Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XIZMAT TURAR JOYLARI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 75-moddasiga muvofiq hamda xizmat turar joylari berish va ulardan foydalanishning meʼyoriy-huquqiy bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Xizmat turar joylari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
xizmat turar joyini egallash uchun dalolatnoma shakli 3-ilovaga muvofiq;
xizmat turar joyini ijaraga olish namunaviy shartnomasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch oy muddatda xizmat turar joylarini xatlovdan oʻtkazsinlar hamda ulardan foydalanishni tartibga solishga doir aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-maydagi 178-son qarori tahririda — OʻR QHT 2002-y., 10-son, 79-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 27-yanvar,
24-son
Xizmat turar joylari berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Davlat va xususiy uy-joy fondi uylarida joylashgan, oʻz mehnat munosabatlari xususiyatiga koʻra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak boʻlgan fuqarolar koʻchib kirishi uchun moʻljallangan turar joylar xizmat turar joylari deb hisoblanadi.
2. Uy-joyning idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, turar joyni xizmat turar joylariga kiritish ushbu turar joylar mulki boʻlgan yoki boshqaruvida boʻlgan korxona, muassasa, aksiyadorlik tashkiloti yoki jamoat tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — ish beruvchi deb ataladi) tavsiyasiga koʻra davlat uy-joyi yoki xususiy uy-joyni taqsimlash rejasiga muvofiq joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarori bilan amalga oshiriladi.
Xususiy uy-joy fondi uylaridan xizmat turar joylari berilganda uy egasi bilan ish beruvchi oʻrtasida qonunda belgilangan tartibda uy-joyni ijaraga olish shartnomasi tuziladi.
3. Xizmat turar joylariga kiritiladigan turar joy yashash uchun yaroqli boʻlishi hamda sanitariya, texnika va yongʻinga qarshi talablarga javob berishi kerak.
4. Xizmat turar joylari u yoki bu shaxsga ish beruvchining tavsiyanomasiga koʻra beriladi. Ushbu tavsiyanoma mehnat shartnomasi nusxasi va turar joyning huquqiy tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma bilan birgalikda joylardagi davlat hokimiyati organlariga taqdim etiladi.
5. Joylardagi davlat hokimiyati organi tomonidan qabul qilingan qaror asosida fuqaroga belgilangan shakldagi xizmat turar joyiga dalolatnoma beriladi, ushbu dalolatnoma ijara shartnomasi boʻyicha berilgan xizmat turar joyiga koʻchib kirish uchun yagona asos hisoblanadi.
6. Xizmat turar joyiga koʻchib kirish munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida joylashgan turar joylar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7. Xizmat turar joyiga koʻchib kirishga dalolatnoma joylardagi davlat hokimiyati organining qaroriga aniq muvofiq holda turar joylarni hisobga olish va taqsimlash boʻlimi tomonidan yoki joylardagi davlat hokimiyati organi tomonidan tayinlanadigan maxsus tayinlangan mansabdor shaxs tomonidan beriladi.
Dalolatnoma amalda boʻsh turgan xizmat turar joyigagina berilishi mumkin.
8. Dalolatnoma bevosita xizmat turar joyi berilayotgan fuqaroga, yoki, istisno hollarda (kasallik, xizmat safari), belgilangan tartibda tasdiqlangan ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxsga berilishi mumkin.
9. Dalolatnomani olishda pasport (tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma) yoki dalolatnomaga kiritilishi kerak boʻlgan oilaning barcha aʼzolari uchun pasportning oʻrnini bosuvchi hujjatlar taqdim etilishi kerak.
10. Xizmat turar joyiga dalolatnoma berish oilaning haqiqiy tarkibi turar joy berish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan tarkibga mos kelmagan taqdirda mazkur joylardagi davlat hokimiyati organining qarori bilan toʻxtatilishi mumkin.
11. Agar fuqaro egallab turgan lavozim Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar roʻyxatiga kirmasa, fuqarolarga xizmat turar joyiga koʻchib kirishga dalolatnoma berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Idoraviy qarashliligidan qatʼi nazar, xizmat turar joylarini hisobga olish va ushbu joylarga berilayotgan dalolatnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Berilgan xizmat turar joyiga koʻchib kirilgandan va roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin dalolatnoma ish beruvchiga topshirilishi va qatʼiy hisobot beriladigan hujjat sifatida saqlanishi kerak.
13. Xizmat turar joyi mulkdori yoki u tomonidan bunga vakil qilingan organ (boshqaruvchi tashkilot) bilan nomiga ishonchnoma berilgan fuqaro oʻrtasida xizmat turar joyini saqlash va undan foydalanishga doir oʻzaro munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va xizmat turar joyini ijaraga olish shartnomasi bilan tartibga solinadi.
