Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini qarab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1995-yil 6-iyunda Riga shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Latviya Respublikasi oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 31-avgust,
121-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 196-modda)