25.03.2015 yildagi 67-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.03.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari malakasini va kasb mahoratini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qaroriga muvofiq va chet tillar oʻqituvchilari malakasini oshirishning prinsipial jihatdan yangi samarali mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2015-yildan boshlab umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari kasb mahoratini oshirish boʻyicha doimiy ishlaydigan har haftalik kurslarni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq lavozim maoshiga oylik ustama olish huquqini beruvchi test sinovidan kalendar yil mobaynida qatorasiga ikki marta oʻtmagan umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari boʻlajak oʻquv yilidan boshlab oʻz mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kurslaridan oʻtmagunlariga qadar chet tili boʻyicha oʻqituvchilik faoliyatiga qoʻyilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda har haftalik kurslarni yuqori saviyada oʻtkazish imkonini beradigan moddiy-texnika bazasi mavjud boʻlgan bazaviy umumtaʼlim muassasalarini, shuningdek trenerlar sifatida faoliyat koʻrsatadigan yetakchi chet tili oʻqituvchilarini aniqlasin, ularni xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarining oʻqituvchilari sifatida soatbaylik asosida ishga rasmiylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi bilan birgalikda mashgʻulotlarning oʻquv rejasi va oʻquv dasturlarini, dars oʻtadigan trenerlar tomonidan oʻqituvchilarning ogʻzaki nutqini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan holda ular orasida mashgʻulotlar oʻtkazish, shuningdek kichik yoshdagi bolalar bilan ishlash boʻyicha oʻqituvchilar uchun psixologik treninglar oʻtkazish, lavozim maoshiga oylik ustama uchun test sinoviga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha metodik materiallarni tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yilning eng yaxshi chet tili oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda respublika va viloyat bosqichlarida gʻolib chiqqan oʻqituvchilarni xorijiy mamlakatlarga ixtisoslik boʻyicha ikki haftalik stajirovkalarga yuborishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka va kasb mahoratini oshirish kurslari tinglovchilarini, shu jumladan keyinchalik chet tili darslarida foydalanish uchun yangi metodik qoʻllanmalar va boshqa tarqatma materiallar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy institutida ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarining yetakchi mutaxassislarini va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda chet tillar oʻqituvchilarining kasb mahoratini oshirish boʻyicha har haftalik kurslarni oʻtkazish uchun trenerlar tayyorlash boʻyicha har yillik treninglar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy instituti, 14 ta hududiy xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarining chet tili oʻqituvchilari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) xalq taʼlim muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlarining chet tillar metodistlari uchun maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2015-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining “Taʼlim” sohasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida har yilgi trenerlar tayyorlash boʻyicha maqsadli kurslarni va chet tillar oʻqituvchilarining kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini hamda “Yilning eng yaxshi chet tili oʻqituvchisi” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi 2015/2016 oʻquv yilidan boshlab tasdiqlangan oʻquv yuklamasi doirasida ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi 4-kurs talabalari uchun “Boshlangʻich sinflarda chet tilini oʻqitish metodikasi” 36 soatlik kurs dasturini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-martdagi 67-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirishning 144 soatlik anʼanaviy malaka oshirish kurslariga qoʻshimcha sifatida tashkil etiladigan umumtaʼlim muassasalari chet tillar oʻqituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini takomillashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimining umumtaʼlim muassasalari chet tillar oʻqituvchilari kasbiy mahoratini oshirishning doimiy ishlaydigan har haftalik kurslarini (keyingi oʻrinlarda har haftalik kurslar deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har haftalik kurslarning maqsadi chet tillar oʻqituvchilarining ogʻzaki nutq koʻnikmalarini rivojlantirish, bolalarni boshlangʻich sinflarda oʻqitishga ustunlik bergan holda maktabda chet tillarni oʻqitish metodikasini takomillashtirish, metodik qoʻllanmalardan foydalanishda oʻqituvchilarga yordam berish, oʻqituvchilarni lavozim maoshiga oylik ustamani olish uchun test sinovlaridan oʻtishga tayyorlash, shuningdek ularni doimiy ravishda mustaqil tarzda kasbga doir bilim olishga yoʻnaltirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Haftalik kurslar xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlari (keyingi oʻrinlarda hududiy institutlar deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har haftalik kurslarni tashkil etish va oʻtkazish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har haftalik kurslar tinglovchilari sirasiga umumtaʼlim muassasalarining chet tili