OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRINING
buyrugʻi
Trener va trener-oʻqituvchilarning jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlishlari talab etilmaydigan sport turlari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 9-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2559-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014-yil 3-fevraldagi 91-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2559, 2014-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 6-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Trener va trener-oʻqituvchilarning jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlishlari talab etilmaydigan sport turlari roʻyxati quyidagi bandlar bilan toʻldirilsin:
“42. Anʼanaviy karate
43. Karate (WKF)
44. Kyokusinkay karate
45. Oyama kiokushinkay
46. Regbi”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v. b. B. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 6-aprel,
9-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 14-son, 177-modda)