OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRINING
buyrugʻi
Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 30-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1211-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2002-yil 29-dekabrdagi 200-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1211, 2003-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 1-2-son) bilan tasdiqlangan Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2015-yil 24-mart,
100-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 24-martdagi 100-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Favqulodda vaziyatlarda aholini xabarlash uchun telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish tartibi haqidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimada “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 9-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 4-paragraf nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 21-bandda:
“d” kichik banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“e” kichik banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 22-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 5-paragraf nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 26-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
2015-yil 19-mart
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniya raisi A. XADJAYEV
2015-yil 20-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 13-son, 161-modda)