14. Xizmat turar joyini ijaraga olish shartnomasi muddati u imzolangan kundan hisoblanadi va mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan birgalikda toʻxtatiladi, yaʼni xizmat turar joylari mehnat shartnomasi amal qilishi vaqtiga yoki saylab qoʻyiladigan lavozimlar muddatlari tamom boʻlishigacha beriladi.
Mehnat shartnomasida va xizmat turar joyini ijaraga olish shartnomasida nomiga ishonchnoma berilgan fuqaroning va uning oilasining voyaga yetgan aʼzolarining mehnat shartnomasi toʻxtatilgach xizmat turar joyini boʻshatish toʻgʻrisidagi majburiyati qayd etilgan boʻlishi kerak.
Egallab turilgan xizmat turar joyini boʻshatishdan bosh tortilgan taqdirda ijaraga oluvchi ushbu joyda roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha shaxslar bilan birgalikda ish beruvchining sud tartibidagi yozma ogohlantirishidan bir oydan keyin boshqa turar joy bermasdan koʻchiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 80-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Agar mehnat, xizmat munosabatlari tiklansa, xizmat turar joyini ijaraga oluvchi xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagandan keyin ham ijara shartnomasini qayta tiklashda imtiyozli huquqni saqlab qoladi.
15. Xizmat turar joyini ijaraga oluvchi undan xizmat turar joyining maqsadiga va shartnoma shartlariga muvofiq foydalanishi, turar joyga va kommunal xizmatlarga toʻlovlarni har oyda, oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlashi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Xizmat turar joylari boʻlib olinishi, almashtirilishi, bron qilinishi va xususiylashtirilishi mumkin emas.
17. Xizmat turar joyini ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan oʻzi egallab turgan xizmat turar joyiga oila aʼzolarini, oilaning voyaga yetgan barcha aʼzolarining yozma roziligi bilan esa boshqa fuqarolarni koʻchirib kiritishga haqlidir. Oilaning voyaga yetmagan aʼzolarining koʻchib kirishiga bunday rozilik talab qilinmaydi.
Xizmat turar joyiga boshqa fuqarolarning koʻchib kirishiga bir kishiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi sharti bilan yoʻl qoʻyiladi, voyaga yetmagan bolalarni va mehnatga layoqatsiz yolgʻiz ota-onalarni koʻchirib kiritish bundan mustasno.
18. Xizmat turar joylaridan boshqa maqsadda foydalanish yoki uni ijaraga berish taqiqlanadi.
19. Xizmat turar joyiga dalolatnoma sud tartibida haqiqiy emas deb tan olinishi mumkin.
20. Turar joyni xizmat turar joylaridan chiqarish quyidagi hollarda:
agar xizmat turar joyiga ehtiyoj boʻlmasa;
xizmat turar joyi belgilangan tartibda yashash uchun yaroqli emas deb eʼtirof etilsa;
xizmat turar joyi biriktirilgan tashkilot tugatilsa va ushbu tashkilotning huquqiy vorisi boʻlmasa;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda joylardagi davlat hokimiyati organining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
21. Xizmat turar joyi ishdan boʻshagan xodimning oʻrniga tayinlangan yangi xodimga berilganda turar joylarni hisobga olish va taqsimlash boʻlimiga yoki joylardagi davlat hokimiyati organining maxsus tayinlangan mansabdor shaxsiga mazkur Tartibning 4-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va ilgari berilgan dalolatnoma taqdim etiladi.
22. Xizmat turar joylaridan koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 79-80-moddalari talablariga rioya qilgan holda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
23. Xizmat turar joylari berish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq nizolar qonunda belgilangan tartibda hal etiladi.
Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari (nogironlar, faxriylar, yolgʻiz keksalar uchun internat-uylar)ning bugʻqozon qurilmalari operatorlari.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QT 2001-y., № 4, 21-modda)
2. Nasos stansiyalari, yirik gidrouzellar va toʻgʻonlarga xizmat koʻrsatuvchi navbatchi texniklar, mashinistlar, elektr texniklar.
3. Kommunal xizmat koʻrsatishning suv oqizish-kanalizatsiya va gaz xoʻjaligi avariya-dispetcherlik xizmatlari ustalari, slesarlari.
4. Yoʻl oraliqlari ustalari, tuzatuvchilari.
5. Gazdan muhofaza qilish xizmati xodimlari.
6. Suv xoʻjaligi foydalanish uchastkalari boshliqlari, gidroinshootlarning tartibga soluvchilari va gidropostlarning kuzatuvchilari, uchastka gidrotexniklari va gidrooʻlchovchilari.
