01.02.2000 yildagi 33-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

YAPONIYADA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAKILLARINING TAʼLIM OLISHINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiyada Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining taʼlim olishini tashkil etish loyihasini amalga oshirish uchun Yaponiya Hukumatining 127 mln Yaponiya iyenasi miqdoridagi begʻaraz yordamidan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yaponiya Hukumatining har yili 20 nafar Oʻzbekiston Respublikasi vakillarini Yaponiya universitetlarida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (LSA) koʻmagida taʼlim olishini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S.Karomatov Almashuv notasi tarzidagi bitimni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda loyihani amalga oshirish uchun begʻaraz yordam mablagʻlarini olish va ularga xizmat koʻrsatish, shu jumladan tanlov oʻtkazish va stipendiatlarni Yaponiyaga joʻnatish uchun barcha tartibotlarni rasmiylashtirish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi Almashuv notalarida belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kelish-ketish vizalarini rasmiylashtirishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan yaponiyalik mutaxassislarni yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishni va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirishni davlat bojlari undirmasdan amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 1-fevral,

33-son