Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.01.1994 10.08.1992 yildagi PF-451-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.01.1994
Hujjat 10.08.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 18-yanvardagi PF-744-son “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq bosh boshqarmasini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasiga aylantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunga, MDH davlatlarining boj siyosati prinsiplari toʻgʻrisida 1992-yil 13-martdagi Bitimga muvofiq hamda yagona davlat boj siyosatini oʻtkazish, respublikani iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, narkotik moddalar, qurol-yarogʻ, oʻq-dori, portlovchi moddalar kontrabandasiga qarshi kurash samaradorligini oshirish, shuningdek taqiqlangan buyumlarning qonunga xilof ravishda olib kelinishi hamda moddiy va madaniy boyliklar olib chiqib ketilishini oldini olish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi tovar-moddiy boyliklar olib chiqib ketilishi ustidan nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasining Bosh boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Bojxona qoʻmitasi tashkil etilib, u bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga boʻysundirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida Davlat bojxona qoʻmitasining boshqarmalari tashkil etilsin va u bevosita Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasiga boʻysundirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasi va uning joylardagi boʻlinmalari oʻzlarining amaliy faoliyati xalqaro huquq meʼyorlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan bitimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat ekanligi belgilab qoʻyilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan huquqlar doirasida respublikaning iqtisodiy xavfsizligini puxta taʼminlash, boshqa davlatlar bilan savdo va valyuta-moliya munosabatlarining bojga oid ishlarini tartibga solish tizimini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartib miqdorda boj yigʻimlari, poshlinalar, soliqlar va boshqa toʻlovlarni respublika budjetiga oʻz vaqtida oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ishlari masalalari boʻyicha respublikaning xalqaro hamkorlikda qatnashuvini taʼminlash, bojxona xizmati tarmoqlarini rivojlantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona statistikasini shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning ichki bozorini muhofaza qilish, xomashyo, materiallar, mahsulot, qimmatbaho buyumlar va tovarlar, shuningdek madaniy va tarixiy meros buyumlari, maʼnaviy mulk obyektlari gʻayriqonuniy ravishda olib chiqib ketilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrabandaga va bojxona qoidalari buzilishiga qarshi kurash, narkotik moddalar, ruhiyatga salbiy taʼsir qiluvchi va portlovchi moddalar, qurollar qonunga xilof ravishda muomalada boʻlishiga chek qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining bojxonaga oid qonunida belgilanadigan boshqa vazifalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tovar-moddiy boyliklarni olib kelish hamda ularni olib chiqib ketishga doir bojxona qoidalarini har qanday buzish hollariga chek qoʻyish, kontrabanda buyumlarini boshqa moddiy boyliklarni musodara qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublika Moliya vazirligi bilan birgalikda savdoga daxldor boʻlmagan muomalada Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketiladigan va unga olib kelinadigan buyumlarga boj poshlinalari miqdorlariga oʻzgartishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan valyutaning cheklangan meʼyorini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga buyumlarni olib kelish hamda shu hududga vaqtincha olib kelingan buyumlarni olib chiqib ketish yuzasidan belgilangan muddatni uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan (mulkchilik shaklidan, qaysi idoraga qarashli boʻlishidan qatʼi nazar), vazirliklardan, idoralardan, tashkilotlardan, mahalliy hokimiyat organlaridan, tashqi iqtisodiy faoliyatni qatnashchilaridan tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif nuqtai nazaridan tartibga solish vazifalarini hal qilish, yuklar va mol-mulkni bir joydan ikkinchi joyga olib borishda qonuniylikni belgilash, shuningdek tegishli boj toʻlovlari va yigʻimlarini respublika budjetiga toʻlash uchun buxgalteriya maʼlumotlari, hisobotlar, maʼlumotnomalar hamda boshqa materiallarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublika hududida roʻyxatga olingan tashqi iqtisodiy aloqalarning qatnashchilarini ular Oʻzbekiston Respublikasining bojga oid qonunlariga qanday rioya etayotganliklarini tekshirib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bojxona ishi masalalari boʻyicha MDH mamlakatlari hamda ajnabiy davlatlarning bojxona xizmatlari bilan hamkorlik qilish, respublika Hukumatining topshirigʻiga binoan bojga oid bitimlar va shartnomalarni imzolash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining amaldagi qonunlarga muvofiq qabul qilgan qarorlarini barcha korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar bajarishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining xodimlari oʻq otish qurolini, maxsus vositalar hamda yakka himoya vositalarini saqlash va olib yurish huquqiga va zarur hollarda ichki ishlar organlarining xodimlari uchun belgilangan qoidalarga muvofiq ularni qoʻllanish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tizimining xodimlari uchun maxsus kiyim-bosh joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan barcha huquqlar va imtiyozlar, xizmatni oʻtash, jumladan maxsus va shaxsiy unvonlar berish, mansab maoshlariga va koʻp yillik xizmatiga ustama haq toʻlash tartibi va shartlari Davlat bojxona qoʻmitasining xodimlariga tadbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bojxona qoʻmitasining hamda tovar-moddiy boyliklar olib chiqib ketilishi ustidan nazorat qiluvchi Davlat inspeksiyasi Bosh boshqarmasining va ularga qarashli hududiy organlarning balansida boʻlgan binolar, inshootlar, texnika, qurollar, avtotransport, aloqa vositalari va boshqa mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining tasarrufiga bepul topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ijtimoiy dasturlarni taʼminlash va bojxona xizmatlarining xodimlariga moddiy yordam berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu jamgʻarmaga asosli va qonuniy ravishda musodara qilingan tovar-moddiy boyliklar toʻla sotilib, budjetga tegishli toʻlovlar oʻtkazilgan taqdirda shulardan tushgan mablagʻning 20 foizi, shuningdek savdoga daxldor boʻlmagan muomalada boj yigʻimlari, poshlinalar tarzida, kontrabanda buyumlarini sotishda xizmat koʻrsatishdan olinadigan rejadan tashqari daromadlar hisobiga tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasining bojga oid qonuni qabul qilingunga qadar “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni ragʻbatlantirish, chet el investitsiyalarini jalb etish va himoya qilish choralari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 24-iyundagi Farmoni, shuningdek SSSR Bojxona kodeksining va “Boj tarifi toʻgʻrisida” SSSR qonunining ushbu Farmonga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan qoidalariga amal qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona komitetini tashkil etish toʻgʻrisida” 1991-yil 25-oktabrda chiqargan Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 15 kun muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 10-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-451-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 407-modda; 1993-y., 7-son, 285-modda; 1994-y., 1-son, 40-modda)