7. Kabelli (radiorele) kuchaytirish punktlariga xizmat koʻrsatuvchi navbatchi texniklar, radio va televizion stansiyalarga, shuningdek, qishloq joylardagi maxsus obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi elektr mexaniklar.
8. Elektr tarmoqlari va yordamchi stansiyalarning navbatchi muhandislari, kabelli taqsimlash tarmoqlarining navbatchi muhandislari va texniklari.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qishloq joylardagi davolash-profilaktika muassasalarining uchastka vrach-terapevtlari, pediatrlari.
Nogironlar va qariyalar uylarining hamda aqlan zaif bolalar uchun nogiron bolalar uylarining direktorlari, vrach, (feldsher)lari, katta tibbiyot hamshiralari, shuningdek, ushbu bolalar uylarining tarbiyachilari, sanatoriylar va dam olish uylarining bosh vrachlari, vrach (feldsher)lari, xoʻjalik ishlari bilan shugʻullanuvchi hamshiralari.
10. Oilaviy bolalar uyining tarbiyalash uchun ularga berilgan bolalar bilan birga yashovchi ota-ona-tarbiyachilari.
11. Oʻrmon, qoʻriqxona, zakaznik (daxlsiz oʻrmon qoʻriqxonasi), ovchilik xoʻjaliklarining direktorlari, oʻrmon xoʻjaligi xodimlari, oʻrmon kesuvchilari, yollangan ovchilari.
12. Boshqa joylardan vaqtinchalik taklif etilgan oliy toifali trenerlar va sport ustalari.
13. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining mehnat munosabatlari xususiyatiga koʻra bevosita ish joyi yaqinida yashashi kerak boʻlgan xodimlari.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Harbiylashtirilgan qoʻriqlash va professional yongʻin xavfsizligi xodimlari.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-maydagi 178-son qarori tahririda — OʻR QHT 2002-y., 10-son, 79-modda)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kazarma — uy-joy fondiga hamda kommunal inshootlarga xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq ishchi va xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining zobitlar tarkibidagi shaxslar, praporshchiklar, michmanlar va belgilangan muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilari.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining jazolarni ijro etish muassasalarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-maydagi 178-son qarori tahririda - OʻR QHT 2002-y., 10-son, 79-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ichki ishlar organlarining xizmat koʻrsatiladigan uchastka hududidagi profilaktika boʻyicha inspektorlari.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-maydagi 178-son qarori tahririda — OʻR QHT 2002-y., 10-son, 79-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi tuman, shahar, viloyat sudlarining, Oliy sudi va harbiy sudlarining sudyalari.
19. Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari, Toshkent shahri xoʻjalik sudlarining va Oliy xoʻjalik sudining sudyalari.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Prezident Devoni, Oliy Majlis Kotibiyati, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar apparatining boshqa mintaqalardan taklif etilgan masʼul xodimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida doimiy ishlashga oʻtkazilgan boshqa shaharlik deputatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Qishloq joylaridagi aloqa boʻlimlarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-maydagi 178-son qaroriga asosan 22-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT 2002-y., 10-son, 79-modda)
| | |
| Joylardagi davlat hokimiyati organlari nomi | Oʻzbekiston Respublikasi Gerbi Joylardagi davlat hokimiyati organi nomi |
| _________________________________ | _________________________________ |
|
______-son seriyali dalolatnoma |
Xizmat turar joyini |
| Familiyasi _______________________ | ____________________________boʻlib |
| |
(Ish joyi, lavozimi) |
| Ismi ____________________________ | ishlaydigan, oilasi |
| Otasining ismi ___________________ | kishidan iborat boʻlgan |
| Ish joyi _________________________ | _______________________________ga |
| |
(familiyasi, ismi, otasining ismi) |
| Lavozimi _________________________ | ___________________________koʻchasi, |
| Berilgan xizmat turar joyi manzili | ___________________uydagi maydoni |
| ___________________________koʻchasi | _______________ kvadrat metr boʻlgan |
| _______________________________uy | xonadonni egallash huquqi berilgan. |
| __________________________xonadon | |
| Dalolatnoma _________________ ning | Dalolatnoma _________________ ning |
| 200 _____ yil “_____” dagi _____-son | 200 _____ yil “_____” dagi _____-son |
| qarori asosida berilgan. | qarori asosida berilga�. |
