11.02.2015 yildagi PF-4703-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Mirziyoyev Shavkat Miromonovich

Bosh vazir

qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksi rahbari,

1. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

2. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi

Azimov Rustam Sodiqovich

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — moliya vaziri

makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari,

1. Iqtisodiyot vazirligi

2. Moliya vazirligi

3. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

4. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

5. Davlat soliq qo‘mitasi

6. Davlat bojxona qo‘mitasi

7. Davlat statistika qo‘mitasi

8. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

9. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini muvofiqlashtiradi

Zokirov Botir Irkinovich

Bosh vazir o‘rinbosari — Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi

kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari,

1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi

Ibragimov G‘ulomjon Inomovich

Bosh vazir o‘rinbosari

geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari,

1. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi

Rozuqulov Ulug‘bek Ubaydullayevich

Bosh vazir o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi

mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari

Ikromov Adham Ilhomovich

Bosh vazir o‘rinbosari

madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari,

1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Xalq ta’limi vazirligi

3. Sog‘liqni saqlash vazirligi

4. Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatini muvofiqlashtiradi

Bositxonova Elmira Irkinovna

Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga lavozimi bo‘yicha kiradi.