʻyicha tajriba oʻtkazish;
gullarning oilalari, turlari va nomlari;
gullarni turli usullarda koʻpaytirish boʻyicha tajriba oʻtkazish.
3-§. Hayvonotshunoslik (fauna) turkumi
47. Hayvonotshunoslik (fauna) turkumi boʻyicha “Qushchilik”, “Parrandachilik”, “Chorvachilik”, “Asalarichilik”, “Akvarium baliqchiligi” va shu kabi boshqa toʻgaraklar tashkil etiladi.
48. Hayvonotshunoslik (fauna) turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
qushlar, parrandalar, chorva mollari, asalari va akvarium baliqlarining oziq-ovqatlari;
qushlarning turlari va ularni parvarishlash;
madaniy parranda turlari, zotlari va ularni parvarishlash;
chorva mollari va ularni parvarishlash;
uy hayvonlarining zotlariga koʻra ovqatlanish ratsionlarini tuzish;
noyob va yoʻqolib borayotgan hayvon turlarini muhofaza qilish;
asalari va ularni parvarishlash;
akvarium baliqlari turlari, ularning biologik xususiyatlari, oziqlantirish tartibi va parvarishlash usullari;
akvarium baliqlarining kasalliklari va ularni turli usullarda davolash boʻyicha tajriba oʻtkazish.
6-bob. Sayyohlik-oʻlkashunoslik yoʻnalishi
49. Sayyohlik-oʻlkashunoslik yoʻnalishi quyidagi turkumlarni oʻz ichiga oladi:
sayyohlik turkumi;
oʻlkashunoslik turkumi.
Mazkur yoʻnalish shu kabi boshqa turkumlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
1-§. Sayyohlik turkumi
50. Sayyohlik turkumi boʻyicha “Yosh sayyoh”, “Velosayyoh”, “Piyoda sayyohlik”, “Yosh ekskursovod” va shu kabi boshqa toʻgaraklar tashkil etiladi.
51. Sayyohlik turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
mamlakatimizdagi tarixiy obidalar, ular haqidagi afsona va rivoyatlar;
sayyohlik va turizm tushunchasi;
sayohatlarni tashkil etish;
sayyohlik anjomlari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda ulardan samarali foydalanish;
turizm sportining texnika va taktikasi;
respublika, viloyat, tuman (shahar)lardagi eng ommabop sayohat marshrutlari;
oʻlka tabiiy geografiyasi;
piyoda va velosayyohlik marshrutlari;
sayohat marshrutini ishlab chiqish;
sayohat davrida tunash, toʻxtash joylarini tanlash, chodirni oʻrnata olish va sayyohlik arqonini turli xil bogʻlash;
sayohat davrida gulxan yoqish va ovqat tayyorlash;
birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish;
fenologik kuzatuv ishlarini olib borish;
nomaʼlum joyda karta va kompas, shuningdek tabiat belgilariga qarab moʻljal olish;
xaritalardan foydalanish, shuningdek xaritalardan geografik, geologik va arxeologik obyektlarning geografik koordinatlarini va masofalarni aniqlash;
yuk koʻtarish va piyoda yurish meʼyorlari;
oʻz oʻlkasidagi mavjud turistik obyektlarga tavsif berish;
oʻlkada kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari.
2-§. Oʻlkashunoslik turkumi
52. Oʻlkashunoslik turkumi boʻyicha “Yosh oʻlkashunos”, “Tarixiy oʻlkashunoslik”, “Adabiy oʻlkashunoslik”, “Yosh muzeyshunos” va shu kabi boshqa toʻgaraklar tashkil etiladi.
53. Oʻlkashunoslik turkumida taʼlim oluvchilar oʻz toʻgaraklariga mos ravishda quyidagilar haqida bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishlari lozim:
oʻlkaning ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi;
oʻlkaning yirik geografiya, tarix, biologiya, arxeologiya, muzeyshunoslik va adabiyot fanlarining yetuk namoyandalari;
oʻlkaning joy nomlari, qadimgi va ayni paytdagi tabiiy geografik sharoiti (geologik tuzilishi, relyefi, iqlimi, suv resurslari, oʻsimlik va hayvonot olami, tuproqlari);
oʻlkaga oid tarixiy va geografik xaritalar;
oʻz oʻlkasidagi togʻ tizmalari va choʻqqilari;
oʻz oʻlkasidagi tabiiy resurslar hamda ulardan oqilona foydalanish;
oʻlkadagi shoir va yozuvchilarning hayoti va ijodi;
mavjud sheva va lahjalar;
muzeylarning shakllari va turlari;
muzey ashyolari va kolleksiyalari tasnifi;
muzey kolleksiyalarini saqlash;
oʻlkadagi muzeylar va aholiga xizmat koʻrsatish tartibi;
maktab muzeylarini tashkil etish;
milliy muzey fondi va davlat katalogi;
muzeylar va muzeyshunoslik ishlarini tashkil etish;
adabiy, tarixiy oʻlkashunoslik muzeylarini tashkil etish uchun qoʻlyozmalar, toshbosmalar, bosmaxonalarda chop etilgan jurnal, gazeta, kitob, albom va boshqa materiallarni toʻplash.