| Hokim oʻrinbosari ________________ | Hokim oʻrinbosari ________________ |
| Turar joylarni hisobga olish va taqsimlash boʻlimi | Turar joylarni hisobga olish va taqsimlash boʻlimi |
| _________________________________ | _________________________________ |
| Dalolatnomani oldim _____________ | M.Oʻ. |
| Sana ____________________________ |
Berilgan sanasi |
| | 200 ____yil _____________________ |
| | |
| |
Orqa tomoni |
| |
Oilasi tarkibi |
| |
(Familiyasi, ismi, otasi�ing ismi, |
| | _________________________________ |
| | _________________________________ |
| | _________________________________ |
| | _________________________________ |
| | _________________________________ |
| | _________________________________ |
| | _________________________________ |
| | _________________________________ |
| | _________________________________ |
| | _________________________________ |
| | _________________________________ |
| | _________________________________ |
| | _________________________________ |
| | _________________________________ |
| | |
Izoh: Dalolatnoma joylardagi davlat hokimiyati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Xizmat turar joyini ijaraga olish
NAMUNAVIY ShARTNOMASI
| | | |
| 200 ___y. “___” _______________ | | ____________________sh. |
Ustav (“Ish beruvchi” topshirigʻi, boshqarish shartnomasi) asosida faoliyat koʻrsatuvchi keyinchalik “Ijaraga beruvchi” deb ataluvchi turar joy mulkdori (u vakil qilgan organ) _______________________________________________ nomidan ________________________________________ bir tomondan, va keyinchalik “Ijaraga oluvchi” deb ataluvchi fuqaro __________________________________________________
(ismi, familiyasi, otasining ismi)
ikkinchi tomondan, _________________________________________
(organning nomi)
ning 200___yil ___ dagi ___-son qaroriga muvofiq berilgan ______ -son seriyali dalolatnoma asosida quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar:
I. ShARTNOMANING MAVZUSI
1.1. Ijaraga beruvchi Ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolariga ____________________________________________ manzilidagi umumiy maydoni_______kv.m., _______xonadan iborat boʻlgan xizmat turar joyini foydalanishga beradi.
II. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
2.1. Ijaraga beruvchi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
2.1.1. Ijaraga oluvchiga texnik jihatdan soz, yashash uchun yaroqli holdagi turar joyni berish.
2.1.2. Uyni va xizmat turar joyining texnik qurilmalarini turar joylardan foydalanish qoidalariga muvofiq saqlash.
2.1.3. Kommunal xizmatlar va boshqa xizmatlarning uzluksiz koʻrsatilishini taʼminlash.
2.1.4. Turar joy va uyning texnik qurilmalari, muhandislik qurilmalarida paydo boʻlgan nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish.
2.2. Ijaraga oluvchi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
2.2.1. Turar joydan maqsadli foydalanish.
2.2.2. Turar joyning elementlarida aniqlangan nosozliklar toʻgʻrisida Ijaraga beruvchiga oʻz vaqtida xabar berish.
2.2.3. Ijaraga olingan turar joy va kommunal xizmatlar uchun haqni oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlash.
2.2.4. Zarur hollarda kvartirani koʻzdan kechirish va elementlarini tuzatish uchun turar joyga Ijaraga beruvchining vakillarini kiritish.
III. TOMONLARNING HUQUQLARI
3.1. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
3.1.1. Ijaraga oluvchidan Uy-joy fondidan texnik foydalanishning yagona qoidalari va normalariga rioya qilinishini talab qilish.
3.1.2. Ijaraga oluvchidan ijaraga olingan turar joy va kommunal xizmatlar uchun 2.2.3-bandda koʻrsatib oʻtilgan muddatlarda haq toʻlashni talab qilish.
3.1.3. Xizmat turar joyining konstruksiyalari va texnik qurilmalari hamda yordamchi xonalarining holatini koʻzdan kechirish.
3.2. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
3.2.1. Oʻzi egallab turgan xizmat turar joyiga qonunda belgilangan tartibda oʻz xotini (erini), bolalarini, boshqa qarindosh-urugʻlarini, ota-onalarini va boshqa shaxslarni koʻchirib kiritish.
3.2.2. Zarur hollarda Ijaraga beruvchidan turar joy va uyning konstruksiyalari va texnik qurilmalarining holatini rejadan tashqari koʻzdan kechirishni talab qilish.
3.2.3. Kechiktirib boʻlmaydigan zarurat boʻlib qolganda turar joyning Ijaraga beruvchi vazifasiga kiruvchi qismlarini tuzatish (bu haqda xat orqali xabar qilingandan soʻng, undan tuzatish qiymatini undirish yoki tuzatish qiymatini kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazish).