oʻqituvchilari butun kontingenti kiradi. Oʻqituvchilarni kurslarga qabul qilish va akademik guruhlarni shakllantirish bir yilda 2-marta (mart, sentabr) oʻtkaziladi. Har haftalik kurslarda oʻqish asosiy ish joyidan ajralmagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Doimiy ishlaydigan har haftalik kurslarning oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari umumtaʼlim muassasalari chet tillar oʻqituvchilarining malakasi darajasi va kasbiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Trenerlarni tayyorlash va har haftalik kurslarni oʻquv-metodik taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har haftalik kurslarning oʻquv mashgʻulotlarini olib borish uchun asosan tegishli oliy maʼlumotli (shuningdek, bakalavr darajasiga ega boʻlgan), maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan yetakchi, asosan chet tili chuqurlashtirilib oʻqitiladigan umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilari trenerlar sifatida jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trenerlar mehnatga soatbay haq toʻlash asosida hududiy institutlarning oʻqituvchilari sifatida ishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda Ilmiy-amaliy markaz deb ataladi) A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy instituti (keyingi oʻrinlarda Markaziy institut deb ataladi) bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalarining yetakchi mutaxassislari va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda bir yilda 2-marta bazaviy umumtaʼlim muassasalarida har haftalik kurslarni olib boruvchi trenerlar tayyorlash uchun Markaziy institut bazasida treninglar (keyingi oʻrinlarda treninglar deb ataladi) oʻtkazadi. Treninglar belgilangan tartibda Markaziy institutning malaka oshirish boʻyicha yillik rejasiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Treninglarning soni, oʻtkazish muddati va ularning qancha davom etishi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markaziy institutga oʻqish uchun kelgan trenerlarning xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlar ularning asosiy ish joylarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻquv-metodik materiallar (darslarga oid metodik koʻrsatmalar, mustaqil mashgʻulotlar uchun topshiriqlar, tinglovchilarning tayyorgarlik saviyasini baholash uchun testlar va boshqa materiallar, mashgʻulotlar oʻtkazish uchun audio-videoresurslar) Ilmiy-amaliy markaz tomonidan Markaziy institut bilan birgalikda boshqa oliy taʼlim muassasalarining yetakchi mutaxassislari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Har haftalik kurslarning tinglovchilarini va trenerlarni yangi metodik qoʻllanmalar (ishlab chiqish va nusxasini koʻpaytirish) va boshqa tarqatma materiallar (shu jumladan keyinchalik ulardan maktablarda dars oʻtishda foydalanish uchun) bilan taʼminlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni qoplash uchun mablagʻlar Markaziy institutning xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Har haftalik kurslarni tashkil etish va ularni oʻtkazish shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Har haftalik kurslar mashgʻulotlari, qoidaga koʻra, oʻqituvchilarning mustaqil oʻqishi va kasb mahoratini oshirishga moʻljallangan metodik kunlarda oyiga 18 soatlik yuklama bilan bir haftada 6 soatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Har haftalik kurslar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tanlab olingan va respublikaning barcha tumanlarida (shaharlarida) maxsus jihozlangan bazaviy umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Har bir bazaviy umumtaʼlim muassasasiga mashgʻulotlarda qatnashish uchun hududiy tenglikni taʼminlash va oʻquv auditoriyasining texnik jihozlanganligi darajasi hisobga olingan holda har haftalik kurslar bilan qamrab olinishi kerak boʻlgan tuman (shahar)dagi oʻqituvchilarning umumiy sonidan kelib chiqib koʻpi bilan 15 nafar tinglovchi biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Har haftalik kurslardagi mashgʻulotlar innovatsion pedagogik, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalangan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Har haftalik kurslar belgilangan tartibda hududiy institutlarning malaka oshirish kurslarini oʻtkazish boʻyicha yillik rejasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tinglovchilarni har haftalik kurslarga qabul qilish va tinglovchilar tarkibiga kiritish tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarga asosan tegishli hududiy institut rektorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mashgʻulotlarning sifatli oʻtkazilishini nazorat qilish xalq taʼlimi boshqaruvi hududiy organlari tomonidan tegishli hududiy institutlar bilan birgalikda amalga oshiriladi, tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari esa har haftalik kurslarda tinglovchilar davomatini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻtkazilgan mashgʻulotlar va tinglovchilarning davomati trenerlar tomonidan qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlarda (jurnallarda) roʻyxatga olinadi, tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari hududiy institutlar bilan birgalikda uni nazorat qilib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sababsiz 18 soat dars qoldirgan tinglovchi kursdan chiqarib yuboriladi. Bunday holatda hududiy institut