OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan 2022-yil 1-iyuldan davlat reyestridan chiqariladi.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2356-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF-4658-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 15-martdagi 15 va 29-son qarori (roʻyxat raqami 2356, 2012-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 200-modda) bilan tasdiqlangan Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 9-mart,
6-q/q -son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 9-mart,
22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2015-yil 9-martdagi 6-q/q va 22-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq yoʻllanmalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylariga (bundan buyon matnda sanatoriylar deb yuritiladi) beriladi.
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yuborish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarori bilan tasdiqlangan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.”.
“3. Yoʻllanmalardan foydalanuvchi nogironlar va keksalar toifasiga quyidagi shaxslar kiradi:
urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar;
I va II-guruh nogironlari, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
yolgʻiz keksalar;
yoshga doir pensionerlar.
4. Yoʻllanmalarni berish davriyligi:
a) har yili (navbat asosida):
urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslarga;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslarga;
yolgʻiz keksalarga;
b) ikki yilda bir marotaba (navbat asosida):
urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);
I va II-guruh nogironlari, koʻzi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;
v) sanatoriylarda boʻsh oʻrin mavjud boʻlgan taqdirda, navbat asosida, ammo 3 yilda 1 marotaba − yoshga doir pensionerlarga.”.
3. 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (bundan buyon matnda vazirlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazi (bundan buyon matnda milliy markaz deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “vazirlikka” degan soʻz “milliy markazga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 6-bandning birinchi xatboshisidagi “vazirlikning” degan soʻz “milliy markazning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 7-banddagi “vazirlikka” degan soʻz “milliy markazga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 8-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Nogironlar va keksalar navbatdagi yoʻllanmani olish uchun ariza bilan murojaat qilish huquqiga mazkur Yoʻriqnomaning 4-bandida nazarda tutilgan yoʻllanmalarni berish davriyligi boʻyicha belgilangan muddat kelgan vaqtda ega boʻladi.”.
7. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar uchun sanatoriylarga yoʻllanmalar birinchi navbatda beriladi.”.
8. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Yoʻllanmalar nogironlar va keksalarga oʻn ikki kunga, yoʻllanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin, tibbiy xulosaga muvofiq beriladi.”.
9. 11-bandning yettinchi xatboshisidan “, OIV yuqqanlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. 19 va 20-bandlardagi “Vazirlik” va “vazirlik” degan soʻzlar tegishlicha “Milliy markaz” va “milliy markaz”degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati, Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati, Oʻzbekiston Karlar jamiyati va “Oʻzbekiston Chernobilchilari” Respublika Assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 4-mart
Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati raisi K. ABDULLAYEV
2015-yil 4-mart
Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati raisi A. ABDUNABIYEV
2015-yil 5-mart
Oʻzbekiston Karlar jamiyati raisi J. RIXSIYEV
2015-yil 5-mart
“Oʻzbekiston Chernobilchilari” Respublika Assotsiatsiyasi raisi Y. NIKONOV
2015-yil 6-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 12-son, 144-modda)