3.2.4. 2.1.1, 2.1.2, 2.1.3 va 2.1.4-bandlarda nazarda tutilgan majburiyatlar Ijaraga beruvchi tomonidan bajarilmagan hollarda texnik xizmat koʻrsatish va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlarni qayta hisoblashni talab qilish.
IV. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. Ijaraga beruvchi mazkur shartnomaga koʻra oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zararni Ijaraga oluvchiga qonunda belgilangan tartibda jarima (penya, neustoyka) toʻlagan holda qoplaydi.
4.2. Ijaraga oluvchi mazkur shartnomaga koʻra oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zararni Ijaraga beruvchiga qonunda belgilangan tartibda jarima (penya, neustoyka) toʻlagan holda qoplaydi.
V. ShARTNOMANING MUDDATI
5.1. Mazkur shartnomaning muddati tomonlar tomonidan imzolangan kundan boshlab hisoblanadi va u Ijaraga oluvchining ________________________bilan
(ish beruvchining nomi)
____________________________ (Ijaraga oluvchining lavozimi)
sifatidagi ish toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi tugashi bilan bir vaqtda toʻxtatiladi.
VI. ALOHIDA ShARTLAR
6.1. Mehnat shartnomasi toʻxtatilgan hollarda Ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari xizmat turar joyini texnik soz holda ixtiyoriy ravishda boʻshatish va Ijaraga beruvchiga topshirish majburiyatini oladilar. Ijaraga oluvchi rad javobi bergan taqdirda koʻchirish sud tartibida amalga oshiriladi.
VII. YAKUNLOVChI ShARTLAR
7.1. Mazkur shartnoma tomonlarning xohlagan biri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlar boʻlganda va tartibda bekor qilinishi mumkin.
7.2. Mazkur shartnomani bajarish chogʻida tomonlar oʻrtasida paydo boʻladigan nizolar qonunda belgilangan tartibda hal etiladi.
7.3. Mazkur shartnoma ikki nusxada tuzildi, ulardan biri Ijaraga beruvchida, ikkinchisi Ijaraga oluvchida turadi.
Ijaraga beruvchi _______________
Ijaraga oluvchi ________________
Ijaraga beruvchining yuridik manzili:
_________________________________________________________
_________________________________________________________
Turar joylardan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqdim.
Ijaraga oluvchi _____________
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Xizmatga bogʻliq boʻlgan uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida” 1969-yil 18-iyuldagi 340-son qarori (OʻzSSR QT, 1969-y., 6-son, 60-modda).
2. SSSR Ministrlar Sovetining “Shaharlar, posyolkalar va aholi yashaydigan boshqa punktlarni gaz bilan taʼminlashning xavfsizlik darajasini oshirish choralari toʻgʻrisida” 1970-yil 4-yanvardagi 4-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1970-yil 3-martdagi 106-son qarorining 3-bandi (OʻzSSR QT, 1970-y., 4-son, 20-modda).
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlari ijroiya komitetlarining turar-joy maydonini hisobga olish va taqsimlash hamda foydalanish boʻyicha ishidagi jiddiy kamchiliklari toʻgʻrisida” 1971-yil 23-noyabrdagi 565-son qarori.
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Toshkent shahar xoʻjaligini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1972-yil 18-maydagi 208-son qarorining 18-bandi.
5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Mehnat munosabatlari sababli xizmat yuzasidan turar-joy berilishi mumkin boʻlgan xodimlar kategoriyalarining roʻyxatini toʻldirish toʻgʻrisida” 1986-yil 30-iyuldagi 369-son qarori (OʻzSSR QT, 1986-y., 7-son, 30-modda).
6. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Mehnat qilish munosabati bilan xizmatga bogʻliq uy-joy berilishi mumkin boʻlgan xodimlar kategoriyalari roʻyxatini toʻldirish toʻgʻrisida” 1989-yil 3-iyuldagi 211-son qarori (OʻzSSR QT., 1989-y., 7-8-son, 19-modda).
7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Xizmat yoʻli bilan uy-joy beriladigan xodimlar kategoriyalarining roʻyxatini toʻldirish toʻgʻrisida” 1989-yil 14-oktabrdagi 337-son qarori (OʻzSSR QT, 1989-y., 10-son, 28-modda).
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat qilish munosabati bilan xizmatga bogʻliq boʻlgan uy-joy berilishi mumkin boʻlgan xodimlar toifalarining roʻyxatini toʻldirish toʻgʻrisida” 1992-yil 13-fevraldagi 63-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 1-son, 7-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2002-y., 10-son, 79-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda; 21-son, 154-modda; 2009-y., 44-son, 467-modda; 2010-y., 44-45-son, 384-modda; 2013-y., 10-son, 130-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; 26.02.2019-y., 09/19/170/2672-son)