IV boʻlim. Oʻquv yuklamasi hajmi va taʼlim sifatini nazorat qilish
1-bob. Oʻquv yuklamasi hajmi
54. 6 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun toʻgarak mashgʻulotlari haftalik va yillik oʻquv yuklamasining eng kam hajmi quyidagicha:
barcha yoʻnalishlar boʻyicha haftalik oʻquv yuklamasining eng kam hajmi birinchi oʻquv yilida 4 akademik soatni, keyingi oʻquv yillarida 6 akademik soatni tashkil etadi;
barcha yoʻnalishlar boʻyicha yillik oʻquv yuklamasining eng kam hajmi birinchi oʻquv yilida 144 akademik soatni, keyingi oʻquv yillarida 216 akademik soatni tashkil etadi;
sayyohlik-oʻlkashunoslik yoʻnalishi boʻyicha haftalik oʻquv yuklamasining eng kam hajmi birinchi va keyingi oʻquv yillarida 6 akademik soatni, yillik oʻquv yuklamasining eng kam hajmi birinchi va keyingi oʻquv yillarida 216 akademik soatni tashkil etadi.
55. 6 yoshdagi bolalar uchun toʻgarak mashgʻulotlari 35 daqiqa davomida oʻtkaziladi va u haftada 2 akademik soatdan, bir oʻquv yilida 72 akademik soatdan oshmasligi lozim.
2-bob. Maktabdan tashqari taʼlim sifatini nazorat qilish
Keyingi tahrirga qarang.
56. Maktabdan tashqari taʼlim sifatining nazorati ichki nazorat va jamoat nazorati usullarida olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
57. Ichki nazorat — maktabdan tashqari taʼlim muassasasining oʻzi tomonidan amalga oshiriladi. Oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalari Davlat talablariga mosligini aniqlash ogʻzaki va yozma sinovlar, testlar, soʻrovnomalar, koʻrik-tanlovlar, seminarlar, musobaqalar, amaliy ish natijalari hamda boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Ichki nazorat maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻquv yilining birinchi yarmi va oʻquv yili yakunida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Ichki nazorat quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
joriy nazorat — oʻqituvchi tomonidan kunlik mashgʻulot jarayonida taʼlim oluvchilarni baholash maqsadida ogʻzaki soʻrov, yozma ishlar, testlar, konsert, diktant, amaliy ish, uy vazifasi va maktabdan tashqari taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa shakllarda tashkil etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
oraliq nazorat — yoʻnalishning maʼlum bir qismi, boʻlimi yakunlangandan soʻng ogʻzaki, yozma, testlar, soʻrovnomalar, koʻrik-tanlovlar, musobaqalar, amaliy ish natijalari va maktabdan tashqari taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa shakllarda tashkil etiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
yakuniy nazorat — oʻquv yili yakunida va oʻquv dasturining tegishli boʻlimi tugallangandan keyin ogʻzaki, yozma, testlar, soʻrovnomalar, seminarlar, koʻrik-tanlovlar, musobaqalar, amaliy ish natijalari va maktabdan tashqari taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa shakllarda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Joriy va oraliq nazorat maktabdan tashqari taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatiga koʻra ayrim yoʻnalishlardagina oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
61. Jamoat nazorati ota-onalar va jamoat birlashmalari tomonidan amalga oshiriladi.
V boʻlim. Yakuniy qoida
62. Mazkur Davlat talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan kelishilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori J. ISMAILOV
2015-yil 30-mart
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 30-mart
Madaniyat va sport ishlari vaziri v. v. b. B. AXMEDOV
2015-yil 30-mart
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
2015-yil 30-mart