tomonidan tinglovchining asosiy ish joyiga qonun hujjatlarida belgilangan tegishli chora-tadbirlarni koʻrish uchun xat joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Nazorat shakllari va tinglovchilarning bilimlari sifatini baholash mexanizmi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Har haftalik kurslar doirasidagi oʻquv jarayoni oʻquv-metodik va tarqatma materiallardan foydalangan holda tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlarga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tinglovchining joriy va oraliq oʻzlashtirishi, shuningdek ularning bilimlari trenerlar tomonidan doimiy ishlaydigan har haftalik kurs dasturlariga muvofiq baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har haftalik kurslarning oʻquv rejasi va dasturida nazarda tutilgan mashgʻulotlar tamom boʻlgandan keyin tinglovchilarning bilimi va til salohiyatining yakuniy attestatsiyasi oʻtkaziladi (iyun, dekabr).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yakuniy attestatsiya maxsus komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Uning tarkibiga trener, tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari metodisti, yuqori malakali oʻqituvchilar kiradi. Hududiy institut rektori komissiya raisi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kurslar tinglovchilarining yakuniy attestatsiyasi tinglash, gapirish, oʻqish, yozish va dars oʻtish metodikasi boʻyicha koʻnikmalarni baholashni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Har bir yoʻnalish boʻyicha oʻzlashtirish 100 balli tizim boʻyicha baholanadi. Baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Koʻnikmalarning har biri boʻyicha 75 ball va undan ortiq ball toʻplagan tinglovchilar har haftalik kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan deb hisoblanadilar va har haftalik kurslarda oʻqishni davom ettirishdan ozod qilinadilar. Ushbu holatda ular har haftalik kurslarning mashgʻulotlariga oʻz xohishlariga koʻra qatnashishni davom ettirishlari mumkin. Shuningdek ushbu oʻqituvchilar har haftalik kurslarning oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun trenerlar va yakuniy attestatsiyani oʻtkazish boʻyicha maxsus komissiya aʼzolari sifatida jalb etilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yakuniy attestatsiya natijalari boʻyicha maxsus komissiyalar tomonidan har haftalik kurslar tinglovchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar banki shakllantiriladi. Unda zarur maʼlumotlar (tinglovchining F.I.O., ish joyi, mutaxassisligi, qachon va qaysi oliy taʼlim muassasasini tamomlagan, yakuniy attestatsiya natijalari boʻyicha toʻplangan ballar, har haftalik kurslarni tamomlaganligi haqidagi sertifikat raqami (agar berilgan boʻlsa)) boʻladi. Maʼlumotlar banki yakuniy attestatsiya tamom boʻlgandan keyin 10 kundan kechikmay hududiy institutlar tomonidan Markaziy institutga yetkaziladi. Hududiy institut rektori taqdim etilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va xolisligi uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy institut kurslar tinglovchilarining oʻzlashtirishi monitoringini olib boradi, shuningdek hududiy institutlar tomonidan haftalik kurslar tashkil etilishi sifatini aniqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Har haftalik kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga namunasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Har haftalik kurslar tinglovchilarining yangi guruhlari tinglovchilarning bilimlari va lisoniy salohiyatining yakuniy attestatsiyasi natijalari hisobga olingan holda zaruratga koʻra shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Olib borilgan monitoring natijalari boʻyicha mashgʻulotlarni oʻtkazish shakllari va har haftalik kurslarning oʻquv dasturlari mazmuni Ilmiy-amaliy markaz bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan takomillashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xalq taʼlimi boshqaruvi hududiy organlari har haftalik kurslarni oʻtkazishning butun jarayonini tashkil etadilar va muvofiqlashtiradilar, yakuniy attestatsiya natijalarini tahlil qiladilar, kurslarni oʻtkazish shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻradilar, har haftalik kurslarni oʻtkazish yakunlari toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydilar va uni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etadilar (iyun, yanvar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Amaldagi tartibga muvofiq chet tillar oʻqituvchilari har haftalik kurslar tugashidan qatʼi nazar, lavozim maoshiga oylik ustama olish uchun test sinovlaridan oʻtishga Davlat test markaziga ariza berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Davlat test markazida lavozim maoshiga oylik ustama olish huquqini beruvchi test sinovidan kalendar yil mobaynida qatorasiga ikki marta oʻtmagan umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari boʻlajak oʻquv yilidan boshlab oʻz mablagʻlari hisobidan malaka oshirish kurslaridan oʻtmagunlariga qadar chet tili boʻyicha oʻqituvchilik faoliyatiga qoʻyilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasalarining chet tillar oʻqituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet tillar oʻqituvchilarining kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 12-son, 137-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)