03.11.1998 yildagi 698-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARIDA SAYLOV OʻTKAZISHNI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasiga hamda “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, 1998-yil noyabr—dekabr oylarida fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislarining (oqsoqollarining) va ular maslahatchilarining vakolat muddati tugashi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga 1998-yil noyabr—dekabr oylarida fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) hamda ularning maslahatchilari saylovini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek davlat hokimiyati organlarining ayrim vakolatlarini fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlariga asta-sekin oʻtkaza borish toʻgʻrisidagi konsepsiyadan kelib chiqib, faollar, manfaatdor mansabdor shaxslar va mutaxassislarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlarini kengaytirish masalalariga doir takliflarini oʻrganish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman va shahar hokimlari fuqarolar yigʻinlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishda, kadrlar tanlashda koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolar yigʻinlariga, tuman va shahar hokimlariga yigʻinlar raislari va ularning maslahatchilari vazifasiga tashkilotchilik qobiliyatiga va katta obroʻ-eʼtiborga, yetarli bilim darajasiga ega boʻlgan, yangi demokratik qadriyatlarni tez oʻzlashtira oluvchi, fuqarolar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga va ularni amalga oshirishni taʼminlashga qodir odamlarni tanlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy Majlis Kotibiyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlar oʻz vaqtida oʻtkazilishini, qonun hujjatlari bir xilda qoʻllanilishini, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlarini kengaytirish masalalariga doir takliflar toʻplanishi va umumlashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida saylov oʻtkazishni tashkil etishga doir tavsiyalarni, shuningdek zarur hujjatlarning nusxalarini joylarga joʻnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida saylov oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida joylarga Kotibiyat xodimlarini yuborishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 3-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
698-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 217-modda)