Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Ximiyaviy qurolni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash va qoʻllashni taqiqlash hamda uni yoʻq qilish haqidagi 1993-yilgi Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ximiyaviy qurolni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, toʻplash va qoʻllashni taqiqlash hamda uni yoʻq qilish haqidagi 1993-yilgi Konvensiya ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-aprel,
236-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 74-modda)